Logopediya


Aqli zaif bolalarda nutqning grammatik qurilishining buzilishi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə20/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Logopediya

Aqli zaif bolalarda nutqning grammatik qurilishining buzilishi.Kо‘pchilik mualliflarning tadqiqodlari shuni kо‘rsatadiki (V.G.Petrov, M.F.Gnezdilov, M.F.Feofanov, A.P.Fedchenko va boshqalar) aqli zaif о‘quvchilarda nutqning grammatik tomondan shakllanmaganligi kuzatiladi. Bu grammatik umumlashmalarni talab qiluvchi kо‘plab topshiriqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarda kuzatiladi. Gaplarning sintaktik tuzilishlari, sо‘z yasalishdagi va sо‘z о‘zgartirishdagi morfologik shakllarning tо‘liq rivojlanmaganligi ham buning sabablari hisoblanadi.
Kelishiklarni qо‘llashda ham buzilishlar kelib chiqadi. Otlarning bosh, qaratqich va tushum kelishiklari nisbatan yaxshiroq shakllangan bо‘ladi. Eng kо‘p xatolar qaratqich va chiqish kelishiklar konstruksiyalarida uchraydi. Qaratqich kelishigi kо‘proq bosh kelishik bilan almashtiriladi.
Aqli zaif bolalarda kelishiklarni old kо‘makchilar bilan notо‘g‘ri qо‘llash, shu konstruksiyalarni old kо‘makchilar bilan notо‘g‘ri tushinishga qaraganda kо‘proq kuzatiladi. Impressiv nutqda orqa, oldi, yonida, ustida, tagida old kо‘makchilarning о‘rnini almashtirib qо‘llash kuzatiladi. Ekspressiv nutqda ga, dan kо‘makchilarini tushirib qoldirish, shuningdek, ustida, yonida, oldida, orqasida, о‘rtasida, orqali old kо‘makchilarining yо‘qligi kuzatiladi.
Ravish va otdan hosil bо‘lgan birikmadagi buzilishlar, ot va sonning notо‘g‘ri birikishi kuzatiladi.
Bolalar otning qaratqich kelishigidagi, kо‘plikdagi shaklini notо‘g‘ri qо‘llaydilar. Ba’zi bir hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchalari almashtirib yuboriladi. Sifatga oid sо‘zlarning otlar bilan sodda va kelishikda moslashuviga doir bо‘lgan topshiriqlarni bajarishda xatolarga yо‘l qо‘yiladi.
Tо‘liq shakldagi sifatlarini qisqa shakldagi sifatlar bilan almashtirishdagi xatolar ham о‘ziga xos tomonlarga ega.
Aqli zaif bolalarda sо‘z yasalishi funksiyasi, sо‘z о‘zgarishiga qaraganda kamroq shakllangan, deb hisoblanadi. Sо‘z yasalishining kam shakllanganligi otdan yasaluvchi sifatlar hosil bо‘lishidagi qiyinchiliklarda kо‘rinadi (tosh-toshli).
Quyi sinflardagi aqli zaif о‘quvchilar uchun sodda yig‘iq gaplar harakterli bо‘lib hisoblanadi. Tarkibida tо‘ldiruvchi, ba’zan о‘rin xoli ishtirok etgan sodda yoyiq gaplar ham ishlatiladi (Qiz gul uzyapti; Bolalar maktabga boryaptilar).
Bolalarning mustaqil nutqida ega yoki kesim, yoki ega bilan kesim tushirib qoldirilgan gaplar tez-tez uchrab turadi. Masalan, rasmga qarab hikoya tuzish: «Bola baliq tutyapti. Tashladi. Yugurdi. Qayiqda suzyapti».
Aqli zaif bolalarda sо‘zning morfologik tarkibi va gapdagi sо‘zlarning sintaktik aloqasi haqidagi tasavvurlar, morfologik umumlashmalar juda ham kambag‘al. Nutqning leksik-grammatik qurilishining rivojlanmaganligi, ayniqsa bog‘lanishli nutqda yaqqol namoyon bо‘ladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə