Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Inklyuziv ta’lim jarayonida faoliyat ko’rsatuvchi ijtimoiy pedagogning vazifalari va maqsadi



Yüklə 329,17 Kb.
səhifə38/78
tarix10.10.2023
ölçüsü329,17 Kb.
#126620
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-fayllar.org

89. Inklyuziv ta’lim jarayonida faoliyat ko’rsatuvchi ijtimoiy pedagogning vazifalari va maqsadi
Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab– quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak. «Inklyuziv ta’lim” o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal etadi: - inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish; -inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish; -inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish; -inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish; -inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish; ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat.
90. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabga tayyorlashda ota- onalar hamkorligi
Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas. Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim.

Yüklə 329,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə