Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/41
tarix28.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#134942
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
BU NIMASI?
Qaroqchilar Koinot muzeyidan 500 000 000 km 
uzoqlikda toʻxtashdi. Juda-juda dargʻazab boʻlgan Obma 
oʻzini qoʻyarga joy topa olmay qolgandi. Zero, shu kunga 
qadar galaktika boʻyicha hali hech kim uni bunchalik 
chuv tushirmagan edi. Doim istaganiga erishgan, hech 
qachon ogʻzidagi oshini oldirib qoʻymagan Obma bugun 
sharmanda boʻldi. Uni mittigina odam bolasi yengdi! “Bu 
nimasi, menga nima boʻlyapti? – oʻz-oʻzini koyiy boshladi 
Obma. – Shu bir odamga bas kelolmasam-a! Nima, u 
mendan ham qudratliroqmi?! Meni koʻrib hatto qoʻrqmadi 
ham, shunchaki qoʻl siltab qoʻydi-ya! Yoʻq, buni shunday 
qoldira olmayman. Endi bir tomchi qonim qolgunicha 


125
senga dushmanlik qilaman, odam bolasi”.
Obma shu zahoti Ragoni chaqirib dedi:
– Meni zudlik bilan Koinot muzeyi direktoriga ula. Unga 
aytadigan muhim gapim bor.
Rago xoʻjayinining aytganini qildi va tez orada xonadagi 
ulkan monitorda muzey direktori koʻrindi.
– Salom, janob Obma, – direktorning bu kutilmagan 
aloqadan qattiq qoʻrquvga tushgani uning aft-angoridan 
bilinib turardi.
– Senda menga tegishli narsa bor!
Sizni tushunmadim, siz olib kelgan narsalarning 
hammasi uchun pul toʻlaganman
-
ku.
– Yoʻq, men yerlik odam va unga tegishli narsalar haqida 
gapiryapman.
– Kechirasizu janob Obma, ular bizning mehmonimiz.
– Yoʻq, kechirmayman, – oʻshqirdi Obma. – Hoziroq 
menga oʻsha odamni, kemani, xaritani va Duraduning 
qanotini topshirasan. Boʻlmasa, sayyorangning kulini 
koʻkka sovurib tashlayman.
Bu gaplarni eshitgan direktorning esi chiqib ketayozdi. 
Uning lablari qoʻrquvdan dir-dir titray boshladi.
– General, menga biroz vaqt bering, oʻylab olay!
– Senga 30 daqiqa muhlat.
Aloqa tugadi...
MUZOKARA
Direktor zudlik bilan xavfsizlik kengashini chaqirdi. 
Kengashda “Koʻkkezar” fazogirlari ham qatnashdi.
– Hozir general Obma bilan gaplashdim, – gap boshladi 
yuzi oqarib, terlab ketgan direktor. – Obma sizlarni 
unga topshirishimni talab qilyapti. Agar uning talabini 
bajarmasam, Koinot muzeyiga hujum qilmoqchi.


126
– Nega endi?! Biz sizning mahbusingiz emasmiz. Biz 
erkin fazogirlarmiz, – eʼtiroz bildira boshladi Margol. 
– Siz qanotni olib, bizga vaʼda qilingan xarita boʻlagini 
topshiring. Bir daqiqada koʻzdan gʻoyib boʻlamiz.
– Xoʻsh, sizlar ketganingizdan keyin-chi? – oʻrnidan turdi 
muzey qoʻshini sarkardasi. – Bizning sayyora bir sayyohlik 
markazi, xolos. Katta qoʻshin saqlamaymiz. Qaroqchilar 
oʻn daqiqada muzeyimizni yakson qilib yuboradi.
– Sarkarda toʻgʻri aytyapti. Bizning boshqa choramiz 
yoʻq, Obma menga 30 daqiqa muhlat bergan, – dedi direktor.
– Qanday qilib? – ajablandi Ahmad. – U 30 daqiqadan 
soʻng hujumga oʻta olmaydi. U kichkinagina yulduzlararo 
uchar kema bilan sayyorangizni yakson qilib tashlaydimi?
– Ahmadning gapi toʻgʻri, – dedi Margol. – Hozir 
qaroqchilar biz salmirliklarning ekspeditsiyalar uchun 
moʻljallangan kemasida uchib yurishibdi. Ularning asosiy 
kemasi 800 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Bu 
yergacha ikki oyda yetib kelsa ham katta gap!
– Josuslar bu gapni tasdiqlaydi, janob direktor, – oʻrnidan 
turib dedi boshqa bir harbiy.
– Menimcha, ularni qaroqchilarga topshirsak, juda katta 
xato boʻladi, – endi qahramonlarimizga yordam bergan 
direktor kotibi ham oʻrnidan turdi. – Agar galaktikada 
Koinot muzeyi rahbariyati kelgan mehmonlarni qaroqchilar 
qoʻliga topshiribdi degan gap tarqalsa, hammasi tamom. 
Bizning muzeyga sayyohlar kelmay qoʻyadi. Bankrot 
boʻlamiz!
Bu gapdan soʻng barcha majlis ishtirokchilari sergak 
tortib qoldi. Haqiqatan ham kotibning eʼtirozi juda oʻrinli 
edi.
– Unda nima qil deysiz? – jahl qildi direktor.
– Bizni qoʻyib yuboring, – Ahmad gap boshladi. – 
Biz toʻgʻri Miks sayyorasiga uchib, katta qoʻshin bilan 


127
qaytamiz. Qaroqchilar oʻzlarining asosiy kemalari bilan 
qaytib kelgunicha biz Miks qoʻshini bilan himoyalanishga 
ulguramiz.
– Miks qoʻshini bizga yordam berarkanmi? – 
ishonqiramadi direktor.
– Yoʻq, ular sizga emas, bizga yordam berishadi. Miks 
qoʻmondoni Dordon har qanday vaziyatda yordamga shay 
ekanini aytgan. U bir soʻzli harbiy.
Ahmadning taklifi bu vaziyatda eng maʼquli edi. 
Direktor ham muzey, ham sayyohlar manfaatidan kelib 
chiqib bu taklifga koʻndi. Ammo ular katta qoʻshin bilan 
ortga qaytmaguncha xaritani bermasligi va adolat yuzasidan 
qanotni ham olmasligini aytdi.
“Koʻkkezar” ekipaji majlis tugashi bilan Miks 
sayyorasiga uchib ketdi. Direktor 30 daqiqadan keyin Obma 
bilan bogʻlanib, xotirjam ohangda mehmonlarning qochib 
ketganini aytdi. Bir kunning oʻzida ikkinchi marotaba chuv 
tushgan Obma sharmandalarcha ortga qaytishga majbur 
boʻldi. Endi u Koinot muzeyiga qaroqchilarning katta 
qoʻshini bilan qaytishga qasd qilgandi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə