Laboratoriy ishlari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə15/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Laboratoriy ishlari uzb

7-Laboratoriya ishi.
Elektrolit eritmalar. Tuzlarning gidrolizi.


Mashg’ulotdan maqsad. Elektrolit eritmalarning xossalarini o’rganish. Ionli reaksiyalarning oxiriga borish, cho’kma hosil bo’lish va erish sabablarini aniqlash, ionli reaksiyalar tenglamalarini tuzishni bilish, shuningdek eritmani muxitini aniqlash, hamda tuzlarining gidrolizi va unga ta’sir etuvchi omillarni tajriba asosida o’rganishdan iborat.
1-tajriba. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi
Asbob va reaktivlar: elektrodlar, elektr lampochkasi, stakan, distirlangan suv, 0,1 n sulfat kislota, 0,1 n o’yuvchi natriy eritmalari.
Ish tartibi. 250 ml xajmli stakanga ikkita elektrod tushirib, elektr lampochkasini zanjirga ketma - ket ulang. Stakanga 100 ml distirllangan suv quying. Elektrodlarni elektr manbaiga ulang. Lampochka yonadimi? Distirllangan suvga ozgina shakar soling, bunda lampochka yonadimi? So’ngra eritmani to’kib, stakan va elektrodlarni distirllangan suv bilan yuving. Stakanga navbatma –navbat sulfat kislota, o’yuvchi natriy va sirka kislotalarining 0,1n eritmasidan quying va tajribani takrorlang.
Topshiriqlar:
1) Olingan eritmaning elektr o’tkazuvchanligi asosida:
a) elektrolit va elektrolitmas eritmalar;
b) kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida xulosa chiqaring. 2) Elektrolitlarning dissosilaninsh tenglamasini yozing.
2 – tajriba. Dissosilanish darajasini elektrolit tabiatiga bog’liqligi
Reaktivlar: Zn bo’lakchasi, 0,1n HCI va 0,1n CH3COOH. Ish tartibi. Probirkaga 0,1n xlorid kislota, ikkinchisiga 3-4 ml 0,1n sirka kislota eritmasidan quying. Ikkita probirkaga teng miqdordagi rux bo’lakchasidan tashlang. Gaz ajralib chiqishini kuzating. Topshiriqlar:
1. Xlorid kislotali probirkada tez gaz ajralib chiqish sababini tushuntiring
2. Tegishli reaksiyalarni molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing. 3 – tajriba. Elektrolit eritmalarda kimyoviy muvozantni siljishi
Reaktivlar: 0,1n CH3COOH, 0,1n ammiak eritmmasi, fenolftaleinning 1% li eritmasi, CH3COONa va NH4Cl kristallari. Ish tartibi. a) Ikkita probirkaga 2-3ml dan 0,1n CH3COOH eritmasidan quying va 3 tomchidan metiloranj indikatoridan tomizing. Probirkalarning biriga CH3COONa kristallaridan solib, yaxshilab chayqating. Probirkalardagi ranglarni solishtiring.
b) Ikkita probirkaga 2-3ml dan 0,1n ammiak eritmasidan quying va 3 tomchidan fenolftalein indikatoridan tomizing. Probirkalarning biriga NH4CI ning bir necha kristallaridan solib, yaxshilab chayqating. Probirkalardagi eritmalarni ranglarni solishtiring.
Topshiriqlar:
1) Kuchsiz elektrolitlar: CH3COOH va NH4OH ning dissosilanishi, hamda Kdis ni matematik ifodasini yozing.
2) Har ikkala tajribada eritmalar rangining o’zgarish sababini tushuntiring.

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə