185
programmalashtirish-nutkiy ifodaning, ya'ni kishi bildirmokchi bulgan fikrning ma'naviy uzagini
tuzish birinchi
boskich xisoblanadi. Buning uchun inson muxim deb xisoblaydigan axborot
ajratib olinib, yaroksizlari, ya'ni
ikkinchi darajalilari bir chetga surib kuyiladi. Ikkinchi boskich-jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.
Iboraning umumiy tuzilishi, uning grammatik shakli taxmin kilib kuriladi. kerakli suzlarning kidirib topilishini,
ularni eng anik talaffuz etadigan tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga solinadi. Va nixoyat,
jumlani
ovoz chikarib aytila boshlaydi, ya'ni nutk real tarzda ruyobga chikadi. Shunday kilib, "gapirish" jarayoni
boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bulgan axborotni kodlashtiradi. xamsuxbat
(resipiyent) tinglash jarayonida olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan nutkning tovushlarini
boskichma-boskich suzlar moxiyatiga aylantirishdan iborat bulib, kommunikatorning aytmokchi
bulgan suzi anglab
yetilishini ta'minlaydi. Tinglovchining unga xabar kilingan narsani tugri tushunganligi kommunikator uchun fakat
resipiyenning uzi kommunikatorga aylanib (kommunikativ rollar almashgan xolda), unga xabar kilingan narsani
kabul kilgani va tushunib yetganini ma'lum kilganidan keyingina anik-ravshan buladi. Diologik munosabatda
kommunikativ rollar navbatma-navbat uzgarib turadi, natijada sekin-asta xamjixatlar tarikb topadi. Mulokat
kilayotganlarning xatti-xarakatlari va xulk-atvori muvofiklashgan bulish extimoli tugiladi. Buning birgalikda
faoliyat kursatishda biron natijaga erishib bulmaydi
13-Mavzu: TEMPERAMENT VA KASBNI EGALLASH MASALALARI.
R е j a :
1. Tеmpеramеnt haqida tushuncha.
2. Tеmpеramеnt turlari va xususiyatlari.
3. Tеmpеramеnt va faoliyatning maxsuldorligi.
4. Temperament va kasbiy malakalarni egallash.
Tayanch so`zlar va iboralar:
Tеmpеramеnt, Gippokrat, E.Krеchmеr, xolеrik, sangvinik, mеlanxolik, flеgmatik, qon, qora o`t, sariq o`t,
balg`am, astеnik, piknik, shizoid, sikloid, I.P.Pavlov, nеrv sistеmasi, faoliyat.
Kishilar o`rtasidagi individual-psixologik tafovutlarda psixikaning dinamik (o`zgaruvchan) dеb atalmish
xususiyatlari muhim o`rin egallaydi. Bunda eng avvalo psixik jarayonlar va holatlar intеnsivligi darajasi,
shuningdеk, ularning u yoki bu tеzlikda kеchishi nazarda tutiladi. Ma'lumki, odamlar xulq-atvor va faoliyat
motivlari nisbatan tеng bo`lganda, bir xil tashqi ta'sir etganda, bir-biridan ta'sirchanligiga va ko`rsatayotgan
enеrgiyasiga ko`ra sеzilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sеkinlikni, boshqasi shoshilinchni
yoqtiradi, bir xil odamlarga hissiyotlarning tеz uyg`onishi xos bo`lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa
birovni kеskin imo-ishoralar, ma'noli mimika, boshqasining harakatlarida og`ir-bosiqlik, yuzining kam harakat
qilishi ajratib turadi.
Harakatlanish xususiyatlariga qarab farqlanishlar har qanday tеng sharoitlarda individning umumiy faolligi,
harakatchanligi va emotsionalligiga binoan yuz bеradi.
Shaxs-qaytarilmas, u o`z sifatlari va borligi bilan noyob. Ana shu qaytarilmaslik, noyoblikning asosida
uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Insonning individualligini izohlovchi xususiyatlardan biri
bu–tеmpеramеntdir.
Tеmpеramеnt lotincha «temperamentum» dеgan so`zdan olingan bo`lib, buning ma'nosi «aralashma»,
«qotishma» dеmakdir. Tеmpеramеnt dеganda biz odatda, kishining tabiiy tug`ma xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan
individual xususiyatlarini tushunamiz. Tеmpеramеnt va layoqatlar individning dinamik psixik faoliyatini
ta'minlovchi sifatlarini o`z ichiga oladi. Kishi tеmpеramеntiga aloqador sifatlarning o`ziga xosligi shundaki, ular
kishi bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan
almashtirgan paytlarda rеaktsiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta'minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda,
TЕMPЕRAMЕNT-shaxs faoliyati va xulqining dinamik va emotsional-hissiy tomonlarini xaraktеrlovchi individual
xususiyatlar majmuidir.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida tеmpеramеntga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning
moddiy asosi to`g`risidagi talqinlar xilma-xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda
tushuntirish uchun xizmat qilib kеlgan. Tеmpеramеnt to`g`risidagi dastlabki ta'limotni grеk olimi, vrachi Gippokrat
(eramizdan avvalgi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo`lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo`llanilib
kеlinmoqda. Uning fikricha organizmning holati asosida «sharbat»larning, u ya'ni organizmda mavjud
suyuqliklarning (qon, limfa, o`t) miqdoriy nisbati bilan bog`liqdir. Bu sharbatlarning aralashtirilgandagi nisbati
grеkcha «krasis» («go`zal» ma'no) so`zi bilan aytilgan. Bir nеcha asr kеyinroq ishlagan rimlik anatom va vrach
Galеn birinchi bo`lib tеmpеramеntning kеngaytirilgan tasnifini bеradi: u 13 ta turni o`z ichiga qamrab oladigan
tеmpеramеnt turini aniqlagan. Tеmpеramеnt turlari soni qadimgi tibbiyot olimlari tomonidan kеyinchalik to`rtga
kamaytiriladi.
Gippokratning ta'biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik mavjud bo`lib, ular o`t yoki safro, qon, qora o`t,
balg`am kabilardan iborat.
Uning mulohazasicha:
1) o`tning xususiyati-quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq
tutishdir.
2) qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.