Iqtisodiy ta'limotlar


-jadval  Jahonda mamlakatlarida YAIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996)



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

4-jadval 
Jahonda mamlakatlarida YAIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996) 
AQSH $ 
Mam. soni 
YAMM,mln.$ 
Aholi mln 
kishi 
Jon boshiga 
YAMM,$ 
Past 785 dan kam 
63 
1.596.837 
3.236 
490 
O’rtachadan 
past 
786-3115 
63 
1.962.719 
1.740 
O’rtachadan yuqori 
3116-9635 
31 
2.178.234 
473 
4.600 
Yuqori 9636 dan 
ko’p 
53 
23.771.825 
919 
25.870 
Dunyo bo’yicha 
210 
29.509.614 
5.754 
5.130 
Manba
: Мировая экономика.Экономика зарубежных стран.М., 2000, 
С.35 
Lekin keyingi davrda ilgari qoloq bo`lgan davlatlarning ayrimlari 
olib borilgan to`g`ri iqtisodiy siyosat tufayli rivojlanish, taraqqiyot yo`liga 
kirib oldilar, ularning soni tobora oshib bormoqda. Ularning ayrimlari Lo-
tin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko`pi janubi-sharqiy 
Osiyodadir ("to`rt ajdaho") - Koreya Respublikasi, Tayvan', Syangan va 


373 
Singapur, bular qatoriga Malayziya, Tailand, Vetnam, Indoneziya va 
boshqa mamlakatlar kelib qo`shilmoqda. 
Bu davlatlarga xos bo`lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari 
keng qo`llanilmoqda, sanoat (industriya)ning rivojiga alohida e'tibor beril-
moqda, xorijiy investitsiyalar (qo`shma korxonalar juda ko`p) ko`p ishla-
tilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o`sish sur'atlari yuqori (5-10, hatto 
14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979 yildagi iqtisodiy islohotlar 
tufayli taraqqiyot yo`liga kirdi (ayniqsa ochiq iqtisodiy hududlarda o`sish 
katta). 
Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta'limotlarda ham o`ziga xos 
yo`nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, 
R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, 
uning qoloq mamlakatlarga "taraqqiyot" olib borganligini bo`rttirib 
ko`rsatishga intilmoqdalar. Go`yoki mustamlakalar ilg`or mamlakatlar 
yordamida o`z mustaqilligini ta'minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg`or va 
qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb hisoblaniladi. R.Emerson 
fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo`lidan borishga 
imkoniyat yaratdi. 
Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini ham inkor 
etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar 
"deformatsiya"ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do`stiga aylandi, 
demoqdalar. "Yaxshi kolonializm" iqtisodiy rivojlanishni rag`batlantiradi, 
bu davlatlarning o`z-o`zini boshqarishini ta'minlaydi. 
G’arbda "noiloj rivojlanish", "tashqi turtki" nazariyalari keng tar-
qalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab 
musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og`ir bo`ladi. och-
lik-yalang`ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg`armalar 
paydo bo`lishiga to`siqdir va kapital qo`yilmalar ham past darajada saqla-
nadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o`sishiga yo`l bermaydi va 
kambag`allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). 
Bu og`ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo`li - tashqi "turtki yo`li" 
hisoblanadi. Minimum kapital qo`yilmalarning asosan tashqi investitsiyalar 
hisobiga asta-sekin o`sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo`yilmalar mi-
qdori ma'lum kritik darajadan yuqori bo`lishi kerak, shu bilan turg`unlik 
holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy 
investorlar uchun qulay "iqlim"ni yuzaga keltiradi. G’arbdagi ko`p iqtisod-
chilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o`tkazishni 
ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka (koloniya) qaram mamlakatlari bilan 
metropoliya o`rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo`lmagan, 


374 
noekvivalent almashuv yo`li bilan qo`shimcha boylik orttirish imkoni 
bo`lgan. Ilgari mustamlaka bo`lgan qaram davlatlar mustaqillikka erish-
gandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko`p vaqt davomida ko`p jihat-
dan bog`liq bo`lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta'limotlari yu-
zaga keldi. "Solishtirma chiqimlar" nazariyasining yangi variantlari 
J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har 
tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, rivojla-
nayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo`lganligini hisobga olib, 
oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlariga ixtisoslashish ma'qul, sanoatni 
rivojlantirishga hojat yo`q, chunki an'anaviy eksport tovarlari hisobiga 
xalqaro bozordan kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. Bu fikrga 
qo`shilib bo`lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Ma-
salan, Malayziya xuddi shunday yo`l tutdi, faqat o`z xom ashyosini tayyor 
mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. "Ishlab 
chiqarish omillari" nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga 
esa faqat xom ashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el kapitali uchun keng 
imkoniyatlar yaratish fikri ustundir. 
Ba'zi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarni "industrlashtirish" 
nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va boshqal-
arning fikricha, shaxsiy iste'molni ixtiyoriy qisqartirib, iqtisodiyotni moli-
yalash uchun jamg`armalar yetarli emas, davlat soliq tizimi orqali 
iste'molni majburiy yo`l bilan qisqartirish kerak. Ayrim hollarda "me'yord-
agi inflatsiya"dan foydalanish taklif etiladi. 
Jamg`armalarni tashqi moliyalash manbalari bo`yicha turli fikrlar 
bildiriladi. Ko`pchilik mualliflar ayniqsa o`tish davrida chet el mamla-
katlari (birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar)tomonidan iqtisodiy va 
texnikaviy yordam zaruriy chora sifatida ko`rsatiladi, undan keyin esa bu 
ishlar "xususiy chet el investitsiyalari" bilan almashadi (P.Rouzenshteyn-
Rodan, U.Xiller, G.Meyer). 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarni 
industrlashtirish 
strategiyasi 
bo`yicha ham turli g`oyalar mavjud. Ba'zilar (V.Luis, P.Bauer) faqat qish-
loq xo`jaligi sohasi bilan yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirishni 
taklif etadilar, boshqalar boshida oddiyroq, keyinchalik texnika va 
texnologiyasi murakkab bo`lgan tarmoqlarga o`tishni lozim deb 
hisoblaydilar. qishloq xo`jaligini rivojlantirish industrializatsiyaning hal 
qiluvchi sharti sifatida belgilanadi. Amerika iqtisodchilari X.Leybenshteyn 
va V.Rattenlar qishloq xo`jaligini texnik rekonstruksiyalashni eng muhim 
masala deb qaraydi. Bu davrda sanoat qishloq xo`jaligi uchun kerakli to-
varlarni ishlab chiqarishi kerakligini ta'kidlaydi. Bu fikrlarda jon bor, ma-


375 
salan, "ko`k inqilob"ni amalga oshirgan bir qancha davlatlar eng muhim 
masala - oziq-ovqat muammosini asosan hal qila oldilar. Lekin shunga 
qaramasdan sayyoramizda oziq-ovqat masalasini hal etish eng muhim 
muammodir. 
Yana bir eng dolzarb masala - bu demografiya muammosidir. BMT 
ma'lumotlariga ko`ra, 1945-95 yillar davomida jahonda aholi soni 2.5 mil-
liarddan 5.5 milliardga yetdi (o`sish 3 milliard), yalpi ichki mahsulot 
(milliy daromad) 7 trilliondan 22 trillion AQSH dollariga o`sdi. Lekin 
aholining asosiy qismi eng tez ko`payayotgan joylarda iqtisodiy o`sish 
sust. O`z davrida Sharl Furye Yer sharidagi maksimal aholi soni 5 milli-
arddan oshmasligi kerak, degan g`oyani aytgan edi. XXI asr boshida 6 mil-
liard aholining iqtisodiy ahvolini o`ylash kerak bo`ladi. Shular tufayli naz-
ariya va konsepsiyalar ilgari surilgan. 
Shular ichida davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi roli masalasi mu-
himdir, bu haqda yuqorida fikr yuritilgan edi, ma'lumki, klassik va ne-
oklassik ta'limot tarafdorlari davlatning ishtiro-kini imkoni boricha che-
klashni taklif etsa, Keyns va keynschilar hamda neokeynschilik davlatning 
roli faol bo`lishini targ`ib etadi. Bu holatda ham ana shunday ikki xil qa-
rash xarakterlidir. Masalan, ingliz iqtisodchisi P.Bauer davlat faqat 
norentabel sohalar, masalan transport, aloqa, kommunal xo`jalik, texnik 
kadrlarni tayyorlash va boshqa tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi va ularga 
davlat sektoridan yordam berishi kerak degan g`oyani ilgari suradi. Boshqa 
rentabelli tarmoqlar esa xususiy sektor qo`liga berilishi va u yerda davlat-
ning roli minimal bo`lishi kerak, deyiladi. 
Iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish (plan) xususiy sektorni 
qo`llash, bozor xo`jaligi defektlarini tugatish uchun kerak deyiladi. 
Amerikalik iqtisodchi G.Kolm fikricha, kam rivojlangan davlatlarda plan-
lashtirishning maqsadi bozor jarayonini faollashtirishga qaratilishi kerak. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining g`arb andozalari asosida olib 
borish ham taklif etiladi, bu tarixiy jarayon asosida ro`y berishi kerak 
(kapital jamg`arish, manufaktura rivoji, dehqonlarni yerdan mahrum 
etish...). U.Rostou o`zining "Iqtisodiy o`sish bosqichlari" nazariyasida shu 
qoidani isbotlashga urinadi. Boshqa olimlar ham shu qoidaga amal qilib, 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini sun'iy ravishda te-
zlashtirishga urinmasliklari kerak, bu davlatlar kapitalistik davlatlar bosib 
o`tgan yo`ldan borishlari maqbul, boshqa yo`l qidirishga hojat yo`q, degan 
g`oyani qo`llaydilar. "AQSH tashqi siyosatining siyosiy iqtisodi" kollektiv 
tadqiqotida rivojlanayotgan davlatlar G’arbning qisqa va uzoq muddatli 


376 
manfaatlariga mos keluvchi siyosatni olib borishlari kerak degan xulosa 
chiqariladi. 
Bu tadqiqotdagi g`oya bo`yicha jahon xo`jaligidagi munosabatlar 
rivoji boshqa sivilizatsiyalashgan munosabatlar sari borishi kerak va bu ja-
rayon keyingi paytlarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib sifatida qaralmoqda. 
Bunda hamma munosabatlar o`zaro tenglikka asoslangan, barcha mamla-
katlar manfaatlarini hisobga oluvchi va adolat tamoyillariga amal qiluvchi 
iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar yangi xalqaro iqtisodiy tartibning asosiy 
mazmunidir. 
Bunday g`oyaning paydo bo`lishi avvalgi davrlarda bu munosaba-
tlarda tenglik bo`lmaganligini tan olish bilan barobar fikrdir. I.Fisher, 
R.Dornbush, R.Shmalenzilarning ta'kidlashicha, kambag`al mamlakatlar 
masalasi kambag`al Janub bilan boy Shimol o`rtasidagi muammolar sifati-
da tobora kuchayib bormoqda. Janub mamlakatlari o`z qiyinchiliklarini 
jahon iqtisodiyotidagi mavjud avvalgi tartibdan deb bilmoqdalar, bu tartib 
go`yoki ularga qarshi qaratilgandir. 1974 yilda BMT Bosh Assambleyasi 
yangi xalqaro iqtisodiy tartib joriy etishni qo`llab-quvvatlovchi rezolutsi-
yani qabul qildi (NIEO). 
Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi: 
1. Xalqaro aloqalar ma'lum tartibga solib turiladi va bu turli 
davlatlar tomonidan siyosiy yo`l bilan amalga oshiriladi; 
2. Ishlab chiqarilgan tovarlarning davlatlararo taqsimotida rivojla-
nayotgan mamlakatlar manfaati ham hisobga olinishi shart va shuni ta'min-
laydigan yo`llar yaratilishi kerak; 
3. Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib 
borilishi zarur, har bir davlat o`z ichki tuzumidan qat'iy nazar shu munosa-
batlarda qatnashishga haqlidir. 
Janub birinchi navbatda Shimol tomondan yordam miqdorini 
oshirishni so`raydi. Boy mamlakatlar esa berilgan yordamdan samarali 
foydalanish zarurligini ro`kach qilmoqda. 
Keyingi davrda BMT tomonidan "Insoniy rivojlanish konsepsiyasi" 
ilgari surildi, unga to`laroq to`xtalishni lozim topdik, chunki undagi qoida-
lar respublikamiz uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. Iqtisodiy rivojlanish 
konsepsiyasi daromadning ko`payishi va insoniy farovonlikning yaxshilan-
ishi orasidagi aloqani aniqlashda muhim xizmatni ado etadi. Bunday 
bog`lanish nafaqat iqtisodiy o`sishning miqdoriga, balki sifati va qanday 
taqsimlanishiga ham bog`liqdir. iqtisodiy o`sish va odamlar hayoti 
orasidagi bog`lanish oqil siyosat - ijtimoiy maqsadlar uchun to`lovlar, 
daromad va aktivlarni qayta taqsimlashga qaratilgan fiskal siyosat orqali 


377 
yaratilishi kerak. Bunday bog`lanish qashshoqlikni kuchaytiruvchi 
avtomatik tarzda ishlovchi bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud bo`la 
olmaydi. Ammo biz ehtiyot bo`lishimiz kerak. Daromad ko`payishi bilan 
insonlar hayotining yaxshilanishi orasidagi avtomatik bog`liqlikni inkor et-
ish iqtisodiy o`sishni inkor qilish emasdir. Iqtisodiy o`sish kambag`al ja-
miyatlar uchun qashshoqlikni kamaytirish va umuman yo`qotishda juda 
muhim. Lekin bunday o`sish sifatining ahamiyati uning hajmidan muhim-
roq. Dono milliy siyosat iqtisodiy o`sishni odamlar hayotini yaxshilashga 
o`gira olishi kerak. Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin? Bu iqti-
sodiy va siyosiy hokimiyatda katta strukturaviy o`zgarishlarni talab qilishi 
mumkin, bu sohada insoniy rivojlanish paradigmasi juda inqilobiydir. U 
ko`p mamlakatlarda amaldagi hokimiyat tizimini qayta ko`rib chiqishni 
talab etadi. Iqtisodiy o`sish va odamlar farovonligi orasida bog`liqlikning 
kuchayishi ko`p vaqt talab etuvchi yer reformasi, soliqlarning progressiv 
tizimi, asosiy ijtimoiy yordamning kuchaytirilishi, uni barcha muhtoj ahol-
iga yetib boradigan qilish, odamlarning iqtisodiy va siyosiy faoliyatlari 
yo`lidagi to`siqlarning yo`qotilishi va ularning boylikka ega bo`lish 
huquqini tenglashtirish va bozor iqtisodiyoti bilan bog`liq, iqtisodiy va siy-
osiy sa'y-harakatlardan eng ko`p ozor chekishi mumkin bo`lganlarga vaq-
tinchalik ijtimoiy xavfsizlik tizimini joriy qilish kabi bir qancha chora-
tadbirlarni talab etishi mumkin. Bunday siyosiy faoliyat fundamental va 
har bir mamlakat uchun farqlidir. Ammo, ba'zi bir xususiyatlar hamma 
mamlakatlar uchun umumiy. 
Birinchidan, inson muammolari markaziy muammoga aylanadi. 
Rivojlanish odamlar farovonligining oshishi nuqtayi nazaridan tahlil qi-
linadi va tushuniladi. Har qanday faoliyat unda qancha odam qatnashgan-
ligi va foydalanganligi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Rivojlanish 
siyosatining muvaffaqiyatli bo`lishining burilish nuqtasi sifatida ishlab 
chiqarishning ko`payishi emas, balki insonlar hayotining yaxshilanishi oli-
nadi. 
Ikkinchidan, insoniy rivojlanish ikki tomondan iborat ekanligi naz-
arda tutiladi. Birinchisi - yaxshi sog`liq, salomatlik, chuqur bilim va hu-
narlar kabi insoniy qobiliyatlar majmuasi bo`lsa, ikkinchisi - ish bilan 
ta'minlanganlik, ishlab chiqarish faoliyati, siyosiy faoliyat va hordiq 
chiqarish kabi erishiladigan qobiliyatlarga ega bo`lish yo`lidagi odamlar 
dunyoqarashini oshirishdir. Bu ikkala tomon me'yorining insoniy rivojlan-
ish tomonidan tartiblanmaganligi insonlar rejalarining talafotida o`z aksini 
topadi. 


378 
Uchinchidan, pirovard maqsadlar va ularga erishish usullari orasida 
aniq farq o`tkazilishi zarur. Odamlar maqsad sifatida qaralishi kerak 
bo`lsa-da, unga erishish usullari yoddan chiqmasligi kerak. Yalpi milliy 
mahsulotning (YAMM) o`sishi ko`pgina insoniy farovonlik ko`rsatkichlari 
o`sishining muhim omilidir. Ammo iqtisodiy o`sishning xarakteri va 
taqsimlanishi odamlar hayotini boyitishga nisbatan o`lchanishi zarur. 
To`rtinchidan, insoniy rivojlanish faqat iqtisodiyotni emas, balki 
butun jamiyatni qamrab oladi. Siyosiy, madaniy va ijtimoiy omillarga iqti-
sodiy omillarga kabi e'tibor beriladi. 
Beshinchidan, odamlar rivojlanishning maqsadi va erishish omili 
ekanligi tan olinadi. Odamlar materialistik mashina uchun qulay yem 
emas, balki rivojlanishning oxirgi maqsadi ekanligi doim yodda bo`lishi 
kerak. Odamlar tovar ishlab chiqarishning "insoniy kapital" niqobi ostidagi 
quroli emasligi ko`zda tutilishi kerak. 
Xo`sh, mamlakatning insoniy rivojlanish darajasi qanday 
baholanadi? Bu muammoning zamonaviy yechimlariga bir oz to`xtalamiz. 
Mamlakatning rivojlanganlik darajasini baholashning yaqingacha yagona 
usuli jon boshiga YAMM bo`lganligi sababli, mukammalroq ijtimoiy-
iqtisodiy ko`rsatkichni kashf qilish davr talabi edi. Izlanishlar natijasida in-
soniy rivojlanish indeks (IRI) ko`rsatkichi kashf etildi. IRI inson rivojlan-
ish darajasini ko`rsatuvchi uch asos - umrboqiylik, ta'lim va yashash dara-
jalaridan iborat integral ko`rsatkichdir. Uzoq umr ko`rish kutilayotgan 
hayot davomiyligi orqali o`lchanadi. Ta'lim darajasi ko`rsatkichning 2/3 
qismini tashkil etuvchi katta yoshlilar savodxonligi va 1/3 qismini hosil qi-
luvchi ta'limning o`rtacha davomiyligi ko`rsatkichlari orqali ifodalanadi. 
Yashash hayotning mahalliy qiymati (sotib olish pariteti yoki RRR - "pur-
chasing power parity") ga nisbatan to`g`rilangan jon boshiga real yalpi ich-
ki mahsulot (YAIM) orqali baholanadi. Nimaga faqat uch ko`rsatkich? - 
degan savol tug`ilishi tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks et-
tirish a'lo bo`lar edi. Ammo ma'lumotlarning to`liq emasligi bir oz cheklan-
ishlar tug`diradi va bu ma'lumotlarga ega bo`linganda, balki ularni ham 
hisobga olish ayni muddao bo`lar edi. Ammo ko`proq ko`rsatkichlarni 
qo`shish har doim ham yaxshiroq natijalarga olib kelavermaydi. Ularning 
ba'zi birlari ishlatilayotgan ko`rsatkichlar bilan korrelatsiya qilingan 
bo`lishi mumkin. Bolalar o`limi darajasi, masalan, kutilayotgan hayot 
davomiyligida o`z aksini topgan. O`zgaruvchilarning ko`proq sonini 
qo`shish umumiy manzarani xiralashtiradi va asosiy yo`nalishlardan 
chalg`itadi. 


379 
Insoniy rivojlanish tushunchasi so`nggi yillarda barqaror rivojlanish 
g`oyasi bilan to`ldirildi. Buning ma'nosi shuki, hozirgi avlodning insoniy 
rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi hisobiga ro`y ber-
masligi darkor. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi dastlab atrof-muhitni 
muhofaza qilish harakati tomonidan kiritildi, bu harakat namoyandalari 
rivojlanish tushunchasi "avlodlar o`rtasidagi munosabatlar" kabi g`oyani 
ham o`z ichiga olishini himoya qilmoqdalar. Tabiiy resurslarning kamayib 
borishi kelajak avlodlar rivojlanishi muammolarini keltirib chiqarishi 
mumkin. "Barqaror rivojlanish" konsepsiyalari atrof-muhit va tabiiy 
resurslar doirasidagina qo`llanilishi mumkin bo`lmay, balki insoniy im-
koniyatlar, "insoniy kapital"ga qo`yiladigan investitsiyalarga ham tegish-
lidir. 
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) 
tomonidan izchil targ`ib qilinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik 
"Insoniy rivojlanish bo`yicha hisobotlar" (Human Development Report) 
ko`rinishida chop etilmoqda. 1988 yilda boshlangan o`n yillik BMT Tara-
qqiyot Dasturi tomonidan barqaror ijtimoiy rivojlanish o`n yilligi deb e'lon 
qilingan. Bu o`n yil davomida ijtimoiy masalalarning ko`pgina jabhalariga 
tegishli o`nta butunjahon anjumanlari o`tkazilishi mo`ljallangan. 1995 yil 
mart oyida Kopengagenda o`tkazilgan oliy martabali ijtimoiy rivojlanish 
konferensiyasi va 1995 yil sentabr oyida Pekinda o`tkazilgan ayollar 
muammolariga bag`ishlangan konferensiyalar (1995 yilgi "Insoniy 
rivojlanish bo`yicha hisobot" erkak va ayollar orasida tenglikka erishish 
masalalariga bag`ishlangan) ana shular jumlasidandir. Har ikkala anjuman-
da o`ta muhim zamonaviy masalalarga javob topishga harakat qilindi. 
Xususan, Kopengagen anjumanida 160 ga yaqin davlat boshliqlari ishtirok 
etdi (unda Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ham ishtirok etdi). Unda 
Butunjahon Ijtimoiy Deklaratsiyasi qabul qilindi va harbiy sohaga sarf qi-
linayotgan xarajatlarni insoniy rivojlanish maqsadlariga safarbar qilish 
yo`llari muhokama qilindi. 
1995 yildan boshlab BMT Taraqqiyot Dasturi milliy darajada ham 
"Insoniy rivojlanish bo`yicha hisobot"larni nashr qilishda yangi mustaqil 
mamlakatlarga ko`mak bera boshladi. 1995 yil uchun ana shunday 
hisobotning O`zbekistonda chop etilishi bu sa'y-harakatlarning muvaffa-
qiyatli tugaganidan dalolat beradi. Eslatib o`tilgan bu hisobot O`zbekiston 
mustaqillikka erishgandan buyon insoniy rivojlanish borasida erishilgan 
yutuqlar va yo`qotilishi kerak bo`lgan kamchiliklar haqidadir. Kelajakda 
shunday hisobotlarni doimiy asosda chop etish mo`ljallanmoqda. Bu ezgu 


380 
yo`lda BMT Taraqqiyot Dasturining ko`rsatayotgan yordami beqiyosdir 
(O`zbekistonda 2000 yilgi Dastur ham e'lon qilindi). 
Bunday hisobotlar o`zbekistonlik mutaxassislar va BMT ek-
spertlarining birgalikdagi mehnatining mevasidir. Bu hisobotlar keng dun-
yo ommasiga taqdim etiladi va O`zbekistonda insoniy rivojlanish qay 
holda ekanligini dunyoga bildiradi. 
O`zbekistondagi ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasining asosini ay-
nan inson va uning manfaatlari tashkil etadi. U insonni pirovard maqsad va 
rivojlanish asosi deb qaraydi. Hozirgi davrdagi mavjud konsepsiyalar hoh 
markazlashtirilgan iqtisodiyotda moddiy mahsulotning yoki bozor iqti-
sodiyotida ichki mahsulotning o`sishi bo`lsin, tovar ishlab chiqarishni eng 
asosiy maqsad deb bilgan. Undan tashqari, bu asosiy maqsad, ya'ni jon 
boshiga tovar ishlab chiqarishning o`sishi, jismoniy kapitalni jamg`arish 
hisobiga erishilgan. Ya'ni, eskicha fikrlash doirasida qo`shimcha o`sish pi-
rovard maqsad bo`lsa, investitsiyalar esa unga erishish vositasi 
hisoblangan. 
Har qanday jamiyatlarning rivojlanishida ularning bir holatdan 
boshqasiga o`tish davrlari eng mushkul, og`ir bo`lib hisoblanadi. Bu bir 
hayot tarzining buzilishi va yangisining yaratilishini davomida vujudga ke-
ladigan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy harakatlardagi murakkabliklar bilan 
bog`liqdir. 
Jamiyatni bunday tubdan o`zgartirish beozor o`tishi mumkin emas. 
Bu o`sish istar-istamas yuzlab va minglab odamlar, oilalar, milliy va ja-
moat guruhlari, butun davlatning ijtimoiy ahvoli, moddiy farovonligi, 
taqdirlariga dahldor bo`ladi. 
O`zbekiston hukumati islohotlarining insonlar hayoti va fa-
rovonligiga salbiy ta'sirini imkoni boricha kamaytirish maqsadida yangi 
iqtisodiy va ijtimoiy tizimga bosqichma-bosqich o`tish yo`lini tanladi. 
O`zbekiston uchun hozirgi bosqichda birinchi va muhim vazifa - bu 
bozor islohotlarini o`tkazishda jadallashtirishga asos bo`lgan, mak-
roekonomik barqarorlikni ta'minlashdir. Chunki, bu aholi turmush dara-
jasini yetarli ta'minlashning tabiiy asosini tashkil etuvchi kelgusi iqtisodiy 
o`sish zaminidir. Masalaning murakkabligi shundaki, makroekonomik 
siyosatning kuchaytirilishi sharoitida ijtimoiy ehtiyojlarga harajatlarni 
keskin kamaytirishga yo`l qo`yilmasligi kerak, chunki insoniy resurslarga 
qo`yilgan mablag`lar ularning kelajakda barqaror rivojlanish asosigina 
bo`lib qolmasdan, hozirgi davrda osoyishta ijtimoiy sharoitning kafolotlan-
ishini ham ta'minlaydi. O`zbekiston uchun bu juda muhimdir, chunki u 
qo`shni mamlakatlarda harbiy to`qnashuvlar davom etayotgan mintaqada 


381 
joylashgan. Davlat o`tish davrining murakkabliklarini hisobga olgan holda 
o`z oldiga aholining iste'mol darajasining keskin pasayib ketishiga yo`l 
qo`ymaslik, mavjud ta'lim tizimini qo`llab-quvvatlash, aholini sog`liqni 
saqlash xizmatlari bilan ta'minlash, yangi bozor munosabatlari sharoitlariga 
moslashishi qiyinroq bo`lgan aholi qatlamlarini qo`shimcha ijtimoiy 
yordam bilan ta'minlash, mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosi 
o`z ijobiy kuchlarini namoyon etishi, mustaqil ravishda o`zi va oilasi 
uchun yaxshi hayotni ta'minlashi uchun sharoit yaratish vazifasi qo`yilgan. 
O`tishning dastlabki bir necha yilida talay qiyinchiliklar qayd etildi, 
ammo, hukumat iqtisodiy va ijtimoiy siyosat yurgizish yo`li bilan aholini 
tushkunlik sharoitida shak-shubhasiz ro`y beradigan asosiy larzalardan 
himoya qila oldi. 
Mamlakat, shuningdek, boy tabiiy resurslardan foydalanish-ning 
puxta o`ylangan yondashuvi asosida kattagina mablag`larni jalb qilishga 
erishdi. Natijada ishlab chiqarishning pasayishi MDH mamlakatlariga nis-
batan ancha kam bo`ldi, 1996 yildan o`sish boshlandi. Undan tashqari 
davlat ishlab chiqarish hajmlari pasayishiga qaramay, aholini ish bilan 
ta'minlashning yuqori darajasiga erishish uchun barcha tadbirlarni qo`lladi. 
Ishlab chiqarishning pasayishi va inflatsiyaning ko`tarilishi tufayli real ish 
haqi keskin pasaydi, ammo, respublika ijtimoiy qo`llab-quvvatlashning 
keng qamrovli hukumat dasturi yo`li bilan aholining iste'mol darajasini 
qo`lladi. 
Albatta, aholini qo`llovchi keng qamrovli dasturni uzoq vaqt 
mobaynida ta'minlash qiyin masala hisoblanadi. Ammo, islohotning 
dastlabki bosqichida bu madad kelajakda islohotlarning amalga oshishi 
uchun siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash va milliy birdamlikka er-
ishishda nihoyatda muhimdir. Respublika amalda muhim ustunliklarga ega 
va oqilona iqtisodiy siyosat amalga oshirilganda o`tishni muvaffaqiyatli 
yakunlashi aniq. 
XULOSA 
Jahon xo`jaligi, jahon bozori va integratsion jarayonlarning uzoq 
tarixi bor. Ayniqsa, Buyuk ipak yo`li (m.a. II asrda) davrida aniq namoyon 
bo`lgan bu jarayon XVI asrda buyuk geografik kashfiyotlar tufayli 
kuchaydi. II Jahon urushidan keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davrni 
ularsiz tasavvur etish mumkin emas. "Beniluks" (1944 y.), Umumiy bozor 
(1957y.), Yevropa ittifoqi, OPEK (1960y.), NAFTA, EKO, Xalqaro valuta 


382 
fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu aloqalarni 
ma'lum tartibga solib kelmoqdalar. 
A.Smit mehnat taqsimoti ishlab chiqarishda taraqqiyot asosi ekan-
ligini isbotlab bergan bo`lsa, D.Rikardo bu mehnat taqsimoti faqat ma'lum 
mamlakat doirasidagina emas, balki dunyo miqyosida bo`lishi kerak, degan 
g`oyani ilgari surdi. Chunki, har bir davlat ma'lum sohada nisbiy ustunlik-
ka ega bo`ladi. "Nisbiy ustunlik", "solishtirma chiqimlar" nazariyasi 
xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv zarurligini isbotlab berdi. 
Bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limot, nazariya va konsepsiyalar 
ilgari surildi. 
Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo`yicha neoklassik (sof ta'limot) va ne-
okeynschilik nazariyalari keng tarqalgan. "Sof" ta'limot tarafdorlarining
fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor tamoyillari 
asosida rivojlanishini qo`llaydilar (erkin raqobat, hamma uchun bir xil im-
koniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo balansi o`z-o`zini 
tartibga soladi va boshqalar). 
Neokeynschilik ta'limoti vakillari bu jarayondagi bozor munosaba-
tlariga davlatning faol ishtirokini ma'qul ko`radilar. 
Mustamlakachilik mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlar 
bo`yicha turli nazariyalar mavjud, ularning ko`pchiligi metropoliya koloni-
yalari uchun ijobiy rol o`ynaganligini himoya qiladi. Bevosita investitsiya-
lar nazariyasi mustamlakachilikda ham bo`lib, mustaqil rivojlanish yo`liga 
o`tgan mamlakatlarda iqtisodiyotni qutqarishdagi asosiy yo`l deb hisobla-
nadi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivoji bilan birga bir qancha 
muammolar mavjud, bu odatda boy va nisbatan qoloq mamlakatlar 
o`rtasidagi munosabatlardir. 70-yillarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib qabul 
qilindi. Mavjud muammolarni hal etish uchun BMT tomonidan "insoniy 
rivojlanish" konsepsiyasi taklif etilgan. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə