Маълумотнома


Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   505
buxgalteriya hisobi

                                 Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar 

 

Ushbu tenglikni ta’minlash uchun  buxgalteriya hisobi   odatda,  ma’lum bir davrning boshida  



aktiv,    xususiy  kapital  va  majburiyatlarning    boshlang‘ich  holatini  bilishdan  boshlanib,      shu 


 

32 


davrning oxirida ularning  oxirgi holatini bilish bilan  yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli 

bo‘lib buxgalteriya  balansi hisoblanadi. 

Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha 

«bis

», ya’ni «



ikkita

»  va 


«

lanx

»,  ya’ni 



«tarozi  pallasi

»  so‘zlaridan  olingan  bo‘lib,    o‘zaro  tenglik,  bir  xillik  ramzi 

hisoblanadi.   

Buxgalteriya  hisobi    balansiga  xalqaro  buxgalteriya  standartlarida  buxgalteriya  balansi  

balans hisoboti deb yuritiladi. 

Buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BXMA)ni 1 – soni «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy 

hisobot»  va    (BXMA)ni  15  –  soni  “Buxgalteriya  balansi”  deb  atalib,  unda  buxgalteriya  balansi, 

uning maqsadi, moddalari haqida, uni tuzish va topshirish tartibi haqida qoidalar keltirilgan. 

Buxgalteriya  balansi  moliyaviy  hisobotning  tarkibiy  qismlaridan  biri  hisoblanadi,  xo‘jalik 

yurituvchi  subyektning  mulkiy  va  moliyaviy  ahvoli  haqidagi  axborotni  to‘playdi  hamda  oshkor 

qiladi  

Buxgalteriya  balansi  hisobot  davri  boshidagi  va  oxiridagi  tegishli  ma’lumotlarni  oshkor 

qilishi kerak. 

Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy 

majburiyatlar hamda ularni oshkor qilish xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil 

qilishda  moliyaviy  hisobotdan  foydalanuvchilar  uchun  yordam  bera  oladigan  axborotdan  iborat 

bo‘ladi. 

Uzoq  muddatli  va  joriy  aktivlar,  xususiy  sarmoya,  uzoq  muddatli  va  joriy  majburiyatlar 

tushunchalari  O‘zbekiston  Respublikasining  Buxgalteriya  hisobi  milliy  standarti  (1-son  BHMS) 

“Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da keltirilgan. 

“Uzoq  muddatli  aktivlar”  bo‘limida  asosiy  vositalar  va  nomoddiy  aktivlar  qiymati,  uzoq 

muddatli  investisiyalar,  o‘rnatiladigan  uskunalar,  kapital  qo‘yilmalar,  uzoq  muddatli  debitorlik 

qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak. 

“Joriy  aktivlar”  bo‘limida  tovar-moddiy  zaxiralar,  kelgusi  davrlar  xarajatlari,  muddati 

kechiktirilgan  xarajatlarning  joriy  qismi,  debitorlik  qarzlari,  pul  mablag‘lari,  qisqa  muddatli 

moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinishi kerak. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Buxgalteriya  hisobi  milliy  standarti  (4-son  BHMS)  “Tovar-

moddiy zaxiralar”ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralarga quyidagilar kiritiladi: 

a)  ishlab  chiqarish  jarayonida  yoki  ishlarni  bajarish  va  xizmatlar  ko‘rsatishda  foydalanish 

uchun mo‘ljallangan xom ashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, 

yoqilg‘i,  idish,  ehtiyot  qismlar,  inventar  va  xo‘jalik  anjomlari,  boshqa  materiallar  zaxiralarini, 

parvarish qilinayotgan va bo‘rdoqiga boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish 




 

33 


bo‘yicha  xarajatlar,  materiallar  qiymatidagi  tafovutlarni  o‘z  ichiga  oladigan  ishlab  chiqarish 

zaxiralari; 

b)  tugallanmagan  asosiy  ishlab  chiqarish,  xususiy  ishlab  chiqarishdagi  yarim  tayyor 

mahsulotlar,  tugallanmagan  yordamchi  va  boshqa  ishlab  chiqarishlar,  ishlab  chiqarishdagi  brakni 

o‘z ichiga oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish

v) tayyor mahsulot; 

d) tovarlar. 

Debitorlik  qarzlari  bo‘yicha  xaridor  va  buyurtmachilarning  qarzlari,  alohida  bo‘linmalar 

qarzlari,  shu’ba  va  tobe  xo‘jalik  jamiyatlari  qarzlari,  xodimlarga  berilgan  bo‘naklar,  yetkazib 

beruvchilar  va  pudratchilarga  berilgan  bo‘naklar,  byudjetga  soliqlar  va  yig‘imlar  bo‘yicha  bo‘nak 

to‘lovlari,  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  va  sug‘urta  bo‘yicha  bo‘nak  to‘lovlari,  ustav 

sarmoyasiga qo‘yilmalar bo‘yicha ta’sischilarning bo‘nak to‘lovlari, boshqa operasiyalar bo‘yicha 

xodimlar qarzlari hamda boshqa debitorlar qarzlari summalari oshkor qilinishi kerak. 

Pul mablag‘lari bo‘yicha kassadagi naqd pul mablag‘lari qoldig‘i, hisob-kitob raqamidagi pul 

mablag‘lari, valyuta hisobraqamidagi pul mablag‘lari va boshqa pul mablag‘lari (bankdagi maxsus 

hisobraqamlar,  pul  ekvivalentlari,  yo‘ldagi  (o‘tkaziladigan)  pul  mablag‘lari)  summalari  oshkor 

qilinishi lozim. 


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə