Iqtisodiy ta'limotlar


SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TAVSIFI



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TAVSIFI 
Iqtisodiyot faqat unga xos bo`lgan ichki qonuniyatlar asosida 
rivojlanmog`i darkor. Bizning vazifamiz ularni yaxshi tushunib yetishdan 
va o`z xalqimiz manfaatlari yo`lida mohirona qo`llashdan iboratdir. 
I.Karimov 
22.1. Ma'muriy - buyruqbozlik iqtisodiyoti 
oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati 
 
Islohotlar boshlangunga qadar vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni 
har tomonlama tahlil qilmay chuqur iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy inqirozga 
olib kelgan sabablarni, xo`jalik tizimidan qat'iyan voz kechish lozim 
bo`lgan illatlarni aniqlamay turib, jamiyatning sifat jihatdan yangi holatiga 
o`tib bo`lmaydi. 
I.Karimov 
Insoniyat XXI asrga kelib, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining 
mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham 
berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O`zbekiston 
Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va soxta mafkuraning 
oqibatlari quyidagilarda o`z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik 
I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan: 
1.Bir yoqlama rivojlangan, mo`rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan 
markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat. 
2.Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foyda-
lanishga hamda paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim. 
3.Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy dara-
jadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va butlovchi 
qismlar, shuningdek yoqilg`i ta'minotida markazga qaramlik. 
4.Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go`sht-sut 
mahsulotlari)va boshqa xalq iste'moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi. 


385 
5.Paxta xomashyosi mahsulotlarining suv tekinga tashib ketilishi, 
oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar 
jahon bozorida o`ta xaridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni 
ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan O`zbekiston xazinasiga 
tushmaslik. 
6.Iqtisodiy o`sish sur'atlari samaradorligi ko`rsatkichlarining salbiy 
darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi. 
7.Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning 
cheklanganligi. 
8.qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush 
darajalaridagi farqning ortib borishi. 
9.O`zbekiston aholisi turmush darajasi ko`rsatkichlarining sobiq 
SSSRdagi eng oxirgi o`rinlardan biriga tushib qolganligi. 
10.Ekologik muammolarning keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan 
ayovsiz foydalanish, yerlar sho`rlanishining ortishi, cho`l zonalarining 
kengayishi. 
Yuqorida keltirilgan xulosalarni isbotlovchi dallillar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
1. 1991 yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo`g`i 3,5% i 
pirovard iste'mol uchun respublikada qayta ishlangan. 
2. 1990 yilda respublikada mavjud korxonalarning 38% sobiq itti-
foq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo`g`i 8% korxonalar respublika 
mulkchiligi tasarrufida bo`lgan. 
3. 1988 yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga 
maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan. 
4. "1930 yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami 
daromadi tirikchilik o`tkazish uchun zarur bo`lgan eng quyi darajadan ham 
past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga ya-
qinigina shunday ahvolda kun kechirgandi". 
5. Ma'lum sabablarga ko`ra, respublika hozirgi xalq xo`jaligi va 
aholi juda qattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlarning 65% gacha bo`lgan qis-
mini tashqaridan keltirishi majbur edi. Yoqilg`i, stanoklar, asbob uskuna-
lar, yog`och-taxta va yog`och materiallari to`g`risida gapirmasak ham 
bo`ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Keltrilgan ma'lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga 
o`tish zaruriyati to`g`risida I.Karimov shunday degan:
...Bozorga o`tish muqarrar. Bu - davr amri, obyektiv reallikdir. 
Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni 
shakllantirish, odamlar faoliyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga 


386 
erishish uslubi va vositasidir (Karimov I.A. O`zbekistoning o`z istiqlol va 
tarqqiyot yo`li. T.,O`zbekiston, 1992, 44-bet). 
Bozorga o`tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib 
chiqadi. 
Tashqi omillar: 
1.Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dun-
yoqarashda chuqur sifat o`zgarishlarni amalga oshirish. 
2.Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlarning kuchayishi. 
3.Yagona xalqaro me'yorlar, qoidalar va andozalarga o`tilishi bilan 
yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlarning shakllanishi. 
4.Sotsialistik deb atalgan lagerning parchalanishi va ma'muriy- 
buyruqbozlik tizimining barham topishi. 
5.Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o`sish sur'atlari bo`yicha 
G’arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli.
Ichki omillar: 
1.Mustabid tizim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy 
oqibatlari. 
2.Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va 
shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi. 
3.Xarajatlarni tejashdan manfaatdorlikning yo`qligi, piravardida 
esa, resurslarni samarasiz taqsimlanishning kuchayishi. 
4.Mehnat unumdorligini oshirishdan rag`batlantirishning pasayishi 
va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi. 
5.Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg`unlik. 
6.Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik 
munosabati sifatida pinxoniy iqtisodiyotning kuchayishi. 
7.Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta'minlash samara-
dorligining pastligi. 
8.Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va 
xo`jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining 
cheklanganligi. Natijada, quyi bo`g`inlarda - xaridor va sotuvchi, iste'mol-
chi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog`liqlikni ta'minlashga 
ma'muriy rejalashtirishning salbiy ta'siri. 
9.Korxonalararo raqobatning yo`qligi tufayli samaradorlikka moyil-
likning pastligi. 
10.Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning 
kuchayishi. 
11.Sotsialistik xo`jalik yuritishda fondlarning markazlashgan 
taqsimotiga asoslanganligi tufayli ko`proq resurslar taqchilligi namoyon 


387 
bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida esa, sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiyin-
chiligidan muhimroq hisoblanadi. 
12.Korxonalarning pul mablag`lari bilan ta'minlashda yagona 
davlat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul 
mablag`lari oborotidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit 
siyosatining 
mijozlar 
moliyaviy 
imkoniyati 
bilan 
bevosita 
bog`lanmaganligi. 
13.Davlat budjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo`g`indagi 
xo`jaliklar daromadiga bog`liq bo`lib, uning to`planishi va taqsimlanishi 
to`liq markazlashtirilgan. Korxonalarning byujdetdan moliyalashtirilishi 
zahiralardan samarali foydalanishni rag`batlantirmagan. 
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining eng muhim ayanchli oqibatlari-
dan biri - mute shaxs "sovet kishisi" ning shakllanishi hisoblanadi. Mazkur 
shaxs tafakkuri mafkuraviy qarashlar, g`oyaviy kurashlar, chalg`ituvchi da-
lillar tuzog`iga asir qilindi. Taraqqiyotparvar insoniyat erishgan yutuqlar-
dan bebahra qoldi. 
Sobiq tizim o`z iqtisodiy g`oyalarida ish kuchining qayerlardadir 
tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o`zidagi inson resurslariga 
e'tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlarni arang qondirish darajasida qolib 
ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999 yilga kelib, Prezidentimiz 
I.Karimov bu haqda ta'kidlaganidek: "Shunday ulkan salohiyatga ega 
bo`lgan mamlakatni kamsitadigan og`ir ahvolga solib qo`yib, u qonuniy 
haqli ravishda o`ziga qarashli bo`lgan mablag`ni markazdan dotatsiya sifat-
ida so`rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga, 
noinsoniy g`oya hukmron bo`lgan mustabid tizim o`zining bor mafkuraviy 
kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib 
odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy 
tuyg`ularini qo`pol ravishda kamsitar edi. O`z ona tilini, milliy an'ana va 
madaniyatini, o`z tarixini bilmaslik, ko`plab odamlarning shaxsiy fojiasiga 
aylanib qolgan edi. Milliy o`zlikni anglashga bo`lgan tabiiy intilish johilo-
na inkor etilardi.... 
...Biz eski tizim o`z o`rnini osonlikcha bo`shatib bermasligini, un-
ing zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o`z ta'siri iskanjasidan 
chiqarmasligini yetarli darajada o`zimizga tassavvur qilishimiz va hisobga 
olishimiz zarur edi".
Yuqoridagilarni va boshqalarni hisobga olgan holda, O`zbekiston 
mustaqillik davrida ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosa-
batlariga o`tishni zarur deb topdi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə