6-mavzu: iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnishi



Yüklə 32,85 Kb.
səhifə4/9
tarix06.05.2023
ölçüsü32,85 Kb.
#108795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnis

2016-yil iyunda Angren–Pop temir yo‘li va Qamchiq tunneli ochildi. Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi Angren–Pop tarmog‘ining qurilishi Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘lashga imkon tug‘dirdi. Bundan tashqari, temir yo‘lning uzunligi 123,1 kilometrni tashkil etib, ushbu loyiha doirasida uzunligi 19,2 kilometrdan iborat bo‘lgan temir yo‘l tunneli qurildi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati yo‘lovchi tashish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish uchun Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar yo‘lovchi tashishni tashkil qildi. Yangi tezyurar poyezd nomi Afrosiyob bu – Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy shahar sharafiga qo’yildi. 2011-yilning oktabridan boshlab undan tijorat maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili ikkinchi poyezd ham keltirilib, 2012-yilning mayidan o‘z qatnovini boshladi.
Ushbu eng zamonaviy tezyurar yo‘nalish 2015-yilda Qarshi shahrigacha, 2016-yilda esa “Toshkent–Buxoro” yo‘nalishi, 2018-yili Toshkent–Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. Poyezd maksimal tezlikni soatiga 250 kilometrgacha oshirishi mumkin.
Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur’atda o‘sdi. 2001-yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi. 2016-yil Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda. Mazkur qarorga ko‘ra yangi liniyani 2020-yilga qadar qurib foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Sergeli metro liniyasi bugungi kungacha Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Ya’ni mazkur yo‘l ko‘priksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi.
O‘zbekiston dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni cheklangan 34 ta davlatdan biri hisoblanadi. Shu sababli havo yo‘llari transporti respublika iqtisodiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. 2012-yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo‘nalishning havo harakatini boshqarmoqda. Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan, so‘nggi avlod aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatila boshlandi. O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi Boeing –757/767, A-320 samolyotlari, vatanimizda ishlab chiqarilgan Il-114–100 zamonaviy laynerlari, Boeing – 767–300 ER yuk tashuvchi samolyotlarga ega bo‘ldi. 2016-yilda yangi avlod samolyotlari Boeing – 787 Dreamliner keltirildi. Xalqaro parvozlar xaritasiga e’tibor bersak, O‘zbekiston MDHning barcha yirik shaharlari va jahonning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan bevosita havo yo‘llari orqali bog‘landi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. 2017-yilda Islom Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.

Yüklə 32,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə