Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
1. Namoz o‘qish.
2. Qur’oni karimdan bir oyat (bo‘lsa ham) o‘qish.
3. Qur’onni yo biror oyati karimani g‘ilofsiz ushlash.
Izoh: G’ilof Qur’oni karimga yopishgan bo‘lmay, faqat uni muhofaza qilish uchun qo‘llanadigan
sumka, mato, xaltachaga o‘xshash narsalardir. Bular Qur’oni karimga yopishmagani uchun, ular
orqali Qur’oni karimni ushlash joiz. Ammo Qur’onning jildi Qur’oni karimdan bo‘lgani uchun, uni
g‘ilofsiz ushlash joiz emas).
4. Masjidga kirish.
5. Ka’bani tavof qilish.
Tahoratsiz kishi uchun harom bo‘lgan amallar
Tahoratsiz kishiga quyidagi uch amalni qilish haromdir:
1. Namoz o‘qish.
2. Qur’onni yoki bir oyati karimani g‘ilofsiz ushlash.
3. Ka’bani tavof qilish.
Istihoza va shunga o‘xshash narsalarning hukmlari
Istihoza burundan to‘xtovsiz qon oqishi kabi holat bo‘lib, namoz o‘qish, ro‘za
tutish va jinsiy aloqa
qilishga Monelik qilmaydi. Istihozali ayol xuddi siydigini tuta olmagan yoki davomli ichi ketayotgan
kishidek uzrli
hisoblanib, har bir namoz vaqti kirgach, tahorat qiladi va
xohlaganicha farz yoki nafl
namoz o‘qishi mumkin. Uzrli kishilarning tahorati namoz vaqti chiqishi bilan buziladi,
Izoh: Bu hukm Imomi Azam, roziyallohu anhu, va Imom Muhammadga ko‘radir. Yani uzrli kishi
bomdod namozi uchun qilgan tahorati bilan faqat bomdod namozini o‘qiydi. Tahoratni buzuvchi
boshqa sabab bo‘lmasa ham, quyosh chiqishi bilan uning tahorati buziladi. Imom Abu Yusufga ko‘ra,
uzrli kishining tahorati namoz vaqti kirishi bilan ham, chiqishi bilan ham buziladi. Bunga ko‘ra, uzrli
kishining quyosh chiqqanidan so‘ng qilgan tahorati peshin vaqti kirishi bilan buzi ladi.
Imomi Azam va Imom Muhammadga ko‘ra esa, uzrlining, tahorati namoz vaqti kirishi bilan
buzilmaydi. Imom Zufarga ko‘ra, uzrlining tahorati faqat namoz vaqti kirish bilan, ya’ni bomdod
namozi uchun qilgan tahorati, quyosh chiqishi bilan emas, balki peshin namozi vaqti kirishi bilan
buziladi.
Dostları ilə paylaş: