Маълумотнома



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   505
buxgalteriya hisobi

Solishtirish    imkonining  mavjudligi

  –  bu  bir  turdagi  axborot  ichida  emas,  balkim  ikki  xil 

turdagi axborot orasidagi munosabatga xos belgidir. U foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarning 

ikki to‘plamidagi berilgan axborotlar orasidagi o‘xshashliklar va farqlarni topish imkonini beradi. 



Buxgalteriya hisobining tamoyillari 

1996  yil  30  avgustda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining  «Buxgalteriya  hisobi 

to‘g‘risida»gi  qonuning  6  –  moddasida  buxgalteriya  hisobining  qo‘yidagi  tamoyillari  huquqiy 

jihatdan asoslandi. 

- buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv  

-

 



usulida yuritish; 

                                                 

2

  Ushbu Qonun  4-modda 




 

16 


-

 

uzluksiz; 



-

 

xo‘jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; 



-

 

aniqlik; 



-

 

hisoblash; 



-

 

oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik yoki korservatizm); 



-

 

mazmunning shakllardan ustunligi



-

 

ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; 



-

 

moliyaviy axborotning betarafligi; 



-

 

hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; 



-

 

aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 



1998 yil 14 avgustda 475 – son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro‘yxatga 

olingan O–  BHMS (buxgalteriya  hisobining  milliy  standarti)  da  buxgalteriya  hisobining qo‘yidagi 

asosiy tamoyillari belgilab berildi: 

-

 



hisoblash; 

-

 



ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; 

-

 



uzluksizlik; 

-

 



xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash; 

-

 



ishonchlilik; 

-

 



ehtiyotkorlik (konservatizm); 

-

 



mazmunning shakldan ustunligi; 

-

 



ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; 

-

 



betaraflik ; 

-

 



hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi; 

-

 



aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; 

-

 



tushunarlilik; 

-

 



ahamiyatlilik;  

-

 



muhimlilik; 

-

 



haqqoniy va xolis taqdim; 

-

 



tugallanganlik; 

-

 



izchillik; 

-

 



o‘z vaqtida taqdim etish. 

Hisoblash tamoyili. 

 

Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida pul mablag‘larini olish 



yoki  to‘lash  asosida  emas,  balki  ularning  hisoblanishi  yoki  paydo  bo‘lishi  bilan  e’tirof  etiladi  va 

moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. 




 

17 


Ikki  yoqlama  qayd  etish  usuli  bilan  hisob  yuritish  tamoyili

,  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt 

buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yoritilishi kerakligini bildirada. Ikki 

yoqlama yozish tizimi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha tegishli summani bitta schyotning 

debet  tomoniga va  aynan shu  summani  ikkinchi  schyotning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat 

bo‘ladi. 



Uzluksizlik    tamoyili

.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  doimiy  faoliyatini  noma’lum  uzoq 

muddatgacha  davom  ettiruvchi  sifatida  qaraladi.  Uning  o‘z  faoliyatini  tugatish  yoki  faoliyat 

ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi. 



Xo‘jalik  muomalalari,  aktivlar  va  passivlarni  baholash  tamoyili. 

Moliyaviy  hisobotlarda 

axborotlarni  umumlashtirish  maqsadida  barcha  xo‘jalik  muomalalari  yoki  voqealar  pul  birligida 

o‘lchanishi kerak. 



Ishonchlilik  tamoyili

.  Axborot,  unda  jiddiy  xatolar  va  taxminlar  bo‘lmasa  va  unga 

foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli hisoblanadi. 

Muomalalar  yoki  voqealarning  ishonchliligi  birlamchi  hisob  hujjatlari  bilan  tasdiqlanishi 

kerak. 

Ehtiyotkorlik  tamoyiliga

  rioya  qilish,  qarorlar  qabul  qilishda  aktiv  va  daromadlar  bo‘rttirib 

ko‘rsatilmasligi  va  majburiyatlar  va  xarajatlarni  yetarlicha  baholanmasligiga  yo‘l  qo‘ymaslikni 

anglatadi. 



Mazmunining shakldan ustunligi tamoyili

Agar  hisob  hujjatlari  va  moliyaviy  hisobotlardagi  axborotlar  muomalar  va  voqealarning 



mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborotlar uning huquqiy shakli bilangina emas, 

balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur. 



Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligi tamoyili. 

Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot, boshqa 

hisobot  davridagi  xuddi  shunday  axborot  bilan  taqqoslanadigan  bo‘lishi  kerak.  Foydalanuvchilar 

xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy  hisobotlarini  tayyorlashda  foydalanadigan  hisob 

siyosatidan, undagi barcha o‘zgarishlardan va ushbu o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishi 

kerak. 


Bartaraflik tamoyili

Moliyaviy hisobotda beriladigan  axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan holi bo‘lishi 



kerak. 

Hisobot  davri  daromadlari  bilan  xarajatlarning  muvofiqligi  tamoyili. 

Hisobot  davri 

daromadlari  bilan  xarajatlarning  muvofiqligi  shuni  anglatadiki,  mazkur  davrda  ushbu  hisobot 

davridagi  daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi.  



Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi tamoyili. 


 

18 


Aktivlar  va  majburiyatlarni  haqiqiy  baholash  ularning  tannarxi  yoki  sotib  olingan  narxini 

baholash uchun asos bo‘lishni nazarda tutadi. 

Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi 

mumkin. 


Tushunarlilik  tamoyili. 

Moliyaviy  hisobotlarda  berilayotgan  axborot  foydalanuvchilar  uchun 

tushunarli bo‘lishi kerak. 

Ahamiyatlilik tamoyili

Moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qarorlarni qabul qilish jarayonida, ularning 



ehtiyojlarini  qondirish  va  ularga  subektning  moliyaviy  va  xo‘jalik  faoliyatiga  baho  berishda 

ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. 



Muhimlilik tamoyili. 

Moliyaviy  hisobotlarda  axborotni  kiritmaslik  yoki  noto‘g‘ri  taqdim  etish  axborotdan 

foydalanuvchilarning  qabul  qilgan  iqtisodiy  qarorlariga  ta’sir  etsa,  u  muhim  hisoblanadi. 

Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham,  shuningdek uning qimmati (muhimligi) ham ta’sir 

etishi mumkin. 

Haqqoniy va xolis taqdim etish tamoyili

Moliyaviy  hisobotlar  foydalanuvchida  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy  ahvoli, 



muomalalarning  natijalari,  pul  mablag‘larining  xarakati  to‘g‘risida  haqqoniy  va  xolis  tasavvur 

yaratishi kerak. 



Tugallanganlik tamoyili. 

Moliyaviy  hisobotlarning  ishonchligini  taminlash  maqsadida,  hisobot  davridagi  axborot 

yetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak. 

Izchillik  tamoyili. 

Hisob  siyosati  bir  davrdan  boshqa  davrga  izchil  o‘tkazilishini  nazarda 

tutadi.  Foydalanuvchilar  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy  ahvolidagi  o‘zgarishning 

yo‘nalishlarini  aniqlanashi  uchun  turli  davrlardagi  hisobotlarni  qiyoslash  imkoniyatiga  ega 

bo‘lishlari kerak. 

O‘z  vaqtida  taqdim  etish  tamoyili. 

Hisobot  axborotining  asossiz  darajada  kechiktirilishi 

natijasida  u  o‘zining  iqtisodiy  ahamiyatini  yo‘qotadi.  Axborotni  o‘z  vaqtida  taqdim  etish  uchun 

bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo 

bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan,  agar hisobot ba’zi jihatlar 

ma’lum  bo‘lgunicha  kechiktirilsa,  hatto  eng  ishonchli  axborot  ham  foydalanuvchilarga  katta  naf 

keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar.   


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə