Маълумотнома


Hisob-siyosatining tarkib topishi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   505
buxgalteriya hisobi

Hisob-siyosatining tarkib topishi 

 

Hisob  siyosatining  tarkib  topishi  nafaqat  hisob  uslubiyatini  usullarini,  variantlarini  tanlashni 

o‘z ichiga oladi, balki uni tashkil qilish va yuritish shakllarini ham aniqlash lozim. 

Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

1.Ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish. 

2.Buxgalteriya hisobi shakllarini tanlash. 

3.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish. 

4.Mulk va majburiyatlarni inventarizasiyasini o‘tkazish muddati va sonini aniqlash. 

5.Xo‘jalik  aylanishi  va  hisob  ma’lumotlarini  qayta  ishlash  texnologiyasini  qoidalarini  ishlab 

chiqish va boshqalar. 

Endi bularni har qaysisi bo‘yicha alohida to‘xtalamiz. 

1

. Ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish

. Har bir korxona mustaqil ravishda, markazlashgan 

tartibda tasdiqlangan schyotlar rejasi asosida ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqadi. 

O‘zbekiston  Respublikasidagi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  moliya-xo‘jalik  faoliyati 

buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasi  21-sonli  Buxgalteriya  Hisobi  Milliy  Standarti  bo‘lib,  u 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  (23.10.2002yil).  Mazkur 

schyotlar  rejasi  asosida  har  bir  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  o‘z  ishchi  schyotlar  rejasini  ishlab 

chiqadi.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  hamma  schyotlardan,  o‘zi  uchun  haqiqatda  zarur  bo‘lgan 

schyotlarni tanlashi, bo‘sh schyotlar kodlaridan yangi schyotlarni kiritishda foydalanishi mumkin. 



2.  Buxgalteriya  hisobi  shakllarini  tanlash

.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  mustaqil  ravishda 

o‘zida  qo‘llashi  lozim  bo‘lgan  hisob  shaklini  tanlaydi.  Jurnal-order  shakli  yoki  boshqa  shakl 



 

29 


bo‘lishi  mumkin.  Buxgalteriya  hisobi  shaklini  tanlash  bilan  birga,  qo‘llaniladigan  hisob  registrlari 

ro‘yxati, ularning tuzilishi, registrlarga yozuvlar ketma-ketligi va boshqalarni aniqlaydi. 



3.  Buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilish.

  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  mustaqil  ravishda 

buxgalteriya  tuzilishini  tashkiliy  shakllarini  tanlaydi.  Buxgalteriya  qanday  bo‘limlardan  tashkil 

topishi kerak. U o‘zining xo‘jalik va ishlab chiqarishlarini alohida balansga ajratishi mumkin va h.k. 



4. Mulk va majburiyatlarni inventarizasiyasini o‘tkazish muddati va sonini aniqlash. 

Inventarizsiyani tashkil qilish va o‘tkazish qonun-qoidalari 19-sonli Buxgalteriya hisobi milliy 

standartida ko‘rsatib berilgan. 

Milliy  Standartda  ta’kidlanishicha,  hisobot  yilida  o‘tkaziladigan  inventarizasiya  soni,  ularni 

o‘tkazish  muddati,  mulk  va  moliyaviy  majburiyatlar  ro‘yxati  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  rahbari 

tomonidan o‘rnatiladi. 



5.Hujjat  aylanishi  va  hisob  ma’lumotlarini  qayta  ishlash  texnologiyasini  qoidalarini  ishlab 

chiqish

Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt mustaqil ravishda hujjat aylanishi va hisob ma’lumotlarini 



qayta  ishlash  texnologiyasini  ishlab  chiqishi  lozim.  Chunki  buxgalteriya  hisobining  xarakterli 

xususiyatlaridan  biri  shundan  iboratki,  u  xo‘jalik  operasiyalarini  hujjatlashtirishga  asos-langan. 

Hisob ma’lumotlari hujjatlardan olinadi. Dastlabki hujjat-bu bo‘lib o‘tgan xo‘jalik operasiyasining 

yozma holdagi isbotidir. 

Shuning  uchun  ham  buxgalteriyada  hujjatlarni  o‘z  vaqtida  to‘lg‘azish,  to‘g‘ri  to‘lg‘azish, 

hujjat aylanish tizimini har bir hujjat bo‘yicha ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. 

 “Faoliyatning  xilma-xil  turlari  bo‘yicha  yangiliklarni  joriy  etishning  tezligi  shunday 

operasiyalar  va  vaziyatlarga  olib  kelishi  mumkinki,  bunday  operasiyalar  va  vaziyatlar  bo‘yicha 

BHMS  hali  ishlab  chiqilmagan.  Bunday  holatlarda  moliyaviy  hisobotning  xolisligiga  hisob 

siyosatini  tanlash  va  qo‘llanish  yo‘li  bilan  erishiladi.  Bunday  siyosat  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt 

tomonidan ushbu standartga muvofiq ravishda mustaqil ishlab chiqilishi lozim.”

3

 



Hisob  siyosatini  buxgalteriya  hisobini  yuritish  subyektning  mablag‘larini  hisobot  yilida 

baholashning uslubiy qoidalarining yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.  




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə