Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


VI. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə312/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

VI. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni

“Pul va banklar” fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.


Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, fanni o’rganishda bir mavzu to’liq o’zlashtiradi va topshiriq belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Talabalar auditoriyada yoki masofaviy ta’limdan foydalangan holda pedagog-xodimlarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor o’qituvchi tomonidan berilgan mustaqil ish va testlarni echadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo'shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o'rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo'llarini aniqlash, internet tarmog‘laridan foydalanib ma'lumotlar to'plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to'garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o'quv faoliyati samarali bo'lishi mumkin emas.Talaba fan bo‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, talaba o’quv sessiyasi davomida navbatdagi semestrda o’qitiladigan fanlar bo’yicha qisqacha ma’ruza va/yoki seminar mashg’ulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg’ulotlar talabaga navbatdagi semester davomida fanlarni o’zlashtirishi va mustaqil topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini o’rgatishga qaratiladi. Mavzular bo’yicha mustaqil topshiriqlarni bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar beriladi.
“Pul va banklar” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan.






Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə