Innovatsion yechimlarni yechish va ijodiy muammolarni hal qilish ko`nikmalariga o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish mashg`uloti mundarija kirish I bob. Savod o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish darslari



Yüklə 80,03 Kb.
səhifə1/11
tarix11.12.2023
ölçüsü80,03 Kb.
#145005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Innovatsion yechimlarni yechish va ijodiy muammolarni hal qilish ko`nikmalariga o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish mashg`uloti


Innovatsion yechimlarni yechish va ijodiy muammolarni hal qilish ko`nikmalariga o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish mashg`uloti
MUNDARIJA
Kirish
I BOB. Savod o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish darslari
1.1. Savod o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish darslari mazmuni
1.2. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish metodikasi
II BOB. Savod o`rgatish davri o`quvchilar bilan lug‘at ustida ishlash
2.1. Savod o`rgatish davri sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilar savodxonligini oshirishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlardan foydalanish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”1.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomil­lashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezi­dentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texno­logi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yosh­larni rivojlantirishga qara­tilgan ma­sa­lalar muho­kama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.
5 ta tashabbusning to‘rtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha bo’lib bundan ko'zlangan asosiy maqsad – yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o'stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularda e'tiqod, Vatan tuyg'usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo'nalishlaridandir.
Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm-ma'rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni o'zlashtirib unga o'z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o'zlashtirishi lozim. Ularni o'zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg'or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni o'zlashtirish ta'lim tizimining poydevori bo'lgan boshlang'ich ta'limdan boshlanadi.
Ta'lim berishda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o'quvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining tanlagan dars usuliga bog'liq. Ana shu nuqtai nazaridan biz tanlagan kurs ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir.

Yüklə 80,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə