Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

B.Olin
 


367 
ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi. Masalan, 
amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday mod-
elda 20 dan ortiq o`zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matemat-
ik apparat ustun bo`lib, u nazariy asosning bo`shligini kompensatsiyalaydi. 
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilar-
ga asoslanadilar va uni jamg`armalar va investitsiyalar orasidagi farq sifat-
ida e'lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez o`suvchi 
kapital miqdori o`rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi, 
deb tushuntiriladi. 
Kapital o`sishi to`lov balansi saldosi musbat bo`lganda investitsion 
daromadlar investitsion to`lovlardan ortiq hollarda ro`y beradi. Daromadi 
to`lovlardan yuqori bo`lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan, 
aksincha, to`lovlari daromaddan ustun bo`lganlar esa kapitalni sof import 
qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat 
resurslaridan ancha kam bo`ladi. Bunda chet el investitsiyalari bilan sof 
kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o`rtasidagi o`zaro bog`lanish 
ta'kidlanadi. 
Bevosita investitsiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab chi-
qilgan bo`lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini 
aniqlash masalalari asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish 
asosan yirik korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mam-
lakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy pozitsiyalari bilan raqobatga 
duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab 
chiqarishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan 
bog`liq. E.X.Chemberlin monopolistik konkurensiya nazariyasini ishlab 
chiqdi, unga ko`ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital 
konsentratsiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning 
shaxsiy talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir. 
Bevosita investitsiyalarni amalga oshiruvchi korporatsiyalar xuddi 
ana shunday monopolistik ustunliklarga ega bo`lishlari kerak. S. Xaymer - 
Ch. Kindlebergerlarning "oligopolik strukturalar" (monopolistik ustun-
liklar) modelida bu jarayon korporatsiya investorda "differensiyalashgan 
mahsulot", maxsus bozor bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali 
menejment mavjudligi tufayli ro`y berar ekan. 
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy 
va transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoli-
yatini aks ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro mo-
nopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporatsi-
ya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti mevala-


368 
rini targ`ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu monopoliyalar misolida iqti-
sodiy aloqalar har qanday siyosat va mafkuradan xoli degan fikr ilgari suri-
ladi, ya'ni u yoki bu korporatsiya ko`p mamlakatlarda ishlab chiqarish va 
kommersiya operatsiyalarini olib borayotgan bo`lsa, "sof xalqaro" korxon-
aga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi. 
G.Jonson, Ch.Kindleberger va boshqalar xalqaro monopoliyalarning ilmiy-
texnika yangiliklarini targ`ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga 
keng o`rin berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu trans-
milliy korxonalarning roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika so-
hasida, investitsiyalar qo`yish bo`yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi. 
Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo`lgan nazariyalar ham 
mavjud (R.Barnet -AQSH, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro 
konsernlar davlat iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq 
solish, kredit va investitsion siyosat, valutani tartibga solish va boshqalarn-
ing samarasiz bo`lib qolishiga olib keladi. Bu korporatsiyalar o`zlari ish 
yuritayotgan davlatlarda bu mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy 
tazyiq o`tkazish uchun bir qancha usullardan foydalanishlari mumkin. 
Ayniqsa bu holat iqtisodiy jihatdan qoloq rivojlanayotgan mamlakatlarda 
salbiy oqibatlarga sabab bo`lishi mumkinligi aytiladi. Shu sababli ular 
xalqaro korporatsiyalar faoliyatini shunday qayta ishlab chiqishni taklif 
etadilarki, ularning harakatidagi "salbiy tomonlar"ning yo`qotilishi va 
jahon bozorini bo`lib olish "qoidalari"ni reglamentatsiyalash kerak. 
Integratsion jarayon bo`yicha yagona alohida ta'limot yo`q, ammo 
integratsiyani 
isbotlash, 
qo`llab-quvvatlash 
borasida 
bir 
qancha 
yo`nalishlarning ba'zi bir umumiy tomonlari mavjud, ular quyidagilardir: 
kapitalistik iqtisodiy integratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxta-
lashtiriladi; bu jarayon umumiy qonuniyat sifatida qaraladi va XVIII-XIX 
asrlarda vujudga kela boshlagan ichki bozor bilan bir narsa deb qaraladi, 
Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa 
davlatlar bilan olib boriladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik 
kapitalning kapitalistik integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi 
roli bo`yab ko`rsatiladi. 
Odatda iqtisodiy integratsiya to`g`risidagi nazariyalarda inte-
gratsiyaga a'zo mamlakatlar o`rtasidagi barcha to`siqlar va ayniqsa savdo, 
boshqa iqtisodiy munosabatlarda to`la erkinlik berilishi zarurligi qayd eti-
ladi. Shu bilan birga bozorning ko`lami va iqtisodiyotning o`sish sur'atlari 
o`rtasida funksional (ya'ni bevosita) bog`lanish bor degan g`oya ham ilgari 
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozorning 


369 
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni 
aksincha emas). 
Iqtisodiy integratsiya bo`yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor "bojxona 
ittifoqi"ga berilib, unda o`zaro savdo bo`yicha har qanday cheklashlar 
bekor qilinishi va "uchinchi mamlakatlar" uchun yagona bojxona tarifi 
joriy qilinishi kerak bo`ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash 
(AQSH), V.Rebke (Shveytsariya) va boshqalar bu jarayonni ideal erkin 
bozor munosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr 
voqealarini hozirgi monopolistik davrga ko`chiradilar. Boshqalari esa, ma-
salan Ch.P.Kindleberger (AQSH), P.Striten (Angliya), A.Marshall va 
F.Perru (Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudligini tan oladilar, ularn-
ing fikricha, jahon bozorini o`zaro bo`lib olib, "bojxona ittifoqi" kartellarga 
qarshi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizatsi-
ya qiladi, go`yoki xalqaro integratsiya antimonopol yo`nalishga ega. Ama-
liyotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa ittifoqi)da 
kartellashtirishni taqiqlash to`g`risida qonun bo`lishiga qaramasdan, bu ja-
rayon aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko`ptarmoqli kompaniya-
konsernlar vujudga kelmoqda. 
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarishning 
doimo o`sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo`lmasligi ta'minlanadi; iqti-
sodiyotning doimo o`sishi tufayli aholining turmush darajasi ko`tariladi; 
ishchi va kapitalistlar o`rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli 
mamlakatlar o`rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. 
Demak, iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bo`lgan illatlarni 
kamaytirish vositasi sifatida qaraladi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə