Umumiy psixologiya



Yüklə 71,56 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü71,56 Kb.
#142098
  1   2   3   4
Prezident maktablari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI

“Umumiy psixologiya” fanidan


MUSTAQIL ISH
Mavzu: Tafakkur.
Guruh: PPS 23-5

Bajardi: Akramova Ziroatxon


Qabul qildi: Gazibekova G.


Angren- 2023
Mavzu: Prezident maktablari
Reja:

  1. Prezident Maktabi

  2. Prezident maktablari Ijod maktablariga qabul 2023 hujjatlar qabuli e’lon qilindi.

  3. Prezident maktablari dasturi O‘zbekistondagi barcha maktablarda joriy etiladi.

  4. Prezident maktablari haqida muhim 12 ta fakt!

Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.


Prezident Maktabi


Prezident maktabi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan. 2019-yilda Prezident maktab-internatlarini Toshkent, Xiva, Nukus va Namanganda ochildi.
14 ta Prezident maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4199-qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil qilinadi.

Nega Prezident Maktabi?


Prezident maktablarida bepul umumiy oʻrta taʼlim beriladi. Prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitish tizimini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash kafolatlarini ta’minlashdan iborat.

Asosiy vazifalarimiz


  1. iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;

  2. tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

  3. oʻquvchilarni oʻqitish va ular bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani respublika xalq taʼlimi tizimiga tatbiq etish;

  4. oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda yetakchilik koʻnikmalari va notiqlik sanʼatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha malakasini oshirish;

  5. oʻquvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash;

  6. oʻquvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini, hayotga qatʼiy ishonch va qarashlarni shakllantirish;

  7. oʻquv dasturlarining uzluksizligini taʼminlash masalalarida xuddi shu yoʻnalishdagi milliy va xorijiy umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning ilgʻor xorijiy oliy oʻquv yurtlarida va ularning respublikamizdagi filiallarida oʻqishini davom ettirish.




Yüklə 71,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə