6-mavzu: iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnishi



Yüklə 32,85 Kb.
səhifə6/9
tarix06.05.2023
ölçüsü32,85 Kb.
#108795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu iqtisоdiy islоhоtlаr, xususiy mulkchilikning shаkllаnis

2017-yil holatiga ko‘ra, Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi.
Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish. 2000-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularga nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002-yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi.
Bunda eksport tarkibini diversifikatsiyalash va xomashyo mahsulotlari hamda materiallarini eksport qilishdan qochib, qo‘shilgan qiymat ulushi ko‘proq bo‘lgan tayyor mahsulotlar chiqarish, yangi texnologiyalar olib kelish va mamlakat eksport salohiyatini orttirishga ko‘maklashadigan chet el investorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar qurish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shuningdek, import o‘rnini bosadigan tovarlar siyosatini, ya’ni tovarlar import qilish o‘rniga mashinalar va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun uskunalar import qilishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Eksportda tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yildagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari va bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berish mexanizmi tavsiya etildi. Mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
2001-yildan boshlab xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirildi. 2000-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun kichik va xususiy tadbirkorlikning rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. Bu xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabi holatlarda o‘z ifodasini topdi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi.

Yüklə 32,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə