Маълумотнома


 Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va  qo‘llash tartibi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   505
buxgalteriya hisobi

  

1.7. Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va  qo‘llash tartibi 

 

O‘zbekiston Respublikasi 1-son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ning 3-punktiga 



muvofiq,

  hisob  siyosati 

deganda,


 

korxona  rahbari  tomonidan  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va 

moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha qabul qilingan tamoyillar va tartiblar majmuasi

  

tushuniladi.



 

Hisob  siyosati  buxgalteriya  hisobini  yuritish  bo‘yicha  korxonaning  o‘ziga  xos  rejasi 

hisoblanadi.  Bu  reja,  odatda,  rasmiy  hujjat  sifatida  rasmiylashtiriladi.  U  korxonaning  bosh 

hisobchisi  tomonidan    yilning  oxirida  kelgusi  yil  uchun  ishlab  chiqiladi  va  korxona  rahbari 

tomonidan buyruq yoki farmoyish bilan tasdiqlanadi. 

Hisob  siyosati  1-son  BHMSning  56-  punktiga  muvofiq  taqvim  yili  maboynida  doimiy 

xarakterga ega bo‘lishi lozim. Uni yil ichida sababsiz o‘zgartirish mumkin emas.  

1-son  BHMSning  56-  punktiga  muvofiq  tasdiqlangan  va  foydalaniyotgan  hisob  siyosati    yil 

ichida qo‘yidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin: 

 



Korxonaning statusi va tarkibiy tuzilishi o‘zgartirilganda; 

 



Mulk egalari o‘zgarganda; 

 



Davlat qonunlari o‘zgarganda; 

 



Hisobning yangi shakllari va yuritish usullari joriy etilganda. 

Hisob  siyosatiga  kiritilgan  o‘zgartirishlar  asoslangan  bo‘lishi,  shuningdek  korxona 

rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 



 

25 


BXMS  №  1  ning  62-punktiga  muvofiq  hisob  siyosati  rasmiy  hujjat  sifatida  moliviy  hisobot 

bilan birgalikda majburiy tarzda qo‘yidagi tashkilotlarga taqdim etiladi: 

 

yuqori tashkilotga



 

soliq idorasiga; 



 

davlat statistika organlariga



 

qonunda ko‘zda tutilgan boshqa organlarga. 



Talab  va  so‘rovlarga  ko‘ra  hisob  siyosati  prokuratura,  sud  va  arbitrajga,  investorlarga, 

aksionerlarga,  kreditorlarga,  auditorlik  firmalariga  va  boshqa  qiziquvchilarga  ham  taqdim  etilishi 

mumkin. Korxonaning o‘z xodimlari uchun hisob siyosati ochiq bo‘lishi lozim. 

Korxonaning hisob siyosatidan har bir qiziquvchi o‘z maqsadlarida foydalanadilar. Masalan, 

soliq idorasi uchun ushbu hujjat korxonada soliqlar hisob-kitoblarini to‘g‘riligini tekshirish, hisobni 

to‘g‘ri  yuritilganligini  nazorat  qilish  maqsadida  zarur.  Auditorlik  tashkilotlari  hisob  siyosatini 

o‘rganish  asosida  uni  to‘g‘ri  tuzilganligi  to‘g‘risida  xulosa  qiladilar,  shuningdek  unga  qanchalik 

amal qilinayotganligiga baho beradilar. Investorlar, aksionerlar, kreditorlar uchun hisob siyosati o‘z 

mablag‘larini ushbu korxonaga qo‘yish yoki qo‘ymaslik  bo‘yicha qaror qabul qilishda asos bo‘lib 

hisoblanadi. 

Hisob  siyosati  rasmiy  hujjat  sifatida  ma’lum    shakl  va  tarkibga  ega  bo‘lishi  kerak.  1-son 

BHMSning  96-punktiga  muvofiq  hisob  siyosatida  qo‘yidagi  tarkibiy  elementlar  o‘z  aksini  albatta 

topishi lozim: 

 



korxona aktivlarini baholash turlari va usullari

 



amortizasiyani hisoblash usullari

 



rezervlarni tashkil qilish

 



tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari

 



tadqiqot va rivojlanishga sarflangan xarajatlarni tan olish va hisobga olish

 



tannarxni kalkulyasiya qilishning usullari; 

 



moliyaviy hisobotni konsolidasiya qilish tartibi; 

 



pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish usullari; 

 



buxgalteriya hisobining ishchi schetlar rejasi. 

Hisob  siyosatida  yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  alohida  boblar,  paragraflar  ko‘rinishida 

ifodalangan  bo‘lishi  lozim.  Korxonaning  moliyaviy  hisobotini  tuzishda  muhim  ahamiyat  kasb 

etadigan  boshqa hollar va tartiblar ham hisob siyosatida aks ettirilishi mumkin. 

Korxonada  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan  hisob  siyosatiga  to‘liq  amal  qilinishi  lozim. 

Buning  uchun  korxonada  tegishli  shart-sharoitlar  yaratilgan  bo‘lishi  kerak.  Jumladan,  xodimlar 

o‘rtasida  bajariladigan  ishlar  aniq  taqsimlangan  bo‘lishi  kerak.  Bunday  taqsimotni  bosh  hisobchi 



 

26 


amalga  oshiradi.  U  har  bir  hisobchiga  yuritiladigan  buxgalteriya  hisobi  schetlarini,  hisob 

registrlarini ochish, yuritish, yopish tartiblari va muddatlarini belgilab beradi. 

Bosh  hisobchi  korxonaning  buxgalteriyasi,  uning  bo‘limlari  to‘g‘risida  Nizomni  ishlab 

chiqishi,  uni  rahbariyat  tomonidan  tasdiqlanishini  ta’minlashi  kerak.  Nizomda  har  bir  bo‘lim 

xodimining lavozimiga qarab bajaradigan ishlari va majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lishi lozim. 

Hisob  siyosatiga  amal  qilishning  muhim  shartlaridan  biri  bo‘lib  korxonada  hujjatlar 

aylanishining aniq grafigini ishlab chiqilganligi va  tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bunday grafiklarni  

jadval yoki tarmoqli grafik ko‘rinishida ifodalash mumkin. 

Hisob  siyosatiga  amal  qilishning  yana  bir  muhim  shartlaridan  biri  bo‘lib  hisob  xodimlari 

faoliyatiga baho berish yoki reyting tizimini mavjudligi hisoblanadi. Ishga baho berish yoki reyting 

tizimiga  amal  qilish  hisobchilarni  rag‘batlantirish  (yutuqlar  uchun),  yoki  ularga  nisbatan  jazo 

choralarini  ko‘rish  (xato-kamchiliklar  uchun)  orqali  amalga  oshirilishi  lozim.  Hisobchilar  ishiga 

baho berish reyting tizimini mavjudligi va uni doimiy tarzda hisobchilar o‘rtasida e’lon qilib borish 

buxgalteriya ishini doimiy yaxshilanib borishiga katta ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  hisob  yuritish  siyosati  subyekt  tomonidan  moliyaviy 

hisobotni  tayyorlash  va  tuzishda  qo‘llaniladigan  o‘ziga  xos  qoidalar  va  amaliy  yondoshuvlarni 

ifodalaydi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  hisob  siyosati  subyekt  rahbari  tomonidan  «Hisob  yuritish 

siyosati  va  moliyaviy  hisobot»  nomli  1-son  BHMA  asoslarida  takdim  etiladigan  moliyaviy 

hisobotning  yilma-yil  qiyoslanishi uchun tuziladi. Hisob  yuritish siyosati shunday  tashkil  qilinishi 

kerakki,  unda  moliyaviy  hisobot  barcha  uchun  qulay  bo‘lgan  BHMA  asosida  tuzilishi  mumkin 

bo‘lsin. 

-Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati quyidagicha bo‘lishi   lozim: 

-foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ahamiyatli; 

-ishonchli bo‘lishi; 

-aynan  shunday  faoliyat  yurituvchi  boshqa  subyektlarning  moliyaviy  hisobotlarini 

taqqoslash imkoniyatini berishi; 

-  tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. 

Buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  hisobot  tuzishni  tashkil  qilishning  aniq  yo‘nalishi 

bo‘yicha  subyektning  hisob  yuritish  siyosati  shakllantirili-shida  O‘zbekiston  Respublikasining 

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun hujjatlarini qo‘llash lozim. 

Korxonanining  hisob  yuritish  siyosatini  tanlash  va  asoslashga  quyidagi  omillar  ta’sir 

etadi; 

-mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl; 

-faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysunuvi; 



 

27 


-ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishlovchi xodimlarning soni; 

-soliq  solish  tizimi  bilan  munosabat  (har  xil  soliqlardan  ozod  bo‘lish,  soliq  stavkalari, 

soliq solish bo‘yicha  imtiyozlar); 

-bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi; 

-moliya-xo‘jalik  faoliyatining  rivojlanish  strategiyasi  (uzoq    kelajakda  korxonaning 

iqtisodiy  rivojlanish  masalalari  va  maqsadlari,  sarmoyalarning  kutilayotgan  yo‘nalishlari, 

kelajakdagi masalalarni yechishdagi taktik yondoshuvlar); 

-boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi; 

-korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimining mavjudligi; 

-buxgalteriya  xodimlarining  malaka  darajasi,  korxona  rahbarlarining  tashabbuskorligi,  

talabchanligi hamda tadbirkorligi; 

-korxona    ishi    samarasidan    moddiy  manfaatdorlik  va  majburiyatlar  bo‘yicha      moddiy 

javobgarlik tizimi. 

Quyidagi  hollarda  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  hisob  yuritish  siyosatida  o‘zgarishlar 

bo‘lishi mumkin: 

-subyekt qayta tashkil etilganida; 

-mulkdorlar o‘zgarganida; 

-O‘zbekiston    Respublikasi  qonun  hujjatlari  va  O‘zbekiston    Respublikasida  buxgalteriya 

hisobotini meyoriy tartibga solish tizimida o‘zgarishlar bo‘lganida; 

-buxgalteriya hisobining yangi omillarini ishlab chiqishda. 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  hisob  siyosatidagi 

o‘zgarishlarning  oqibatlari  buxgalteriya  hisobi  yuritishda  o‘zgartirilgan  omillarning  qo‘llanilish 

kuni (oyning birinchi sanasi)dan subyekt tomonidan tekshirilgan qiymat ko‘rinishida baholanishi 

kerak.  



Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə