Kirish yoki ta’sis balansi
deganda korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasiga, ya’ni
ta’sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. Odatda ushbu sanaga tuzilgan balansning aktivida
faqat ta’sischilarning yangi tashkil etilgan korxona oldidagi qarzi, balansning passivida esa e’lon
qilingan ustav kapitalining miqdori ko‘rsatiladi.
Boshlang‘ich balans
deganda hisobot davri boshiga,
hisobot balansi
deganda esa hisobot
davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi davr uchun boshlang‘ich
balans bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |