ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA ASOSLARI
fani (36 soat)
Malakaviy
amaliyot
jarayonida
talaba
molxonalarda
mikroiqlim
ko’rsatkichlarini, havo, suv, tuproq va oziqalarni gigiyenik baholash usullarini;
chorva mollari va parrandalarni saqlash, oziqlantirish, sug’orish usullarini; chorva
mollari va parrandalarda uchraydigan ichki yuqumsiz, yuqumli va invazion
kasalliklarni aniqlash, davolash xamda oldini olish chora tadbirlarini; ozuqalar
turlari, to’yimliligi va sifatini; chorva mollari va parrandalarni saqlash, oziqlantirish,
sug’orish, parvarish qilishda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish;
chorvadorlarning shaxsiy va mehnat gigiyenasini bilish, ekologik sharoitni
yaxshilash yo’llari; kasalliklarni klinik, allergik, serologik va laboratoriya usullari
yordamida aniqlash; dori moddalar va biopreparatlar ishlatish yo’llari; turli
kasalliklarni davolash rejasi, dori moddalarni ishlatish yo’llari, emlash usullari;
hayvonlarning turlariga qarab oziqlantirish tipini belgilash, yosh hayvonlarni yoshiga
qarab ratsionga kiritiadigan ozuqa turlarini va miqdorini aniqlash, ozuqalar
to’yimliligini zootexniya tahlili asosida baholashda kerakli eritmalar tayyorlash;
havo, tuproq, suv va oziqalarni gigiyenik baholash usullari, molxonalarni loyihalash
va qurishda veterinariya sanitariya talablari; ichki yuqumsiz, yuqumli va invazion
kasalliklarini etiologiyasi, klinik belgilari, diagnozi, davolash va olidini olish
choralari hamda chorvachilik fermalarini loyihalash; ozuqalarning sifatini baholash
usullari; ozuqalarni yedirishga tayyorlash usullari; har xil turdagi va
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
29
mahsulotdorlikdagi hayvonlarni oziqlantirish; mahsulot birligiga sarf bo’lgan ozuqa
xarajatlarini hisoblashni bilishi kerak.
Talaba, xo’jalikka borganda chorvachilik yoki parrandachilik fermer
xo’jaligining bosh rejasi, ozuqa omborlari, sug’orish usullari, veterinariya-sanitariya
jixozlari, veterinariya punkti, chorva mollarini saqlash usullari bilan tanishadi.
Amaliyot davrida xo’jalikdagi chorvachilik fermasi bilan tanishish tartibi
quyidagicha:
- fermaning bosh rejasi bilan tanishish;
- fermadagi kun tartibi;
- hayvonlarni saqlash usullari;
- hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va sug’orish usullari;
- fermani suv bilan ta’minlash;
- molxona ventilyatsiyasi, kanalizatsiyasi va yoritilishi bilan tanishish;
- molxonani go’ngdan tozalash, go’ngni saqlash va hisoblash usullari;
- molxonada mikroiqlim ko’rsatkichlarini (harorat, namlik, bosim, havoning harakat
tezligi, yorug’lik, zararli gazlar, chang va mikroblar miqdori) aniqlash;
- veterinariya-sanitariya kuzatuv punkti bilan tanishish;
- dezobaryerning tuzilishi va ahamiyati;
- dezinfeksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya o’tkazish bilan tanishish.
Dostları ilə paylaş: |