Маълумотнома


Buxgalteriya hisobi obyektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   505
buxgalteriya hisobi

1.5. Buxgalteriya hisobi obyektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning 

shakllariga bog‘liqligi 

 

Subyektlarda  buxgalteriya  hisobini  shunday  tashkil  etish  lozimki,  u  iqtisodiy    ma’lumotlar 



tizimini iloji boricha to‘la aks ettirishni ta’minlashi kerak. 

Buxgalteriya  hisobi  ayrim  subyektlarda  sodir  bo‘layotgan  xo‘jalik  mablag‘lari  va 

jarayonlarining harakatini ma’lum hujjatlar bilan asoslangan holda ro‘yxatga olish va pulda baholab 



 

21 


umumlashtirilgan  tarzda  yoppasiga    va  bevosita  kuzatish  tizimidir.  U  subyektning  xo‘jalik 

faoliyatini  boshqarish  va  unda  xo‘jalik  hisobini  joriy  ettirishning  muhim  vositasi  hisoblanib, 

subyektning mablag‘laridan to‘g‘ri va unumli foydalanish va uning butligini ta’minlash ustidan ham 

dastlabki, hamkorlik) va kelgusi nazoratni yuritish imkonini beradi. 

Buxgalteriya  hisobi  yordamida  mavjud  moddiy  qiymatliklar,  pul  mablag‘larining  harakati 

kuzatiladi  va  nazorat  qilinadi,  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  bilan  bog‘liq  xarajatlar 

aniqlanadi,  xo‘jalik faoliyatining  moliyaviy  natijalari  va subyektlarning umumiy mulki  haqidagi 

ma’lumotlar yig‘iladi. 

Buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati bilan qarorlar qabul qiluvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lash 

uchun  xizmat  qiladi.  U  xo‘jalik  faoliyatini,  uning  ma’lumotlaridan  keyinchalik  foydalanish 

maqsadida ma’lum tartibda qayd kilib o‘lchaydi, olingan ma’lumotlarni ishlab, ma’lum vaqtgacha 

saqlaydi, so‘ngra ularni kerakli axborotga aylantirish uchun qayta ishlab chiqadi va keyinchalik bu 

axborotni  hisobotlar  vositasida  qarorlarni  qabul  qiluvchilarga  foydalanish  uchun  topshiradi.  Ba’zi 

iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini boshqaruv axborot tizimining moliyaviy markazi deb 

ham  ta’riflashadi.  U  boshqaruv  xodimlariga  ham  va  tashqi  foydalanuvchilarga  ham  subyekt  fao-

liyati hakida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishlik imkoniyatini yaratadi. 

Subyektlarning faoliyati bozor iqtisodiyotida oldingiga qaraganda ancha farq qiladi. Bu farqlar 

quyidagilar bilan bog‘liq: 

1)  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mulkchilikning  tarkibi  o‘zgarib,  davlat  mulkchiligi 

jamiyatdagi  mulkchilikning  fakat  bir  turiga  aylanadi,  subyekt  faoliyatidan  manfaatdor    bulgan 

kuplab yangi mulkchilik yuzaga keladi, chunki ular bu subyektga o‘z mablag‘larini qo‘yadilar. 

2)  Subyektlar  raqobatchilikda  yengib  chiqish  va  samarali  moliyaviy    natijalar    beradigan 

qarorlarni qabul qilishga harakat qiladilar va shu maqsadda bozor konYukturasini o‘rganadilar, o‘z 

faoliyatini mustaqil rejalashtiradilar, mol yetkazib beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx-navolarni 

mustaqil belgilaydilar va hokazo. 

3)  Byudjetdan  moliyalash  va  davlat  kreditlarini  olishdan  tashqari  endilikda  subyektlar  faqat 

xaridorlar va tovarlarni sotish bozorlari uchun raqobatchilik kurashida qatnashibgina qolmay, undan 

tashqari, tijorat banklarining kredit resurslari hamda potensial investorlarning  shunday mablag‘lari 

uchun raqobatchilik kurashini olib boradilar. 

Shuning uchun subyektda birinchidan boshqaruv qarorlarini chiqarish va ularning natijalarini 

baholash uchun o‘z vaqtida va  to‘liq bo‘lgan axborotni olish extiyoji tug‘iladi. Ikkinchi tomondan, 

subyektlar  tegishli  axborotni  shu  subyektlarga  o‘z  mablag‘larini  qo‘ygan  mavjud  investorlar  va 

bo‘lg‘usi investorlarga ham topshirishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida 

soliq ajratmalarining to‘g‘riligi haqida ham hisobot berish saqlanib qoladi. 




 

22 


Shunday qilib, buxgalteriya hisobi bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan hisobchilik va 

statistika  funksiyalarini  bajaruvchi  vositasidan    subyektlarning  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotni 

yig‘ish,  ishlash  va  topshirish  quroliga  aylanadi.  Bu  axborotdan  manfaatdor  tomonlar  o‘z 

ixtiyoridagi vaqtincha ortiqcha mablag‘larni samaraliroq investisiya qilish  to‘g‘risidagi asoslangan 

qarorlar qabul qilish uchun foydalanadilar. 

Bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda  buxgalteriya  hisobini  biznes  tili  deb  atashadi. 

Uni  o‘rganish  har  qanday  tilni  o‘rganishga  juda  o‘xshab  ketadi    va  buxgalteriya  hisobida 

ishlatiladigan  ko‘pchilik  so‘zlar  hayotda  qo‘llaniladigan  xuddi  shunday  so‘zlarga  qaraganda 

boshqacha ma’noga ega bo‘lganligi sababli uni o‘rganish biroz qiyinroq tuyuladi. 

Har  qanday  til  ham  buxgalteriya  hisobidek,  jamiyatning  o‘zgarib  borayotgan  ehtiyojiga 

javoban  rivojlanib  va  o‘zgarib  boradi.  Buxgalteriya  hisobida  qo‘llanib  kelinayotgan  qoidalar  ham 

yoki ularning bir qismi jamiyatning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarga qarab o‘zgartirilishi mumkin. 




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə