Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) XIX-XX asr Yevropa falsafasidagi oqimlar



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə34/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

36) XIX-XX asr Yevropa falsafasidagi oqimlar.
Neotomizm – XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi F.Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. F.Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti, demakdir. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir- birini to‘ldirib turadi, har ikkinchi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Bu ta’limotga ko‘ra xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.
Neopozitivizm oqimining namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn. Falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. Falsafa – obyektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ijobiy (pozitiv) xulosalarni o‘rganib, tahlil qilib, ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solish kerak.
Pragmatizm – yunoncha «pragmatos» so‘zidan olingan bo‘lib, «ish», «xatti-harakat» degan ma’nolarini anglatadi. Yirik namoyandalari CH.Pirs, U.Djems, J.Dyui va boshqalar. Pragmatizm foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yo‘llari va usullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bu falsafiy yo‘nalishning maqsadi insonga olamda o‘z o‘rnini topishga yordam berishdan iboratdir. Pragmatizm falsafiy oqim sifatida AQSHda XIX asrning 70-yillarida va XX asrning ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrida mamlakatning ma’naviy hayotiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Pragmatizm falsafasi hozirgi kunga qadar ham AQSH, Kanada, Angliya, Avstraliya universitetlarida o‘rganiladi.
Fenomenologiya - xozirgi zamon falsafasidagi va madaniyatidagi asosiy okimlardan biri.
Maxizm - asoschisi Max Ernst avstraliyalik fizik va filosof subektiv idealist empiriokrititsimning asoschilaridan biri. Max narsalarni «sezgilar komplekslari» deb e’tirof qilishi bilan o`z talimotini falsafiy materializmga qarama-qarshi qilib qo`yadi. Max Sababiyat, zaruriyat, substantsiya tushunchalarini «tajribada» mavjud bo`lmagan tushunchalar deb rad etadi. «Tafakkurni tejash printsipi» ga muvofiq olamni tasvirlash faqat «Tajribaning betaraf elementlari» ni o`z ichiga olmog`i lozim. Max falsafaning subektiv - idealistik xarakteri V.I.Leninning «Materializm va empiriokritizm» asarida tanqid qilindi.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə