Iqtisodiy ta'limotlar


Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

21.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik 
konsepsiyasi. Savdo-sotiqning marjinalistik nazariyalari 
 
Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo`lsa, 
ularning tabiiy iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ularning aholisi
xo`jalik faoliyati, turmush tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an'anaviy sharoit 
taqozosi tufayli har bir mamlakatda o`ziga xos xo`jalik faoliyati, mahsulot 
turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi tanish bo`lgan kartoshka, 
makkajo`xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan keyin bizga olib 
kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yo`l bilan o`zaro bog`lanish, savdo-
sotiq, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo 
munosabatlari bu borada yetakchi o`rinni egallaydi va iqtisodiy 
ta'limotlarda ham bu sohada muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy 
integratsiya dastlab savdo sohasida keng tus olgan. 
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy 
davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limotlar 
ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o`z 
aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, 
D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular bilan 
tanishganmiz.) J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar 
bu sohada barakali ijod qildilar. 
A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga 
ko`ra, eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport 
qilish samaralidi va aksincha. 
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo`lib 
mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit 
fikri), balki xalqaro ko`lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab 
berdi.Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir 
davlat o`ziga kerakli barcha narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, 
ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to`g`ri, degan savol tug`iladi. Unga 
javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma'lum bir mahsulotlarni ish-


363 
lab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo`ladi. 
Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab chiqarish sa-
maraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo`lgan sohani 
rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'analar, tarixiy tajri-
ba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga 
olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho`chqachilikni rivojlan-
tirish haqida so`z ham bo`lishi mumkin emas va boshqalar. 
Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlar uchun 
tegishlidir va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammo-
si hal etilganda hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki 
bu soha "mustaqilligi" uchun kurash e'lon qilinganda bu omil albatta 
yaxshi o`rganib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti 
yuqori boblarda to`la berilgan). 
Neoklassik, ya'ni "sof" iqtisodiyotni targ`ib etuvchilar xalqaro 
mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o`zgarishi sabablarini 
aniqlashni bosh vazifa qilib qo`yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul 
mexanizmi yo`lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi ne-
okeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida 
e'tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmi-
lal qiymat, baholar nisbati deyarli e'tiborga olinmaydi. 
"Sof" ta'limot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida "mukammal 
raqobat" mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoni-
yatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o`zini-
o`zi tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari nisbatini 
tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda "savdo sharoitlari" industrial 
davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o`zgarmoqda, deb 
o`ylamoqdalar va buni yer unumdorligining pasayib borishi degan qonun 
bilan bog`lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari 
o`sishini hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar 
xom ashyo yo`nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozitsiyalari 
yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning ne-
okeynschilik ta'limoti vakillarining fikricha, har bir mamlakat ichki bozor-
da ko`proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bi-
lan bandlikning to`la emasligi tufayli ko`proq eksport qilishga va kamroq 
import qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o`zini-o`zi tartibga 
soluvchi jarayon bo`la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish 
bilan rag`batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan 
cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish. 


364 
Keyingi 
davrda 
vujudga 
kelgan 
iqtisodiy 
ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson 
tomonidan yaratilgan "ishlab chiqarish omillarining 
xalqaro taqsimoti" nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. 
Ularning fikricha, har mamlakat iqtisodiyoti ishlab 
chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi bilan, 
demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, 
foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda 
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko`p) bo`lsa, uning narxi 
kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l bo`lgan mamla-
katda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi. Har bir 
mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga 
ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyorlangan to-
varlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga 
olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tar-
moqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz 
kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va 
xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon 
savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real 
shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka 
egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham 
uyg`un deb bo`lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar 
o`rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo`lishi amri mahol. Lekin ke-
lajakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin. 
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti 
konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani 
"tovar hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqti-
sodiyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. 
Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil 
etadi. Sanoatda paydo bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi 
mahsulot kirish, eksponent o`sish, sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki, 
bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish ja-
rayoniga to`g`ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish 
fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-
texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig`ini sinovchi 
sharoitning mavjudligiga bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun indus-
trial bazaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda 
ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida 
mahsulot ishlab chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So`nggi 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə