Maktabgacha ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari Vobkent tuman


Pedagogik texnologiya tushunchasiga quyidagilar kiradi



Yüklə 192,1 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü192,1 Kb.
#138185
1   2   3
maqola 5

Pedagogik texnologiya tushunchasiga quyidagilar kiradi:




1-rasm. Pedagogik texnologiya tushunchalari

Konseptuallik bu - ta’limning maqsadlariga erishish uchun ta’limiy va ijtimoiy-pedagogik, falsafiy, psixologik asosga tayanishni anglatadi.


O‘quv mashg'ulotining mazmuni bu - o‘quv maqsadlari va o‘quv materialining mazmuni.
Texnologik qism - o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv faoliyatining usullari va shakllari, pedagogning ish usullari va shakllari, diagnostika.
Maktabgacha ta’lim tizimida G.N.Selevko tomonidan quyidagi pedagogik texnologiyalar ajratib ko‘rsatiladi:
- ta’limni rivojlantirish texnologiyalari,
- muammoli ta’lim texnologiyalari,
- o‘yin texnologiyasi,
- kompyuter texnologiyalari,
- muqobil texnologiyalar.
Bizga ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy jarayonlar “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida olib boriladi. Aynan rivojlantiruvchi muhit, kun davomidagi olib boriladigan barcha faoliyatlar, ta’limiy, tarbiyaviy, bolani har tomonlama rivojlantirish jarayonlarida dasturga tayaniladi. Rivojlanish o’ta murakkab harakat jarayoni bo’lib, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, eskini yo‘qolib borishi, yangining paydo bo‘lishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ta’minlovchi harakatdir. Bola shaxsini rivojlanishida tabiat qonuniyatlari, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi va qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi kurashlardan rivojlanish jarayoni paydo bo’ladi. Rivojlanishda esa tarbiya muhim jarayon hisoblanadi. Tarbiyaning jarayonlarini samarali ta’sir etishi uchun har bir bolaning alohida xususiyatlari, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Shaxs rivojlanishida eng avvalo irsiyat, muhit, tarbiya va shu bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o‘ziga xos shakl bu - faoliyatdir. Insonning tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra uning qobiliyati va yoshi belgilanadi. Faoliyat faol va passiv bo‘lib, uning asosiy turi esa bu muloqotdir. Aynan shularni hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bilan olib boriladigan har bir faoliyatga rivojlantiruvchi muhitni, muloqotni yanayam faol tarzda shakllantirish zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolani to‘laqonli tarbiyalashda, innovatsion texnologiyalardan foydalanishda, rivojlantiruvchi predmetli muhitni yaratish juda ham muhimdir. Bunday predmetli muhiti - bola faoliyati uning shaxsini to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar tizimidir. U bolalarning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan bazaviy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kun ta’limini innovatsiyalarsiz, pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Zamon rivojlanishi bilan hayotning barcha sohalarida, xususan pedagogika ya’ni o’qitish va ta’lim jarayonida ham ko’pgina yangiliklar vujudga kelmoqda. Olib borilayotgan ta’limdagi islohotlar, innovatsion texnologiyalar kelajak avlodni mustahkam irodali, kuchli salohiyatli, tezkorlik bilan samarali bilim olishlarini ta’minlab berishga xizmat qiladi.


Yüklə 192,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə