Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə30/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

33) O’rta asrlar Yevropa falsafasi.
Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O’rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Gnostiklar. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g’alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo’lib qolar edi va shunday bo’ldi ham. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi «himoya qilish», — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z asarlarida mushriklik (ko’p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo’yilgan ayblar — g’ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
«Patristika»- so’zi «ota» («padre») so’zidan kelib chiqqan. Sharqda mashhur bo’lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da’vatlaridan ko’pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo’llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G`arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo’lgan Avreliy Avgustin (354-430) bo’lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo’lgan. Avgustin o’z hayotini episkoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag’ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o’sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig’inish» 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. Muqaddas kitob «Bibliya» oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.
«Sxolastika» - so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish joyi, maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham baholash mumkin. O’sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish taqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob berish bo’lgan.
Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. U Shimoliy Italiyada tug’ilgan, 1093 yilda Ketterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Angelm o’zining ikki asari bilan mashhur.
Birinchisi «Monopoliya» — xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko’p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo’lmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi bo’lishi kerakki, biz uni xudo deb ataymiz.
Angelmning ikkinchi asari «Prologion» xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g’oya mavjuddir. Bu g’oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo’lgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo’lmaganda edi, narsa komil bo’lmas edi. Agar xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, xudo reallikda mavjuddir.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə