Mundarija


§. XIVA XONLIGIDA MADANIYAT VA XALQ IJODIYOTINING RIVOJLANISHI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə29/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36

31 §. XIVA XONLIGIDA MADANIYAT VA XALQ IJODIYOTINING RIVOJLANISHI

Adabiyot


Xorazm butun o`rta Osiyo tarixida madaniyat va san'at markazlaridan biri sifatida muhim rol o`ynagan. o`z vaqtida Oltin o`rdaning deyarli barcha xonlari Xorazmda ta'lim olishgan, butun islom olamidan olimlar va ilohiyotshunoslar bahs-munozaralarda ishtirok etish uchun bu yurtga kelishar edi. Qo`ng`irot va Xiva o`zbek madaniyati va tili o`choqlari bo`lgan. "Alpomish" dostonidan boshlab bu yerda o`zbek tili, milliy g`oyalar va milliy madaniyat rivojlangan va boyib borgan. Bu yurtda san'at, adabiyot, xususan, she'riyatda erksevarlik va demokratik tamoyillar hamisha ustunlik qilib kelgan. Adabiyot keng xalq ommasiga yaqin turar va o`z g`oyalari, ohanglari, shakllari, timsollarini xalq azob-uqubatlari, orzu-umidlari bag`ridan olar edi. Xiva xonligini larzaga solgan har bir dehqonlar qo`zg`aloni Xorazm adabiyotida xalq dardi sifatida aks etar edi.

Demokrat adiblar va shoirlar xalq orasida dong taratgan, xalq himoyasida bo`lganlar, chunki ular haqiqatni kuylashar edi. Polvonniyoz Muhammad (1825-1899), Otajon Abdalov (1855-1927), Ahmadjon Tabibiy (1869-1911), Berdaq (1827-1900), Bayoniy (1870-1925), Ckokar (1872-1952) ulardan eng mashhurlari edi. Ular xon amaldorlari makkorligini tanqid qilar, xalqni bilim olishga da'vat etar edilar. 1908-yili xon saroyi huzurida bosmaxona (litografiya) tashkil qilingan, bu narsa shoirlarga o`z asarlarini ko`p nusxada nashr ettirishga yo'l ochib berdi. 1908-yili shoir Tabibiy Xiva shoirlari tazkirasini tuzdi, unga ko`plab ijodkorlarning sheMari kiritilgan edi.



Avaz o`tar o`g`li (1884—1919) ma'naviy-axloqiy kuchi, vatanparvarligi, ulug` demokratik his-tuyg`ulari va xaloskorlik g`oyalarini ifodalashda ana shu shoirlar orasida yetakchi o`rinni egallaydi.U o`z asarlarida Xiva xonlari kamchiliklarini ochib tashladi. Masalan, "Xalq" she'rida shoir mehnatkashlarni (o`z haq-huquqlarini himoya qilish, yaxshi turmush uchun kurashga chorladi., Tanqidiy she'rlari, erksevarligi, hurfikrligi uchun u 200 darra kaltak bilan jazolangan va aqldan ozgan, deb e'lon qilingan edi., Ammo jazo uning isyonkor ruhini sindira olmadi. U ajoyib she'rlarida xalq ozodligi va baxt-saodati uchun kurashga chiqishga chorladi va jahonda adolat tantana qilishiga umid bildiradi. o`limidan biroz ilgari yozgan "Hurriyat" she'rida otashin shoir xalqni qo`zg`alonga da'vat etdi.

Xalq ijodiyoti


Xiva xonligida nozik did bilan ishlangan, o`ziga xos naqshlari, yorqin bo`yoqlari bilan ajralib turuvchi kulolchilik san'ati ham yaxshi rivojlangan edi. Usta Allokora, usta Yusuf kulol, usta Vays va usta Kalontar o`z asarlari bilan mamlakatdan tashqarida ham mashhur edilar. Xivalik mis kandakorlari, zargarlar, ipak va jundan mato to`quvchi ustalar ham yuksak qadrlanar edi.

Xiva xonligida san'atning eng ommabop turi qo`shiq, musiqa va raqs bo`lgan. Og`ir turmush sharoiti ham, xon amaldorlarining zulmi ham Xorazm xalqining qo`shiq va musiqaga bo`lgan mehri va qiziqishini so`ndira olmadi. Birorta tadbir, xoh u davlat miqyosida, yoki mahalliy miqyosda bo`lsin, ommaviy qo`shiqlar va raqslarsiz o`tmas edi. Qo`shiqlar mualliflari, ijrochilari mashhur kishilar bo`lib, ularni xalq hurmat qilar edi. Ularning qo`shiqlarida muhabbat, vatanparvarlik, demokratiya, erksevarlik va inson qadr-qimmatini ulug`lash g`oyalari badiiy tarzda tarannum etilardi.

Xiva xonlari ham o`zlarida qarama-qarshiliklar birligini gavdalantirgan, ya'ni bir tomondan, ular xalqqa zulm o`tkazgan, davlatni zavolga yuzlantirgan mustabidlar bo`lsa, ikkinchi tomondan, ular Xorazm qadimiy milliy madaniyati sohiblari bo`lishgan hamda davlat va xalqning ma'naviy yuksalishi uchun ko`p kuch-g`ayrat sarflashgan.

1874-yili Muhammad Rahimxon II (Feruz) Rossiyadan sotib olgan ikkita bosma mashinasida Turkistonda ilk marotaba kitob chop qilishni yo`lga qo`ydi. Xiva bosmaxonasini tashkil qilishda Xorazm shoirlari va olimlari katta rol o`ynashdi. PetroAleksandrovskdagi rus-tuzem maktabini tugatgan shoir Otajon Abdalov birinchi matbaachi edi. Bu bosmaxonada Alisher Navoiyning "Xamsa"si, Xiva shoirlarining devonlari, Shermuhammad Munis, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Roziyning devonlari ana shu yerda chop etilgan edi.

Muhammad Rahimxon II ning topshirig`iga ko`ra bir qator tarixiy asarlarni o`zbek tiliga tarjima qilish bo`yicha katta ishlar amalga oshirildiki, bu tadbir, shubhasiz, Xiva davlati ma'naviy madaniyatini boyitdi. Masalan, "Tabariy tarixi" (12jildda), "Shayboniynoma", "Zafarnoma" (AmirTemuryurishlarihaqida), "Erontarixi", "To`tinoma" (to`ti tilidan ertak tarzida hikoya qilingan nasihatlar kitobi), "Maorifnoma" kabi mumtoz asarlar tarjima qilingan edi.

Xonning yozgi qarorgohi bo`lmish Tozabog`da (yangibog` ma'nosida) saqlanayotgan sharq tillarida yozilgan nodir kitoblar Rossiyaning sharqshunos olimlari e'tiborini tortdi va ular bu yerga ana shu nodir kitoblarni o`rganish, tarjima qilish va ko`chirib olish uchun kelishar edi.

Davlatda xalqning ma'naviy madaniyatini saqlab qolish bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan edi. Muhammad Rahimxon II butun o`rta Osiyoda tengi yo`q boy kutubxonaga asos solgan edi. Uning topshirig`iga ko`ra yozilgan mamlakat tarixi Buxoro va Qo`qonda bitilgan xuddi shunday tarixlardan o`zining mukammalligi bilan ajralib turar edi.
Yakunlarni chiqaramiz

-Xorazm — Turkistonning madaniyat va san'at markazlaridan biri edi;

-Avaz o`tar o`g`li — mavjud tuzum tanqidi, ozodlik va adolat uchun kurashga da'vat etdi;

-1874-yil — Xivada dastlabki bosmaxona ochildi;

-qadimiy qo`lyozmalar, o`tmish yodgorliklarini saqlash borasida g`amxo`rlik qilindi.

-Otajon Abdalov — birinchi matbaachi.


7 BOB JADIDLAR HARAKATI VA UNING TURKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY, MADANIY HAYOTIDAGI AHAMIYATI


BOBNI o`RGANISH NATIJASIDA:

— jadidchilik harakatining paydo bo`lishi, uning dasturiy maqsadlari va vazifalari;

— Turkistonda jadidchilik g`oyalarini amalga oshirish yollari;

— Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning o`lka siyosiy-iqtisodiy hayotiga ta'siri;

— 1916-yildagi qo`zg`alon va uning sabablari;

— qo`zg`alonning milliy-ozodlik harakatiga aylanishi va uning natijalari haqida bilib olasiz.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə