Laboratoriy ishlari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə13/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb

1 – tajriba. Tuzlarning turli foiz konsentrasiyali eritmalarini tayyorlash
Asbob va reaktivlar: tehnik tarozi, apeometrlar, 100-250ml xajmli slindrlar, tuzlar (NaCI, Na2CO3, BaCI2) ning kristallari va kristallogidratlari, natriy gidroksid ( granulasi), distirlangan suv, turli xajmli kolbalar.
Ish tartibi. O’qituvchi tomonidan qaysi tuzdan necha xajm va foizli eritma tayyorlash lozimligi haqida topshiriq olgandan so’ng, ishni quyidagi tartibda bajaring.
1) Berilgan tuzni qancha xajm va necha C% li eritmasini tayyorlash lozim bo’lsa, dastlab shu eritmani tayyorlash uchun qancha miqdor tuz va suv kerakligini hisoblab toping;
2) Hisoblab topilgan tuzni tarozida 0,01g aniqlikda tortib oling va uni stakan yoki kolbaga soling;
3) Suvni massasini uning xajmiga teng deb hisoblab, kerakli hajmdagi suvni o’lchov silindrida o’lchab oling va uni tuz solingan stakan (yoki kolba)ga quying, so’nra to’liq eruguncha shisha tayoqcha bilan aralashtiring;
4) Tayyorlangan eritmani toza o’lchov silindriga quyib, areometr yordamida zichligini aniqlang. O’lchangan zichlikka mos eritmaning C% ni jadvaldan topib, berilgan konsentratsiya bilan solishtiring;
5) Tayyorlangan eritmaning normalligini, molyarlligi va titrini aniqlang.
Topshriqlar:
1. Osh tuzining 500g 10%li ertimasini tayyorlash uchun qancha tuz va suv olish lozim?
2. 250g 5% li eritma tayyorlash uchun soda kristallogidrati Na2CO3 . 10H 2O dan necha gramm olish kerak ?
3. 10 % li natriy gidroksidning 400g eritmasiga 150g suv qo’shilsa necha foizli eritma hosil bo’ladi?
4. Massasi 550 g bo’lgan 0,2 % li eritmada necha gramm tuz erigan ?
5. 100g 5%li va 250g 10 %li mis (II) sulfatning eritmalari aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmadagi CuSO4 ning massa ulushuni aniqlang.
2-tajriba. Foiz konsentrasiyali eritmadan normal konsentrasiyali eritma tayyorlash
Asbob va reaktivlar: areometr, 100-250 ml xajmli slindrlar, 100, 250, 500 ml xajmli o’lchov kolbalari, % konsentrasiyasi aniq tuz va ishqor eritmalari, distirlangan suv.
Ish tartibi:
1.O’qituchidan foiz konsentrasiyasi aniq eritma olib, bu eritmadan qancha xajm va necha normalli eritma tayyorlash haqida topshiriq oling.
2. Foiz konsentrasiyali eritmaning zichligini areometr bilan aniqlang va normalligini quyidagi fo’rmula bilan hisoblab toping.
Cn =
3. Foiz konsentrasiyali eritmaning normalligi N1, xajm V1 va undan tayyorlash lozim bo’lgan eritma normalligini N2, xajmini V2 bilan belgilab,
V1.N1 = V2.N2 formulasidan V2 ni toping.
4. Hisoblangan xajm (V2) ga muvofiq keladigan eritmani o’lchov silindrda o’lchab, uni tayyorlash lozim bo’lgan tegishli xajmli o’lchov kolbasiga quying.
5. Kolbadagi eritma ustiga kolbaning bo’g’zidagi belgisigacha distirlangan suv qo’shing. Kolbani og’zini tiqin bilan berkitib, eritmani yaxshlab aralashtiring.
Topshiriqlar:
1. 250 ml 0,5 n eritma tayyorlash uchun zichligi 1,307 g / ml bo’lgan 40 % li H2SO4 eritmasidan qancha olish kerak?
2. Natriy gidroksidning 0,5n eritmasining 10ml ni neytralash uchun xlorid kislota eritmasidan 15ml sarflandi. Kislotaning normalligini aniqlang?
3. Zichligi 1,057 g/ml bo’lgan 10% li (NH4)2SO4 ning molyarligi, normaligi va titrini hisoblang?
4. 500ml 0,2n eritma tayyorlash qancha gramm CuSO4 . 5H2O olish kerak? 5. 500ml da 20 g sulfat kislota bo’lgan eritmaning normaligi va molyarligini aniqlang?



Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə