O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
Kompyuter-grafikasi

Tayanch so‘zlar:
Grafik formatlarda ixchamlash, Grafik formatlar, 
Zamonaviy ShK asosida elektron grafiklar qurishning asosiy elementlari va 
usullar, Grafik qiyofa, Eksplikatsiya, Kompyuter grafikasining turlari, uning 
turkumlari va har xil ko‘rinishlari
 


15 
Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo‘llash sohalari.
 
Kompyuter grafikasi qo‘llaniladigan asosiy sohalarni ko‘rsatib o‘tamiz:
• 
Grafiklarni chizish;
• 
Kartografiya-geografik, tabiiy 
yoki iqtisodiy 
hodisalarni 
o‘zaro 
chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar, o‘lkalarnining aniq xaritasini tasvirlash;
• 
Chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish;
• 
Modellashtirish va multiplikatsiya;
• 
Turli texnologik jarayonlarni boshqarish – hayotiy masalalarni interaktiv 
rejimda namoyish etish. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga o‘rnatilgan 
dastlabki axborot manbai bo‘lgan o‘lchagichlardan kelayotgan axborotlar 
qiymatini vizual idrok qilish;
• 
Kantcelyariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishni elektron usuli;
• 
Reklama va san`at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar 
orqali jamoani diqqatini tortish.
Grafik formatlarda ixchamlash. 
Web-sahifalar yaratishda turli xildagi illyustratsiyalar ishlatib turiladi. Ularga 
quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir, 
diagramma va grafiklar.
Odatda grafik fayllar katta o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki 
PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to‘g‘ri 
etkazishga kerakli o‘lchamdan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi. 
Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 Kbit/sek dan 
oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga 
muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho‘zilib ketadi.
Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlashda asosiy 
maqsad - illyustratsiyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik 
fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida uning 
yuklanish tezligiga ta`sir qiladi.


16 
Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish uchun grafik fayllarni 
siquvchi juda ko‘p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma`lumotlarni 
siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo‘linadi: tasvir sifatining yo‘qolishiga olib 
keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Ixchamlash texnologiyasining birinchi 
tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllarning ba`zi ma`lumotlarini yo‘qotadi, bu bilan u 
tasvir sifatiga zarar etkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta`sir ko‘rsatmagan 
holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni ixchamlash texnologiyasini 
to‘g‘ri tanlab, boshlang‘ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 martagacha 
kichraytirish mumkin, ya`ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson 
ko‘zi bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo‘llanadi: GIF va JPEG 
(yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustratciyalangan sahifalarni barcha keng 
tarqalgan brauzerlar tushunadi va to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o‘z 
ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo‘llanish sohasini aniqlaydi, ular 
orasidagi farqni tushunish o‘z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini 
osonlashtiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə