Xlorpromazinning nojoʻya ta’siri:
• ekstrapiramidal kasalliklar (
dori parkinsonizmi
): neostriatum D
2
retseptorlari blokadasi
bilan bogʻliq.
• oʻtkir distoniya (diskineziya) - mushaklarning spastik qisqarishi va til, yuz, boʻyinning
noodatiy harakati.
• akatiziya-vosita tashvishlari;
• tardiv (kechiktirilgan) diskineziya – yuz, lablar, tananing. oyoqlarning (davolashnishdan
keyingi yillarda) majburiy xoreyasimon harakati; tardiv diskineziya striatum D
2
retseptorlar
sezuvchanligini ortishi bilan bogʻliq;
• neyroleptik yomonsifatli sindrom – skelet mushaklarining tonusini oshishi, gipertermiya,
qon bosimining oʻzgarishi, taxikardiya, es-hushning chalkashliklari.
• boshqa nojoʻya ta‘siri: apatiya, aemotsiyalik, uyquchanlik, dezorientatsiya, akkomodatsiya
buzilishi, ogʻiz qurishi, siydik tutilishi, konstipatsiya, qon bosimining pasayishi, bosh
aylanishi, ortostatik gipotenziya, jigar funktsiyasi buzilishi, galaktoreya, amenoreya,
impotensiya, teri fotosensibizatsiyasi, kontakt dermatit, tana vaznining oshishi;
qon tizimining oʻzgarishlari mumkin: leykopeniya, anemiya, trombotsitopeniya.
Trifluoperazin
(triftazin) xlorpromazindan katta antipsixotik faollik, kamroq sedativ ta‘sir
yuzaga keltirishi bilan farq qiladi; yanada sezilarli dori parkinsonizmini keltirib chiqaradi.
Tioridazin
(sonapaks) xlorpromazinga nisbatan antipsixotik va sedativ sifatida kamroq
faoldir; kamroq darajada ekstrapiramidal oʻzgarishlarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |