Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Noto’liq oilaning horijiy olimlar tomonidan o’rganilganlik holati



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə5/7
tarix26.05.2022
ölçüsü46,64 Kb.
#87983
1   2   3   4   5   6   7
Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf

2.1 Noto’liq oilaning horijiy olimlar tomonidan o’rganilganlik holati

So'nggi 20-30 yillar ichida dunyodagi ko'pgina mamlakalarda noto'liq oilalar sonining keskin o'sishi, otasiz o'sayotgan bolalarning ko'payishi, oila institutining zaiflashishi barcha davlatlar uchun nafaqat ijtimoiy, balki katta ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yuzaga keltiryapti. Shu sababli ham ushbu muammo turli soha olimlari, jumladan, pedagogika va psixologiya fanlaridagi tadqiqotchilar tomonidan faol o'rganilmoqda.


V.A.Baraboxina tomonidan 2013 yil noto'liq oilalardagi boshlang'ich sinf yoshida bo'lgan bolalarni pedagogik qo'llab-quvvatlash vositasida ularning ijtimoiylashuvi muammosi ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Dissertatsion tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagilar aniqlangan:
– noto'liq oilaning bolaning ijtimoiylashuviga salbiy ta'siri;
– noto'liq oilada o'sayotgan boshlang'ich sinf yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvida xalq madaniyatidan foydalanishning pedagogik ahamiyati;
– bolalarning ijtimoiylashuvida shaxsga yo'naltirilgan pedagogik qo'llab-quvatlash modelidan foydalanishda konkret noto'liq oilani ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olish, bola va ota yoki onalarning pedagogik madaniyatini oshirish zarurligi;
– noto'liq oilaning bolaning ijtimoiylashuvidagi salohiyati va holatiga ko'ra kognitiv, ijtimoiy-psixologik va kommunikativ saviyasiga ko'ra: yaxshi, o'rta, pasaygan, quyi va inqirozli ekani.
V.A.Baraboxina tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, noto'liq oiladagi bolalarning ijtimoiylashuviga qaratilgan darsdan tashqari maxsus dastur ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan pedagoglar uchun ham tavsiyanomalar tayyorlangan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, noto'liq oiladagi bolalar shaxsida to'liq oiladagi tengdoshlariga nisbatan moslashuvchanlik, muloqotga kirishish hamda faollik nisbatan kamroq ifodalangan.
M.I.Kirikova (2009) tomonidan oila va bolalarga ijtimoiy yordam markazi vositasida noto'liq oilaning tarbiyaviy salohiyatini oshirish muammosi bo'yicha dissertatsion tadqiqot o'tkazilgan M.I.Kirikova tadqiqotida noto'liq oilaning tarbiyaviy salohiyati saviyasini oshirish modelini ishlab chiqqan.Uning modeliga ko'ra, ish boladan, ya'ni noto'liq oila va undagi bolaning ijtimoiy pedagogik jihatlarini o'rganishdan boshlanadi. Aniqlash zarur bo'lgan xususiyatlar o'rganilishi natijasida oilaning tarbiyaviy salohiyati saviyasini oshirish ustida maxsus ishlab chiqilgan faoliyat boshlanadi. Bu faoliyat mazmuni ota-onalar universiteti, konferentsiya, treninglar orqali noto'liq oiladagi ota-onalarni psixologik-pedagogik bilimlarini oshirish, ota-onalarga individual va umumiy maslahatlar berish, ota-onalar kechalarini o'tkazish, noto'liq oila a'zolarida sport, salomatlik kunlari, musobaqalar vositasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ota-ona va bolalar orasida gumanistik va mehrli munosabatlarni shakllantirish, ota-onalarning pedagogik saviyasini oshirib, ularda Markaz bilan xamkorlik qilish ehtiyojini yuzaga keltirish, Markazda faol bo'lish va oilasida ijobiy o'zgarishlar qilish istagini yuzaga keltirish va natijalarini o'zlariga ko'rsatish hamda Markaz tomonidan ish monitoringini olib borish,vaqti-vaqti bilan bo'lgan ijobiy o'zgarishlar, dinamikani o'lchab, taqqoslab borishdan iborat.
M.V.Noskova (2009) tomonidan noto'liq otali oilalarda (oila ota va bolalardan iborat) ota va bolalarning o'zaro munosabatlarini ijtimoiy-psixologik xususiyatlari maxsus o'rganilgan.Noto'liq otali oilalarda keng tarqalgan noto'liq onali oilalar kabi ota va onalar bola bilan yetarli muloqotda bo'lish, unga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish, bolaning ijtimoiylashuviga o'z hissasini qo'shishda katta muammolar yuzaga keladi, chunki yolg'iz ota yoki onalar aksariyat vaqtini mehnat faoliyatiga bag'ishlab, asosiy maqsadi bolaning moddiy ta'minoti bo'lib qoladi.Shu bilan birga, bolaning yoshi, individualpsixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, oiladagi bola va ota munosabatlarida tez-tez nizolar kuzatiladi.Ota kasbiy faoliyat bilan birga ijtimoiy faoliyatni qo'shib olib boradi, yangi turmush o'rtoq izlaydi. Bularning barchasi ota va bola munosabatlariga salbiy ta'sir qiladi. O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, noto'liq oilalar to'liq oilalardan quyidagilar bilan farq qiladi:
● me'yoridan ortiq g'amxo'rlik qilish (bolaning ko'ngli o'ksimasin deb);
● oilaga tobeligi;
● irodaning ezilishi;
● xafa qilishdan qo'rqish;
● oilaviy nizolar;
● tez jahli chiqishi;
● otaning me'yoridan ortiq dominantligi;
● bolaning dunyosiga o'rinsiz aralashish,
kirish, pedagogik xatolar qilish;
● bolaning mustaqilligini cheklash;
● avtoritar munosabat.
Bolaning otaga bo'lgan munosabatida nizoga moyillik, xavotirlilik kuzatiladi
M.V.Noskova o'z tadqiqotiga xulosa qilib psixologo-pedagogik yordam hamda turli etnosda ota mavqei turlicha bo'lganligini hamda oilalarning entopsixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq etish maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidlab o'tgan.
T.N.Kameneva o'z dissertatsion tadqiqotida noto'liq oilalarning ijtimoiy va onalarning shaxsi bilan bog'liq muammolarini o'rgangan.Yolg'iz onalarning homiladorlik holatidagifikr-o'ylari, bolalariga bo'lgan munosabati, ularning shaxsidagi ahloqiy, ma'naviy jihatlari o'rganilgan. Noto'liq oilalar turli sabablar asosida yuzaga keladi: er-xotinning ajralishi, nikohsiz farzandning dunyoga kelishi, turmush o'rtog'ining biri olamdan o'tishi, ayol bolani asrab olib ersiz o'zi katta qilishi va boshqalar.Xorijiy ilmiy adabiyotlarda yolg'iz ona yanada konkretlashtiriladi (nikohsiz ona, beva va ajrashgan, ersiz oila va boshqalar). Ba'zan umumlashgan holda «onalar boshqarayotgan oila» ham deyiladiFanda aslida «noto'liq oila» deganda yolg'iz ota yoki ona voyaga yetmagan yoshdagi farzandi bilan yashab, bolaga bo'lgan mas'uliyatni to'liq bo'yniga olgan oila tushuniladiT.N.Kameneva keng ma'noda umumlashgan yolg'iz onalar oilasi nomini ishlatadi.Yolg'iz onalarni yoshi, oilaviy maqomi, ma'lumoti, kasbi va farzand ko'rgandagi yoshi bo'yicha tahlil qilgan. Uning tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, yolg'iz onalarning 33,8%i o'rta maxsus ma'lumotga ega, 28,5%i oliy ma'lumotli. Bolaning dunyoga kelishi 57,2% yolg'iz onalar uchun orzu qilgan, baxtli hodisalar bo'lgan. Baxtsiz hodisa sifatida idrok etganlarning aksariyati yosh va ma'lumoti yo'q ayollar bo'lgan.Oilaviy maqomi (statusi)ga ko'ra, yolg'iz onalarning 46,2%ini nikohsiz farzand ko'rganlar, 32,7%ini ajrashganlar, 11,3%ini bevalar, 9,8%ini fuqarolik nikohidagilar tashkil qilgan.Yolg'iz onalarning aksariyatida o'zini va farzandini moddiy ta'minlashga yetarli mablag' yo'qT.N.Kameneva ma'lumotiga ko'ra, noto'liq (yolg'iz onalar) oilalardagi ayollar daromadning 50-80%i o'zi va farzandini ovqatlantirishiga sarflaydi. Nikoh holati, yoshi va lavozimi qanday bo'lishidan qat'iy nazar, ular o'zlarining moddiy ta'minotini yaxshilashga xarakat qilishadi.
Yosh, ma'lumoti yo'qlar ko'p hollarda yaqin qarindoshlari, tanishlari, qo'shnilarining moddiy yordami hisobiga kun ko'radilar.Yolg'iz onalarning yoshi qanchalik kichik bo'lsa,ularning suitsidga moyilligi shunchalik yuqori bo'ladi, chunki ularda shaxsiy yetuklik yetarli darajada rivojlanmagan bo'ladi.Yolg'iz onalarning (14-17 yoshdagilar) 37,5%i doimiy stress holatini boshdan kechiradi.Noto'liq oilalardagi ayollarning 74,8%i farzand ko'rayotganda to'liq oilada tarbiya olganlar.T.N.Kamenevaning ko'rsatishicha, yolg'iz onalarning oilaviy hayotiga ota-ona, oilasidan ko'ra atrofdagi ijtimoiy muhit kuchliroq ta'sir ko'rsatar ekan. Ya'ni ularning yaqin kishilari vatanishlari orasida farzandini ersiz katta qilayotgan ayollar 61%ni tashkil qilgan.Yolg'iz onalarning 45%i turmushga chiqish xohishi va imkoniyati borligini ta'kidlaganlar.Bunday onalarning aksariyati ularning manfaatini ijtimoiy himoya qilishi zarur bo'lganinstitutlar hamda ish joyidagi rahbarlarning diqqat-e'tiborsizligi, oylik maoshi hamda bola uchun davlat tomonidan ajratiladigan pul miqdorining kamligidan shikoyat qilishgan. Ularning fikricha, bu ularning asosiy muammolarini tashkil qiladi.Farzand tug'ilishida onaning yoshi qanchalikkichik bo'lsa (ayniqsa 14-17 yosh orasida), ularda o'z bolasidan voz kechish, tashlab ketish istagi va hollari shunchalik ko'p uchraydi.Yolg'iz onalar hayotida to'liq oilalardagi ayollarga nisbatan shaxsiy, psixologik, pedagogik, ma'naviy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar ko'proq uchraydi hamda keskinroq ifodalanadi.Shu sababli ham ular, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik yordamga muhtoj bo'ladilar.
Ya.G.Nikolayeva tomonidan xorijiy va Rossiyaolimlarining noto'liq oila yuzasidan o'tkazgan tadqiqot natijalarining ilmiy tahlili quyidagilarni ko'rsatmoqda:
● noto'liq oiladagi bolalar o'qish jarayonida hamda oliy o'quv muassasalariga kirishda to'liq oilalardagi tengdoshlariga nisbatan ko'proq qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar;
● nizoli bo'lsa-da, ammo to'liq oilada tarbiya jarayoni noto'liq oilaga nisbatan afzarloq bo'ladi;
● noto'liq oiladagi tarbiyaviy muhit ma'lum jihatdan birga yashayotgan otaning moddiy yordam miqdori bilan belgilanadi;
● alohida yashayotgan bola va ota munosabatlari sifati ularning o'zaro uchrashuvlar sonibilan belgilanmaydi;
● noto'liq oiladagi tarbiya jarayonida onaning daromad miqdori muhim rolь o'ynasa-da, yetakchi omil bo'la olmaydi.Yetakchi omil ona tomonidan oilada yaratilgan sog'lom psixoemotsional muhitdir. Noto'liq oilada aynan shu tarbiya jarayonini belgilovchi omildir.Muallifning tadqiqot natijalariga ko'ra, noto'liq oilada salbiy hissiyotlar aksariyat holda onalardan bolalarga o'tadi.
Ya.G.Nikolayeva tomonidan o'tkazilgan dissertatsion tadqiqot natijalariga ko'ra, yildan yilga noto'liq oilalar hamda otasiz o'sayotgan bolalar soni ko'paymoqda. Noto'liq oiladagi ayollarning 61%i bolalarda ota yo'qligi sababli muammolar mavjuligini ta'kidlashgan. Ayollardan 69%i bolalarning moddiy ta'minoti, ma'naviyati va axloq-odobida qiyinchiliklar kuzatilayotganini aytishgan. Ayollarning 92%i erlaridan olayotganaliment hamda moddiy yordamni yetarli emas, deb hisoblaydilar. Talabalar ichida o'zini«baxtli» deb hisoblaganlarning 70%i to'liq oilalarning bolalari, 30%i esa noto'liq oila farzandlaridir.Ya.G.Nikolayeva tadqiqotida noto'liq oila Chuvashiston Respublikasida davlat, xukumat, mahalliy hokimiyat va boshqa organlar tomonidan ijtimoiy himoya qilish ob'ekti sifatida
ko'rsatilgan. Maxsus tashkil etilgan psixologopedagogik yordam va uning natijalari tahlil qilingan.Muallif o'tkazgan tadqiqoti natijalariga ko'ra quyidagi xulosalarni ilgari suradi:
● muammo ko'pqirrali bo'lgani sababli turli soha olimlari tomonidan o'rganilishi va unga kompleks yondashish lozim. Shu sababli xam bir fan sohasida o'tkazilgan tadqiqotlar murakkab muammoning barcha savollariga javob bo'la olmaydi. Ushbu muammo har tomonlama yanada chuqur o'rganilishi lozim;
● noto'liq oila, yolg'iz onalarga beriladigan moddiy yordam muammoni bartaraf eta olmaydi. Noto'liq oilaga, avvalambor, psixologik-pedagogik yordam zarur;
● bola shaxsini kamol toptirish, uni mustaqil hayotga tayyorlashda noto'liq oiladan ko'ra nizoli bo'lsa-da, to'liq oila ko'proq afzalliklariga ega, chunki u to'liq oila modelidir.
T.V.Korenkova tadqiqotida o'z ifodasini topgan ma'lumotlarga ko'ra, oila qurmasdan erta farzandli bo'lish (15-17 yoshda) soni yil sayinortmoqda, yolg'iz ayollarning 40 yoshdan keyin farzand ko'rishi va yetuk yoshdagi ayollarning oila qurmasdan «o'zi uchun» farzand ko'rish tendentsiyasi ko'chayib bormoqda. Muallif ma'lumotiga ko'ra, har uchinchi bola noto'liq oilada tarbiyalanmoqda. Bu muammo, fikrimizcha, bugun va ertangi kunimizda bir qator iqtisodiy, ma'naviy, tarbiyaviy, huquqiy, psixologik, pedagogik, sotsiologik, psixosomatik, genetik va boshqa muammolarni yanada dolzarblashishiga olib keladi.Rossiyada har yili oilaviy ajrimlar sababli yarim milliondan ortiq bola (18 yoshgacha) otasiz qoladi.T.V.Korenkova ishida ko'rsatilishicha, noto'liq oilada farzandini yolg'iz o'zi katta qilayotgan ona zimmasiga ikki barobar ortiq ish va mas'liyat yuklanadi.Noto'liq oilada o'sayotgan bola aksariyat holda faqat ona bilan muloqotda bo'lib, to'liq oila modeli, otaning oiladagi rolini ko'rmaydi. Natijada oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari noto'liq bo'ladi.Yolg'iz ona bola tarbiyasida oilaviy hayotda pedagogik, psixologik bilimlarga katta ehtiyoj sezadi, ammo uni muntazam va yetarli saviyada qondirish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Natijada noto'liq oiladagi yolg'iz onaning pedagogik madaniyati ham yetarli saviyada bo'lmaydi. Bu esa juda ko'p pedagogik xatoliklarga olib keladi. Shu bilan birga bir ijtimoiy tizimdan boshqa yangi ijtimoiy tizimga o'tish, ikki bir-biridan keskin farq qilgan ijtimoiy tizimda shakllangan avlod, ota-ona va bolalar, buva va nevaralar orasidagi ziddiyatlar, keskin ifodalangan qarama-qarshiliklar ham oilaviy hayotda o'z ifodasini topadi.
T.V.Korenkova tadqiqot natijasiga ko'ra, quyidagi xulosalarga keladi:
● noto'liq oiladagi ona yoki otaning pedagogik madaniyati ular shaxsi umummadaniyatiningtarkibiy qismi bo'lib, bola shaxsi shakllanishi, unga bo'lgan munosabatiga ta'sir qiladi;
● ota yoki onaning noto'liq oiladagi pedaggik madaniyat tuzilmasi kognitiv, aksiologik,shaxs hamda faoliyat bilan bog'liq tarkibiy qismlardan iborat bo'lib quyi, o'rta va yuqorisaviyalar kuzatiladi;
● maxsus tashkil etilgan ijtimoiy xizmat muassasalari noto'liq oiladagi yolg'iz ona yoki otalarda pedagogik madaniyatni shakllantirishda hamda ularga zarur bo'lganda pedagogik yordam ko'rsatish va ularning ijtimoiy-pedagogik muammolarini hal etishda katta rol o'ynaydi;
● noto'liq oiladagi ota yoki onaning pedagogik madaniyatini ijtimoiy muassasalar faoliyati orqali yuksaltirish nazorat guruhidagi an'anaviy yondashuvga nisbatan samarali ekanligini ko'rsatadi.Shunday qilib, yuqorida o'z ifodasini topgan mualliflarning tadqiqot natijalarining ilmiy tahliliga ko'ra, noto'liq oila yuzasidan quyidagicha xulosalar qilish mumkin:
1. Noto'liq oila unda o'sayotgan bolaning ijtimoiylashuviga salbiy ta'sir qiladi.
2. Noto'liq oilalarning aksariyatida bolani (yoki bolalarini) yolg'iz ona tarbiyalayotgan bo'lib, u asosan mehnat qilish bilan band bo'lib, farzandlari tarbiyasiga yetarli vaqt ajrata olmaydi.
3. Noto'liq oilalarning aksariyati moddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirishi sababli bolani tarbiyalashda qo'shimcha ta'lim, turli sport, san'at turlari va boshqa sohalar bilan shug'ullantirishga yetarli imkon topa olmaydi. Bu esa bola shaxsida bo'lgan tug'ma layoqatni erta aniqlash, uni o'stirish va qobiliyatga aylantirishga imkon bermaydi.
4. Ota va boladan iborat noto'liq oilalar aksariyat holda me'yoridan ortiq g'amxo'rliq qilish (bolaning ko'ngli o'ksimasligi uchun), oilaga tobeligi, irodaning mustahkam emasligi, bolaning ko'ngliga qarashning me'yoridan ortiqligi, oilaviy nizolarning ko'pligi (tarbiya borasida), otaning me'yoridan ortiq dominantligi, farzandning ichki dunyosiga o'rinsiz aralashishi, ko'p pedagogik xatolarga yo'l qo'yishi,farzandining mustaqilligini cheklash, avtoritar munosabatni suiist'emol qilish, bolada xavotirlilik hissining me'yoridan ortiq, bolaning ko'cha ta'siriga tushish ehtimolining ko'proq bo'lishi, voyaga yetganda turmush o'rtog'ini tanlashda adashish ehtimolining oshishi kabilar bilan xarakterlanadi.
5. Rossiya olimlarining ilmiy adabiyotlarida noto'liq oila turlarga (nikohsiz ona, beva, ajralgan, ersiz oila, asrab olgan ona vaboshqalar) bo'linib, ularning o'ziga xos xususiyatlari tadqiq etiladi.
6. Rossiya olimlarining (T.N.Kameneva) ko'rsatishicha, noto'liq oilaning yuzaga kelishida eng katta foizni (46,2%) nikohsiz farzand ko'rganlar tashkil qiladi. Ikkinchi o'rinda ajrashgan oilalar turadi. O'zbekistonda, fikrimizcha, statistik ma'lumotlarga ko'ra noto'liq oilaning yuzaga kelishida oxirgi yillar ajralishlar asosiy sababni tashkil qiladi. Noto'liq oilalardagi yosh ayollar suitsidga moyilligi bilan xarakterlanadi. Noto'liq oilalarning yuzaga kelishida ota-ona, oilasidan tashqari yaqin kishilar orasida noto'liq oilaning bo'lishi ham kuchli ta'sir qilar ekan.
7. Farzand tug'ilishida onaning yoshi va boladan voz kechish hissining ifodalanishi orasida kuchli bog'liqlik borligi barcha etnoslarda o'zifodasini topgan. Ya'ni yosh onalarning ko'pchiligi o'z farzandidan osongina voz kechishga tayyor bo'ladi. Bu ularning yoshligi, shaxs sifatida yetuklikka erishmaganligi, moddiy jihatdan oyoqqa turmaganligi, ma'lum kasb-hunarga ega emasligi, alohida yashash joyining yo'qligi va boshqa omillar bilan tushuntirilishi mumkin.
8. Noto'liq oilalardagi bolalar o'qish jarayonida va oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishda xam qiyinchiliklarga uchraydi. Noto'liq oilada salbiy hissiyotlar aksariyat holda onalardan bolalarga yashash davomida o'tadi. Ayollarning aksariyat qismi (69%i)2 surunkali ravishda moddiy, ma'naviy va fiziologik qiyinchiliklarni boshdan kechirishi ta'kidlangan.
9. Noto'liq oilalardagi ota va onalarning pedagogik madaniyatini oshirish zarurligi barcha olimlar tomonidan ta'kidlangan.
10. O'zbekistonda noto'liq oilalar muammosining pedagogik va psixologik jihatlari juda kam o'rganilgan bo'lib, ularning o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, etnopedagogik, etnopsixologik tomonlari ilmiy jihatdan yetarli tadqiq etilmagan.


Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə