Umumiy psixologiya


Prezident maktablari haqida muhim 12 ta fakt!



Yüklə 71,56 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü71,56 Kb.
#142098
1   2   3   4
Prezident maktablari

Prezident maktablari haqida muhim 12 ta fakt!
#1. Sinf o’quvchilari soni. Prezident maktabida bir sinf xonada bor yo’g’i 12 ta o’quvchi o’qiydi. Yillik qabul kvota esa 24 ta o’quvchidan iborat.
#2. Maktabda o’qish narxi va maqsad. Prezident maktabi mutlaqo bepul! Uni tashkil etishdan asosiy maqsad ilg’or texnologiyalardan foydalangan holatda o’qitish orqali iste’dodli bolalarni aniqlab, ularni qo’llab-quvvatlab va rag’batlantirish. To’g’rirog’i ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashdir.
#3. Chuqurlashtirilgan fanlar. Maktabda tabiiy va aniq fanlarni chuqur o’rgatib, xorijiy tillar, muxandislik va axborot texnologiyalarni o’zlashtirishni tashkil qilish va o’quvchilarning innovatsion g’oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
#4. Maktab jadvali. Prezident maktabi o’z mashg’ulotlar jadvalini ishlab chiqa oladi va uni tasdiqlay oladi.
#5. Kirish imtihonlari. Prezident maktabiga kirish imtihoni savollari qalamda to’ldiriladi.
#6. Kirish imtihonlari 1. Kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 20 ta topshiriqdan iborat test berilib, unga 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
#7. Kirish imtihonlari 2. Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichida har bir o’ringa 20 kishi hisobida maksimal nomzodlar soniga ruxsat etiladi. Ikkinchi bosqichda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo’yicha 16 ta masala, mantiqiy matematika fanidan 20 ta masala, ingliz tilidan 40 ta test savollari beriladi.
#8. Steam. Prezident maktablarida “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi.
#9. Fanlar qanday o’qitiladi?. Prezident maktabining 9-11-sinflarida o‘qitish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni o‘rganish darajasini tanlab olish orqali o‘quv jarayonini individuallashtirishni ko‘zda tutadi.
#10. Vazirlik. Prezident maktablari bevosita XTV (Xalq Ta’limi Vazirligi) ga bo’ysunadi.
#11. Ishga kirish. Prezident maktabiga ishga kirish uchun job.piima.uz saytidan foydalanasiz. Ishga tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi. 1-bosqichda vebsaytga ariza va xujjatlarni taqdim etasiz, 2-bosqichda 40 savoldan iborat test sinovlarini topshirasiz va 3-bosqichda suhbatdan o’tasiz.
#12. Imtihon topshirish fanlari. Prezident maktabiga imtihon topshirish uchun o’quvchilar quyidagi fanlardan yillik a’lo baholarni olgan bo’lishlari lozim: 4-sinf uchun matematika va tabiatshunoslik. 5-sinf uchun matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari. 6-sinf uchun matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika. 7-sinf uchun algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika va kimyo. 8-sinf uchun algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika va kimyo. 9-sinf uchun algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo. 
Xulosa.
Prezident maktablariga 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Prezident maktablariga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
talabgorning:

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;

  • fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);

  • ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

  • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

  • Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a’lo) bo‘lishi lozim.

2023-2024 o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.


Foydalangan adabiyotlar.
www.google.com
https://www.gazeta.uz/oz/2023/08/29/school-textbooks/
https://tavsiyalar.uz/prezident-maktablari-ijod-maktablariga-qabul-2023-hujjatlar-qabuli/
https://presidentialschoolintashkent.netlify.app/about.html
https://ginnes.uz/uz/articles/faktlar/prezident-maktablari-haqida-muhim-12-ta-fakt
https://kun.uz/news/2023/05/31/prezident-maktablari-yangi-oquv-yili-uchun-qabul-elon-qildi
Yüklə 71,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə