|
![](/i/favi32.png) FundamentalFundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)1)
antipsikotik ta’sir
.
Shizofreniya va boshqa psixozli holatda bemorlarda xlorpromazin
alaxlash va gallyutsinatsiyalarni yoʻq qiladi. Bu xlorpromazinning miya mezolimbik
qismlarida dofamin D
2
retseptorlarini bloklash qobiliyati bilan bogʻliq.
2)
sedativ va anksiolitik ta’sir
.
Xlorpromazin sezilarli tinchlantiruvchi ta‘sirga ega, ruhiy
bemorlarda hissiy, aqliy va harakat qoʻzgʻalishida ruhiy kasalliklari bor bemorlarda;
tajovuzni, tashvishlarni, qoʻrquvni, agressiyani bartaraf qiladi, hissiy befarqlik holatiga olib
keladi. Sedativ ta‘sir tufayli xlorpromazin narkozda qoʻllaniladigan, uxlatuvchi vositalar,
narkotik analgetiklar ta‘sirini kuchaytiradi. Xlorpromazinning sedativ ta‘siri Markaziy asab
tizimida gistamin H
1
retseptorlari blokadasi bilan bogʻliq.
Dostları ilə paylaş: |
|
|