|
Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o Har xil turdagi darslarni tashkil etish va o`tkazishningfayl 1633 2021082610.3. Har xil turdagi darslarni tashkil etish va o`tkazishning
xususiyatlari
Alohida darslarning yo`nalishini pedagogik baholashda bir necha xil
yondashuv to`g`ri hisoblanadi: tayyorgarlik davri yoki bosqichining asosiy
vazifalariga muvofiqligiga ko`ra asosiy va yordamchi (qo`shimcha) darslar
farqlanadi.
Yuklamaning xususiyati va darajasiga ko`ra darslar ma`lum bir sportchi
uchun eng maqbul yuklamali, shuningdek, zarbdor va engillashtiruvchi darslar
bo`ladi.
Joriy vazifalarning xususiyatiga ko`ra darslarning bir necha turlari
aniqlanadi. Alohida dars turlarining xususiyatlari va tuzilishi to`g`risida tasavvurga
ega bo`lgan trener umuman mashq jarayonini osonlik bilan boshqara oladi.
Alohida dars turlarining ajratilishi va ular tuzilishining batafsil ishlab
chiqilishi gimnastikachilar tayyorgarligini chuqur ixtisoslashtirish tufayli zarur
bo`ladi. Ehtimol, faqat gimnastik ko`nikmalarni to`la o`zlashtirib olmagan
boshlovchiar bilan dastlabki bosqichlarda olib borilgan darslar universal majmuali
xususiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarning mashg`ulotlarida bir darsga
«sig`maydigan» juda ko`p vazifalar hal etiladi. Darslar tor amaliy xususiyat kasb
etib, yo`nalishi tobora aniqlashib boradi.
Mashg`ulot mikrotsikl iva bosqichining tuzilishi trenerga eng muvofiq
keladigan, pirovard natijada butun vazifalar majmuasini echishga yo`l ochadigan
dars turlarini tanlash imkonini beradi. Alohida dars turlari tuzilishini ajratish va
takomillashtirishning ma`nosi pedagogik vazifalarni butun rang-barangligi bilan
bir vaqtning o`zida emas, balki navbatma-navbat, diqqat va kuch-quvvatni
vazifalarning nisbatan kichikroq guruhiga jamlab, bunda sezilarli natijalarga
erishishdan iborat.
|
|
|