O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


Karimov I.A. O`zbekiston: milliy mustaqillik



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Karimov I.A. O`zbekiston: milliy mustaqillik, 
iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: O`zbekiston, 1996. – 118 bet
.). 
Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar manfaatining 
ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson huquqlari, uning kamoloti 
uchun zarur bo`lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga 
erishish uchun umid qilgan va intilgan umuminsoniy g`oyalar yo`lida erishilgan qoidalarni 
o`ziga singdirgan. 
Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni I.A.Karimovning 
―Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma 
bo`lganligi, u ―xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettirishi, 
uning ―xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli ekanligi haqidagi xulosasining to`g`riligi va 
asoslanganligini tasdiqlaydi (
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.: 
Sharq, 1993. 6-bet
). 
Mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi asosida respublikamizda demokratik huquqiy jamiyat 
asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik tizimining illatlari qat‘iyan 
tugatilib, ko`ppartiyaviylik, g`oyalar va fikrlar xilma-xilligiga yo`l ochildi. Yagona mafkuraning 
yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam 
demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari 
tobora qaror topmoqda. 
Konstitutsiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot yo`lidagi barcha g`alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak yo`limizni ko`rsatuvchi 
muhim qonundir. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Tom ma‘nodagi tarixiy bu sanani har safar 
bayram qilar ekanmiz, Konstitutsiyamiz– Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz 
O`zbekiston kelajagini, yangidan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma‘no va 
mohiyatini, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma‘naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning 
xalqaro hamjamiyatdagi o`rni va nufuzini tubdan o`zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh 
etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli 
ravishda yuksak baholaymiz (

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə