6-mavzu: iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnishi


Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi



Yüklə 32,85 Kb.
səhifə2/9
tarix06.05.2023
ölçüsü32,85 Kb.
#108795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnis

Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shartsharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi bosqichi mustaqillik kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal qilindi. Birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlari yengib o‘tildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi.
Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy negizlari shakllantirildi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy iqtisodiy negizlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy shartidir. O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfi vujudga keldi.

Yüklə 32,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə