Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Tabiatni falsafiy tushunishning axamiyati va ekologik tarbiya



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə43/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

46) Tabiatni falsafiy tushunishning axamiyati va ekologik tarbiya.
Insonning tabiat bilan aloqasi inson yerda paydo bo‘lgan vaqtlardanoq yuzaga kelgan bo‘lib, bu zaruriy obyektiv aloqadorlik o‘z ahamiyatini bundan keyin ham hech qachon yo‘qotmaydi. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik jamiyatning tabiatga, tabiatning esa jamiyatga ta’siri kishilar ongi va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv qonuniyatdir. Jamiyat bilan tabiatning obyektiv aloqadorligi tabiiy sharoitlarning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri jahondagi ayrim bir xalqlar va mamlakatlarga taalluqligina bo‘lib qolmay, balki butun insoniyat uchun barcha jamiyatlar va mamlakatlar uchun bir xilda umumiydir. Tabiiy muhit insonning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyatining doimiy va abadiy zaruriy shartidir.
Tabiat va jamiyat o‘zaro munosabat sohalari bular – biosfera, noosfera. Yerning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik organizmlarning hayot kechirish muhitidir. Agar Yer shari quyoshga yaqinroq joylashganida, yer yuzasidagi harorat ko‘tarilib ketgan bo‘lar edi va oqibatda yerdagi namlik, suv yo‘qolar edi. Agar u quyoshdan uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi. Buning oqibatida yer yuzasida hayot paydo bo‘lmas edi.
Inson aql-idrokining olamga ta’sir ko‘rsatish chegarasi noosfera deb ataladi. Inson o‘zligini anglamas ekan, uning sayyoramizga halokatli ta’siri kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning o‘zini ham halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashoratlar bor. haqiqatan ham inson faoliyati aql-idrok bilan oqilona boshqarilmas ekan, u yer yuzining halokatini tezlashtirishi muqarrardir.
Ekologiya – jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan. Tabiatni asrash, ekologiyani yaxshilash maqsadida 2008-yil 2- avgustda mamlakatimiz ekolog olimlari, shu yo‘nalishda ish olib borayotgan tashkilotlar va faol jamoatchilikning tashabbusi asosida «O‘zbekiston ekologik harakati» tuzilgan. Ekoharakat – O‘zbekiston fuqarolarining bugungi va kelajak avlodi qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish, sog‘liqni saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish va ularga so‘zsiz rioya etilishiga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda bevosita faol ishtirok etishga hamda bu borada jamiyatning barcha sa’y- harakatlarini safarbar qilishga intiluvchi mamlakat fuqarolari va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi ommaviy jamoat harakatidir.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə