Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə6/7
tarix26.05.2022
ölçüsü46,64 Kb.
#87983
1   2   3   4   5   6   7
Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf

2.2 Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish

Bizning fikrimizcha, notoʼliq oilalar sonining kun sayin ortib borishi sabablarini quyidagilar tashkil qiladi.Buning eng asosiy sabablaridan biri – yoshlarimiz oilaviy xayot haqida toʼlaqonli va psixologik pedagogik jihatdan toʼgʼri savodli tasavvurga ega emasligi. Аksariyat yoshlar oilaviy hayotni «asal oyi» kabi tasavvur qiladilar, vaholanki oilaviy hayot har bir yosh uchun katta taqdir sinovidir. Har bir oila «Oilaviy hayot chidaganga chiqarilgan» tamoyili bilan yoshlarni turli iqtisodiy, axloqiy, individual-psixologik, shu jumla dan, sabr-chidamlilik sinovidan oʼtkazadi. Аfsuski, yosh oilalarning maʼlum bir qismi bu sinovlarga bardosh berolmay, notoʼliq oilalar sonining keskin oʼsishiga olib keladi. Notoʼliq oilalar koʼpayishiga olib keluvchi muhim sabablardan navbatdagisi oila masalalarida shaxs xulqi ustidan ijtimoiy nazoratning susayishi, «Odamlar nima deydi?» mazmunidagi anʼanaviy savol taʼsir kuchining keskin zaiflashib ketganligi. Аlbatta, demokratik jamiyat qurayotganda shaxs erkinligini taʼminlashimiz, fuqaroning shaxsiy hayotiga qoʼpol ravishda aralashmasligimiz darkor. Shu bilan birga, biz yoshlarning oilaviy hayotida uchrashi muqarrar boʼlgan sinov va muammolarga oldindan tayyorlab, uni oila toʼliqligi, oila aʼzolar salomatligiga salbiy taʼsir etmagan holda hal qilish, sinovlardan yosh oilani talofatsiz olib chiqishga yordam berishimiz lozim. Bu borada Xotin-qizlar qoʼmitasi, «Mahalla», «Sogʼlom avlod» fondlari, hokimliklar va hukumat tomonidan katta samarali ishlar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan,notoʼliq oilalarning koʼpayishi, poliginiya1 (koʼp xotinlilik) hamda poliandriya2 (koʼp erlilik) tendentsiyasining kuchayish omillariga, bizning fikrimizcha, oilada erkak mavqeining pasayishi, erkaklarda impotentsiyaning yosharishi, son jihatdan oʼsishi, ayollarda jinsiy xulqning erkinlashishi, yoshlarning hayotiy qiymatliklarida kuzatilayotgan oʼzgarishlar, urgʼu maʼnaviy boylikdan iqtisodiy boylik tomon koʼchishi, yaʼni maʼnaviy boylikdan iqtisodiy, moliyaviy boylik keskin ustunlik qilishi, aholida kuzatilayotgan gipodinamiya, urbanizatsiya natijasida mamlakat aholisida shahar hayot tarzining tarqalishi, turli ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga koʼra yerli xalq orasida migratsiyaning kuchayishi va boshqalar kiradi.Yuqorida bayon etilgan fikrlardan notoʼliq oilaga qarshi kurashish, notoʼliq oilani faqat salbiy, muammoli oila turi sifatida koʼrsatish, ularni yomon jihatdan idrok etish maʼnosi kelib chiqmaydi. Shunday notoʼliq oilalar borki, ular toʼliq oiladan oʼn chandon yaxshi yashaydi va oʼz oilaviy vazifalarini toʼlaqonli, yuqori saviyada bajarib kelmoqda. Biz muammo sifatida mulohaza yuritayotgan notoʼliq oilalar deyarli asossiz yuzaga kelgan, aksariyati jiddiy sabablarsiz ajralgan va yosh bolalari bilan katta iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan, maʼlum guruhi nikoh qurishdan oldin ajralib erkin hayot kechirishni maqsad qilib qoʼygan, oila, ayniqsa bola tarbiyasiga befarq qaraydigan, bola shaxsi shakllanishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashadigan, oʼz shaxsiy manfaatini farzandlari, oila manfaatidan ustun qoʼyadigan, ota-onalik burchlarini deyarli unutib qoʼygan yoki davlat, jamiyat zimmasiga yuklab yengil hayot kechirayotgan, baʼzi hollarda farzandlarini butunlay unutgan notoʼliq oilalardir. Notoʼliq oilalarni oila funktsiyalarining toʼlaqonli bajarilishi darajasiga koʼra shartli ravishda uch turga boʼlish mumkin:oila funktsiyalarini yuqori darajada bajarayotgan notoʼliq oila. Bu vaqtincha yoki uzoq yillar davomida notoʼliq boʼlib, oilaning barcha funktsiyalarini toʼliq ravishda bajarib kelayotgan notoʼliq oila. Bunday oilalarga aksariyat holda yetuk yoshdagi avlod buva, buvilar yordam beradilar va bola tarbiyasi, boʼsh vaqtini toʼgʼri tashkil etish, moddiy taʼminot kabi funktsiyalar toʼliq bajarlishida oʼzlarining hissalarini qoʼshadilar.Bunda (agar bevalar oilasi boʼlmasa) ajrashgan oila bilan yashamayotgan turmush oʼrtogʼi ham oila funktsiyalarining bajarilishiga imkon darajasida oʼz tashabbusi bilan hissa qoʼshadi; oʼrta darajadagi notoʼliq oila. Oila funktsiyalarining bajarilishiga oila bilan yashamayotgan turmush oʼrtogʼi aliment toʼlashdan ortiq hech qanday hissa qoʼshmaydi. Oila funktsiyalaridan eng muhimi boʼlgan bolani tarbiyalash masalalarida onada, baʼzi xollarda otada (otasi bilan yashayotgan boʼlsa) yetarli qiyinchiliklar uchraydi. Shu bilan birga ona aksariyat hollarda mehnat faoliyati bilan band boʼlishi oqibatida oilada psixoterapevtik, regulyativ, kommunikativ funktsiyalar xam yetarli bajarilmaydi; oila funktsiyalarini past darajada bajarayotgan notoʼliq oila. Oila funktsiyalarining yarmidan koʼpini bajarmayotgan, bolalar tarbiyasini oʼz holiga tashlab qoʼygan, koʼpincha oʼz onalik vazifasini deyarli bajamayotgan, ichkilikka berilgan, oilada muntazam ravishda nosogʼlom psixologik muhit boʼlgan moddiy nochor, notoʼliq oilalar. Ushbu turdagi oilaviy muhit baʼzan toʼliq oilalar orasida ham uchrab turadi.
Noto'liq oiladagi pedagogik muammo bu –bola tarbiyasidir. Bola shaxsi shakllanishidagi muammolarda odob-axloqi, xulq-atvor normalari, ma'naviyati, madaniyati, oiladagi urf-odat va an'analarga ota yoki ona tomonidan e'tiborsizligi natijasida namoyon bo'ladi. Ota yoki ona tomonidan bola tarbiyasiga bee'tiborligi yoki tarbiya jarayonidagi “ikkilanish”, ya'ni bolani to'g'ri yo'l, usul bilan tarbiya qilayotganligidan shubxalanish bolaning barkamol shaxs bo'lib shakllanishida pedagogik to'siqlarga duch kelishi mumkin. Pedagogik muammolarda birinchi o'rinda onaning ma'lumot darajasi pastligi, ona tomonidan oilaviy vazifalarni to'liq bajarilmasligi hamda onani “Mustaqil ta'lim” bilan shug'illanmasligi, ya'ni ma'lumot darajasidan kelib chiqib, bola tarbiyasida o'z bilimini: diniy, dunyoviy, ilmiy, pedagoik va psixologik bilimlarini egalllamasligi natijasida oilada turli pedagogik muammolarga duch keladi. Noto'liq oilada bola shaxsi shakllanishida mavjud muammolarni bartaraf etishda oilada onaning ma'lumot darajasini oshirish, mustaqil ta'lim olishni motivatsiya berish, bolaning ijtimoiylashuvi, bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil etish hamda ona va bolao'rtasidagi nizolarni bartaraf etish bo'yicha ijtimoiy-pedagogik texnologiyani takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Notoʼliq oilada bola shaxsini talab darajasida shakllantirishda fikrimizcha quyidagilarga eʼtibor berish lozim.
1. Notoʼliq oilada bola tarbiyalayotgan yosh onalarga psixologik yordam koʼrsatish kerak. Bu psixologik maslahat, psixologik trening, psixologik monitoring, psixologik tashviqot, seminar, maxsus oʼquvlar (ota-onalar universiteti doirasida), maxsus tayyorlangan buklet, broshyuralar va boshqa shakllarda boʼlishi mumkin. Bunda har bir notoʼliq oilani oʼziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy holatini hisobga olish zarur.
2. Notoʼliq oilada oʼsgan va oʼz sohasida taniqli boʼlgan artist, sportchi, olim, rahbar, yozuvchi, shoir va boshqalarni maktab oʼquvchilari bilan uchrashuvlarini tashkil qilib, ular hayotidagi qiyinchiliklarni qanday yengib, shunday
muvaffaqiyatlarga erishganliklari haqida davra suhbati qilish lozim. Bundan maqsad notoʼliq oilani ideallashtirish emas, balki yoshlarda, ayniqsa, notoʼliq oilada voyaga yetayotgan bolalar hayotida uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga oʼrgatishdir. Bunday uchrashuvlar toʼliq oila bolalariga ham foydalidir.
3. Noto'liq oilada o'sayotgan o'g'il bolalarni(agar o'z otasi namuna vazifasini bajara olmayotgan bo'lsa) qarindoshlar, qo'shnilar yokiyaqin tanishlar orasida har tomonlama namuna bo'ladigan kishi vaqtincha otaliqqa olishi. Otaliqqa olgan erkak yoki ayol vaqti-vaqti bilan o'z farzandlari bilan birga noto'liq oilada voyaga yetayotgan bolaning bo'sh vaqtini madaniy tashkil etishi lozim, toki otasiz o'sayotgan bola yoki qiz to'laqonli oiladagi munosabatlar, ota va ona mavqei, ular orasidagi namunali munosabatlarni idrok etib, o'ziga kelgusi hayotida namuna sifatida olsin.
4. Oila funktsiyalarni past darajada bajarayotgan noto'liq, moddiy jixatdan o'ta
nochor oilalardagi bolalarni mahalla, psixolog tavsiyasiga ko'ra onaning roziligi bilan vaqtincha bir yilga mehribonlik uylariga qabul qilish va bir yil o'tgach muddatini uzaytirish masalasini ona ishtirokida mahalla faollari, psixolog, mehribonlik uyi rahbarlari ko'rib chiqishlari tavsiya etiladi.
5. Noto'liq oiladagi bolalarni tug'ma layoqati va qiziqishini hisobga olib sport, musiqa, tasviriy san'at va boshqalarga jalb qilish lozim.
6. Noto'liq oilalar bilan mahalla hamda maktab psixologi muntazam ishlashi va psixologo-pedagogik monitoringini olib borishi lozim.
7. Noto'liq oiladagi bolalarni ta'til davrida dam olishlarini tashkil etish, qo'shimcha ta'lim olishlarida yordam berish kerak.
8. O'zbekistonda noto'liq oila psixolog, pedagog, sotsiolog, yurist, iqtisodchi, tibbiyotchi, demograf olimlar tomonidan ilmiy tadqiq etilishi lozim.
Yuqorida o'z ifodasini topgan choralarni ko'rish noto'liq oilalardagi bir qator muammolarni samarali bartaraf etishga imkon bergan bo'lar edi.
Noto`liq oilaga xos xarakterli xususiyat uning o`ziga xosligi (yopiqligi)dir. Tevarak-atrofdan unga ta`sir etish birmuncha qiyinroq bo`ladi. Chunki oila a`zolari ona va bolalar to`liq oila a`zolariga nisbatan kamgapligi, kamsuqumligi va tortinchoqligi bilan ajralib turadi. Noto`liq oilada o`ziga xos ruhiy muhitning mavjudligi va uning vaqti-vaqti bilan o`zgarib turishi bu oilada tarbiyalanayotgan bolaning aqliy, axloqiy va ruhiy kamolotiga alohida ta`sir etadi. Masalan, bolaning ota-onasi bilan bo`lgan osoyishta va erkin munosabati-uning ijtimoiy ongiga, xulq-atvoriga, o`z-o`ziga bo`lgan ishonchining ortib borishiga ijobiy ta`sir etadi. Tekshirishlardan ma`lumki, to`liq oilada tarbiyalangan bola odatda oila va oila a`zolari to`g`risida kamroq tashvishlanadi, o`z oilasi to`g`risida hotirjamlik hissi mavjud bo`ladi. Oilaning ajralishi tufayli sodir bo`ladigan to`xtovsiz oilaviy nizolar va son-sanoqsiz mojarolar oilaviy muammolarning tez-tez muhokama qilinishi bolaning osoyishtaligi, hotirjamligini, tinchini, huzur-halovatini yo`qotadi, o`ziga nisbatan ishonchsizlikning ortishiga sabab bo`ladi. Kuzatishlar natijasida bola qanchalik kichik yoshda bo`lsa oila va uning oqibatlarini, ajralishini tasavvur qila olmaydi degan tushuncha noto`g`ri ekanligi ma`lum bo`ldi. Bolalar qanday yoshda bo`lishlaridan qat`iy nazar oilaviy nizo va ajralishdan qattiq iztirob chekadilar, ruhiy tushkun, odamovi bo`lib qolishadi. Sababsiz oilaviy mojarolar bolaning tasavvurida xotirasida yoqimsiz iz qoldiradi, bu esa uning ruhiy jihatdan normal rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada bunday oila bolalarida qo`rquv hissi, hadiksirash hissi uyg`onadi va hatto bolalarning nutqlarida nuqsonlar paydo bo`la boshlaydi, duduqlanib, ishonchsizlik bilan gapiradigan bo`lib qoladilar.
Odatda turli sabablarga ko’ra yolg’izlanib qolgan notoliq oila a'zolari jamiyatdan ancha ayri yashashga, yolgizlikka maxkum bo’ladi,bunday oilalar moliyaviy inqirozlarga ham uchraydi. Ayrim shundayoila farzandlari juda yoshlikdan ota qilishi lozim bo’lgan yumushlarning bir qismini o’z yelkasiga olishga majbur buladi.Tengqurlari orasida odamovi, gapga xam, ayrim ishlarga xam nunoq bo’lgani uchun uning do’stlari kam bo’ladi. Asosiy muloqot ob'ekta ona bulib, u xam ko’pincha turmush tashvishlari bilan bolasiga yetarli e'tibor berolmaydi. Ayniqsa, o’smirlik va ilk uspirinlik yoshidagi bolalar ota-onaning ayriligini juda kungillariga yaqin oladi, asabiylashadigan, salga janjal ko’taradigan, onasi bilan xam, boshqa yaqinlari bilan xam kelisholmaydigan, agressiv bo’lib qoladi.
Izlanishlar shuni ko`rsatmoqdaki, noto`liq oilaning tarbiyaviy ta`siri ijobiy natija berishiga nisbatan ko`proq salbiy ta`sir etmoqda. Chunki, bugungi noto`liq oila boshlig`ining ruhiyati bundan 20 yil oldingi noto`liq oila boshlig`ining ruhiy xususiyatidan tubdan farq qiladi. Onaning iqtisodiy jihatdan ta`minlangani ayrim hollarda uning ma`naviy qiyofasini o`zgartirib yubormoqda, natijada bunday ona tarbiyasidagi bolaning rivojlanishi notekis bo`lib, yoshligidagi xulq-atvori maktab yoshiga yetganda keskin o`zgarmoqda. Onasini mensimaydigan, unga ishonmaydigan, o`zini onadan ustun tutadigan bo`lib qolishi va tarbiyaviy ta`sir etib bo`lmaydigan holat vujudga kelib, bola tez orada tarbiyadan chetda qolmoqda.
Ko`pincha onaning tarbiyasida qolgan bolaning hayotiy tajribasi bir tomonlama, tor bo`ladi: hayoti davomida hosil bo`lgan har qanday yangi vaziyatda bola o`zining o`rnini, o`zini qanday tutish zarurligini mustaqil belgilashda, qarama-qarshiliklarni yengishda boshqa bolalarga nisbatan o`quvsiz ekanligi sezila boshlaydi va uning o`ziga bo`lgan ishonchi kamayadi. Onaning chegarasiz erkalashlari, ortiqcha mehribonchiligi, bolaga har doim kichkina, ko`ngli yarim deb qarashi bolada mustaqillikning rivojlanishini kechiktiradi, unga o`z kuchiga ishonmaslik, har doim onasiga suyanib ish ko`rish odati shakllanadi. Bolaning ijtimoiy tushunchasi to`liq oiladagi bolaning tushunchasidan birmuncha tor bo`ladi, chunki onaning oilada ham ona, ham ota vazifasini bajarishi uning ijtimoiy tasavvurlarini kengaytirmaydi. Noto`liq oilada tarbiyalangan bolalarga ijtimoiy hayot to`g`risidagi tushunchalarning torligi o`g`il bolalarga nisbatan qiz bolalarda yaqqol seziladi, chunki o`g`il bolalarning sport o`yinlariga, texnikaga bo`lgan qiziqishlari o`yin, mehnat faoliyatlarida o`zaro munosabatda bo`lishlari ularda ijtimoiy tushunchalarning ma`lum darajada o`sishini ta`minlaydi. Qiz bolada esa aksinchadir, chunki ular hayotining asosiy qismini onasi va qiz bolalar o`rtasida muloqotlarda o`tkazadi, bu hol uning kelgusi hayot yo`lini belgilashida ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ba`zan noto`liq oilada tarbiyalanayotgan bolaning xulq-atvorida aqliy rivojlanishida orqada qolish sodir bo`ladi. Maktabda esa o`zlashtirishida va orqada qolishning sababi oilada ona tomonidan qulay psixologik muhitning yaratilmaganligi onaning shaxsiy masalalarini hal etish bilan bandligi yoki bolaga nisbatan beparvoligi hisoblanadi. Bunday hollarda bolaning rivojlanishi va tarbiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining alohida diqqat e`tiborida turishi va unga yordam berishlari zarur. Tarbiyachi pedagoglar esa noto`liq oiladan keladigan bolalarni o`rganishi ularni tarbiyalashi, sabr toqatli bo`lishi va bolaga shaxsiy yondashishi zarur.

Xulosa.

Noto'liq oilalar sonini ortib borishi va ulardagi bolalarni otasiz o'sishi nafaqatO'zbekistonda, balki barcha taraqqiy etgan va rivojlanayotgan davlatlarda o'z ifodasini topadigan katta ijtimoiy-iqtisodiy,ijtimoiy-psixologik va pedagogik muammodir.


Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.
Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo‘ladigan munosabatlari sof, samimiy, eming xotiniga, xotinning eriga nisbatan o‘zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunda u oilada musaffo ma’naviy muhit va hamjihatlik vujudga keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi, ularning bir-biriga mehribonligi, farzandlariga bir xil muomalada bo'lishi, har ikki tomonning qarindosh-urug‘lariga bir xilda mehr-oqibat, hurmat bilan qarashi, bir so'zligi, haqiqatni gapirish kabi ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi, shuningdek, sogMom hayot kechirishi, chekish, yolg‘onchilik, maishiy buzuqliq, dimog‘- dorlik, manmanlik va boshqa shu kabi illatlardan holi bo'lishi oilaviy munosabatlar madaniyatining sofligini ta’minlovchi xususiyatlardir. Bunday ijobiy xususiyatlarga ega boiish, serfarzand oilalarda ham, yoki faqat er va xotin yashaydigan oilalarda ham og’ir kechadi. Chunki er-xotin turli sharoitda, muhitda tarbiyalangan, ularning qarashlari, ma’lumoti, yoshi, ma’naviy saviyasi va boshqalarda nomuvofiqlik mavjud boMishi mumkin. Er-xotinning bir-biriga ko‘nikishi, o'zaro hurmati, do'stona munosabatiarining shakllanishi uchun ular orasidagi sevgi dastlabki manba boMsa, axloqiy qadriyatlaming gultoji boMgan ibo, hayo, xushmuomalalik, mehnatsevarlik, sarishtalik, ozodalik, pazandalik, g‘amxo‘rlik, mehr-shafqat kabi azaliy odatlarimiz oilani mustahkamlashda ikkinchi manba boladi. Institut jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy onglilik darajasini yuksaltirish bilan birga, ayollarga taalluqli ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, shu orqali ayollarning iqtisodiy. siyosiy, maishiy, madaniy, ta’limiy va boshqa sohalardagi ahvolini tadqiq qiladi. Bugungi kunda 0‘zbekistonda xotin-qizlaring ijtimoiy ishlab chiqarish, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat, savdo, maishiy xizmat kokrsatish sohalaridagi salmog‘i 80—90 foizga yetgan. Bu borada «Tadbirkor ayollar uyushmasi» ham katta faoliyat ko‘rsatmoqda.


Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə