G. Q. Abdurahmanova


Ikkinchi ilmiy yangilik -



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə5/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Ikkinchi ilmiy yangilik - qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdosi va qurilish xizmatlari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, yagona innovatsion - texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi «NAMANGAN QURILISH MATERIALLARI VA XIZMATLARI» klasteri modeli ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatida «NAMANGAN QURILISH MATERIALLRI VA XIZMATLARI” klasterini shakllantirish va ish faoliyatini tashkil etish o’ta zarurligi asoslangan.
Viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish holatini tahlil qilish orqali mavjud korxonalar ishlab chiqarish quvvatlaridan to’la foydalanmayotganligini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, pishgan g’isht ishlab chiqarish bo’yicha korxonalar o’z imkoniyatining 44 foizidan , lak bo’yoq mahsulotlari bo’yicha 53 foiz, quruq qurilish aralashmasi ishlab chiqarish 72 foiz, keramik plitka 86 foiz ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanmoqda. Hozirgi kunda viloyatda 25 dan ziyod asosiy turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.
Namangan qurilish materiallari sanoatini «klaster» strategiyasi asosida rivojlantirish uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Birinchidan, Namangan viloyati o’zining joylashuvi, geologik imkoniyatlari jihatidan qurilish materiallarini sanoatini rivojlantirish uchun juda qulay hudud hisoblanadi. Sababi bu yerda mineral xom ashyo resurslari mavjud. Viloyatda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturi asosida amalga oshirilishi rejalashtiriliyotgan loyixalarning ko’pchiligi sement, qurilish oynasi , pardozbop toshlar, quruq qurilish materiallari ishlab chiqarishga asoslangan chunki ularni xom ashyosining katta zaxiralari mavjud. Namangan viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra viloyatdagi mavjud konlarda 2,5 mln tn oyna xom ashyosi, 56,9 mln tn sement ashyosi, 5,8 mln m3 pardozbop toshlar, 9,8 mln tn oxaktosh va 8,4 mln tn qurilish toshlari kabi ko’plab konlarda qurilish materiallari zaxiralar mavjud.
Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar» to’g’risidagi PF-6244 sonli farmoniga muvofiq Respublikada 24 ta tumanlarni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish belgilandi. Unga ko’ra Namangan viloyatining Uychi, Uchqo’rg’on, Chust tumanlari pardozbop g’isht ishlab chiqarishga va Pop tumani tabiiy toshni qayta ishlash, pardozbop plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi belgilangan.Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy sanoatni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha bir qator vazifalar yuklatilgan:
-«qo’shimcha qiymat zanjirlari»ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;
-zamonaviy tendensiyalarni xisobga olgan xolda mahalliy sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, trening dasturlaridan keng foydalanish va boshqalar.
Uchinchidan, mahalliy va jahon bozorlaridagi raqobat kurashida qatnashish va o’z o’rnini egallashga intilayotgan firmalar va korxonalar juda ko’p, xali tayyorgarlik jarayonidagi bozor subyektlari bor. Bularning tashabbusini qo’llab-quvvatlash bo’yicha mamlakatda yaratilayotgan ijobiy biznes muhiti – soliq imtiyozlari,sohani rivojlantirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirilishi muammo yechimini bir tomoni. Asosiy masala esa, ichki va tashqi bozorlardagi raqobat muhitiga faqatgina marketing tadqiqotlarini oldindan o’tkazish, talab, taklif va baho o’zgarishlarini o’z vaqtida anglab borish, tovarlar reklamasini tashkil qila bilish va sotish usullarini tanlash kabi bosh masalalar mavjud. Hozirda ishlab turgan korxonalar mustaqilligiga xalaqit bermagan holda ularga ilmiy – uslubiy va boshqa xizmatlar ko’rsatish lozim.
To’rtinchidan, sobiq Namangan muhandislik-pedagogika instituti «muhandislik-qurilish» institutiga aylantirilib, butun faoliyati qurilish va qurilish materiallari korxonalari uchun qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, arxitekturaviy va dasturiy loyihalash, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, bino-inshootlar qurilishi, transport logistikasi va xizmatlar sohasi, informatika va axborot texnologiyasi, shaharsozlik va kommunal infratuzulmani boshqarish, metrologiya va standartlashtirish, iqtisodiyot, menejment kabi sohalarda kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirildi. Ammo mazkur ilmiy salohiyatdan samarali foydalanishning asosiy yo’nalishi ishlab chiqarish bilan uzviy bog’lanishdir. Ishlab chiqarishni institutning o’quv va ilmiy jarayonlariga bog’lash raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni va tovarlar ishlab chiqarishni kafolatlaydi hamda sanoatni innovatsion yo’l bilan rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Namanganda «klaster» strategiyasiga asoslangan qurilish ishlari, qurilish materiallari sanoatini fundamental rivojlantirish, zamonaviy savdosini tashkil etish va chet el investorlarini yanada ko’proq jalb etishga imkoniyatlar yaratadi.
Klaster shakllanishi natijasida viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun: «Namangan qurilish materiallari va xizmatlari» klasterini shakllantirish natijasida, korxonalar faoliyati mahalliy va jahon qurilish materiallari bozoridagi konyunktura o’zgarishlariga muvofiqlashtirib boriladi,viloyatdagi Oliy Ta’lim Muassasalari uchun ijobiy natijalar beradi.
Namangan viloyatida «Qurilish materiallari va xizmatlari klasteri»ni tashkil etish omillari Respublika ko’rsatkichlariga nisbatan yuqoriligi aniqlandi. Viloyatda qurilish materiallari va xizmatlari sohasiga ixtisoslashuv darajasining yuqoriligini mamlakat va Namangan viloyati bo’yicha «Integral lokalizatsiya ko’rsatkichlari» asosida hisoblangan koeffitsientlarning grafikdagi tahlili ham ushbu xulosani tasdiqlaydi.
Namangan qurilish materiallari va xizmatlari klasterini tashkil etishning uslubiy asosi, klasterni tashkil etish bosqichlari va viloyatda hududiy klasterni aniqlash hamda rivojlantirishni tashkil etish imkoniyatlari yoritilgan.
Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, qurilish ishlari amalga oshiruvchi hamda savdo korxonalari faoliyatiga ijobiy tas’ir ko’rsatishga erishilgan.Namangan qurilish materiallari sanoatini klaster strategiyasi asosida rivojlantirish imkoniyati yaratildi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə