Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə1/7
tarix26.05.2022
ölçüsü46,64 Kb.
#87983
  1   2   3   4   5   6   7
Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
Himoyaga tavsiya etilsin
Sirtqi bo‘lim boshlig‘i
____Umarov S.B.«» ____

Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf qilishga ijtimoiy- pedagogik yondashuv
KURS ISHI
Bajardi: 2-kurs __PP –guruh talabasi
________________________
Ilmiy rahbar: “Amaliy psixologiya” kafedrasi
o‘qituvchisi Nargiza Ulug'bekovna.___
Himoyaga tavsiya etilsin
Amaliy psixologiya” kafedrasi mudiri
____Umarovа N.SH.
«» ____


Toshkent 2022
Mavzu: Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf qilishga ijtimoiy- pedagogik yondashuv
Reja:
Kirish.......................................................................................................

  1. Bob

1.1 Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari ta’minlanishi............................
1.2 Noto’liq oila bilan ijtimoiy pedagogik yondashuv........................................

  1. Bob

2.1 Noto’liq oilaning jahon olimlar tomonidan o’rganilganlik holati
2.2 Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish.........................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati........................................................

Kirish
Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nufuzini ta'kidlash bilan birgalikda, uning mustahkamlovchi kafolatli omillarining rolini o'rganish, ayniqsa,yoshlarni oilada tarbiyalash katta ahamiyatga ega bo'lgan dolzarb masaladir. Bu borada O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Keyingi yillarda xalqimiz o'rtasida keng tarqalgan «O'z uyingni o'zing asra!» degan da'vatga bugun «O'z bolangni o'zing asra!» deb qo'shimcha kiritish vaqti keldi, deb o'ylayman», deb alohida e'tirof etgani bejiz emas. Chunki farzand tarbiyasi murakkab jarayon hisoblanib, uning ildizi oila, mahalla, jamiyatga borib taqaladi. Tarbiya ota-onaning nafaqat shaxsiy ishi, balki ijtimoiy burchidir. Ta'lim-tarbiya jarayoni orqali kelajak vorisining mamlakat uchun fidoyi bo'lishi, sadoqatli fuqaro bo'lishi, yurt tinchligini ko'zlashi, mustaqillikni saqlab qolishi kabi ezgu niyatlar yotadi. Jamiyat taraqqiyotiga farzandlar kamoli orqaligina erishiladi. Demak, barkamol farzandlarni tarbiyalash har bir davrning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib kelgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Bola ota-ona qo'lida bir omonatdir», deydi buyuk allomalarimiz. Bolalarimiz, ularning taqdiri, kelajagi haqiqatan ham juda omonat ekanini bugungi hayot har tomonlama isbotlamoqda. Agar farzandimizga to'g'ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo'lib turmasak, ularni ilmu hunarga o'rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo'yishimiz hech gap emas». Bu masala dolzarbligicha qolaveradi.
Har bir mamlakatda oila va nikoh instituti din, urf-odat, madaniyat, ahloq, an'ana ta'sirida shaklllangan.Oilada sog'lom psixologik muhitni tarkib toptirish orqali oila barqarorligini ta'minlash, shaxslararo munosabatlarning oilada sog'lom psixologik muhitdagi o'rni va ta'sirini o'rganish, oilada kuzatiladigan shaxslararo munosabatlarning oila a'zolari tomonidan baholanishi darajasini o'rganish orqali jamiyatdagi barqarorlikni o'rganish, tahlil qilish mumkin.


Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə