6-mavzu: iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnishi



Yüklə 32,85 Kb.
səhifə1/9
tarix06.05.2023
ölçüsü32,85 Kb.
#108795
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnis


6-MAVZU: IQTISОDIY ISLОHОTLАR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHАKLLАNISHI. O’ZBEKISTОNDА BОZОR MUNОSАBАTLАRINING RIVОJLАNISHI


REJA:

  1. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning «O‘zbek modeli».

  2. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.

  3. Milliy avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi va agrar islohotlar.

  4. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi.



O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning «O‘zbek modeli». O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil: 1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish. 2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olindi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.

Yüklə 32,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə