G. Q. Abdurahmanova



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə3/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Z.Usubjonov: Assalomu alaykum seminar raisi va ishtirokchilari! Ruxsatingiz bilan bugungi “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining ilmiy natijalarini muhokama qilish uchun e’tiboringizga havola etmoqchiman.
Jahondagi globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va sotish salohiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatib, ularning bozorlari zamonaviy marketing konsepsiyalari asosida rivojlanmoqda. Hozirgi kunda, jahonda eng muhim o’ntalikka kiritilgan ijtimoiy muammolardan biri, bu aholining uy joy bilan ta’minlanishi hisoblanadi. Mamlakatimizda aholining uy-joy bilan ta’minlanishi har bir nafar kishiga 16.6 kv.m bo’lib, mazkur ko’rsatkich : Germaniyada - 39 kv.m, Rossiyada 25.8 kv.m, Polshada 25 kv.m, Turkiyada 17 kv.m va AQShda - 70 kv.m” ga, to’g’ri kelmoqda.
Jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat muhitiga moslashish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni, sotish va xizmat ko’rsatish jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar keng qamrovli olib borilmoqda, natijada qurilish materiallari sanoati raqamlashmoqda, savdo va xizmatlar elektron tizimi yaratilmoqda. Sohaga sun’iy intellekt tizimini yaratish va joriy etish muammolari tadqiq etilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirish bo’yicha ko’plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2019 yil 23 maydagi №PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» qaror, 2021 yil 9-iyulda PF-6244 sonli «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar» to’g’risida farmon, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» gi farmonida mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko’paytirish va 5 mlrd AQSh dollarlik loyihalarini amalga oshirish orqali qurilish materiallari sohasini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish vazifalari belgilandi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə