P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


  Funksiyalarning  lokalizatsiyasi  (joylashuvi)



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   551
2 5463028049224140945

4.  Funksiyalarning  lokalizatsiyasi  (joylashuvi)

Turli  psixik  funksiyalar  faoliyati  odatda  bosh  miyaning  ayrim  siste­

masining qismlariga bogiiq  boMadi.

I.P.  Pavlovning  tekshirishlariga  qadar,  funksiyalar  lokalizatsiyasi  ha­

qidagi  masalada noto'g'ri fikr yurar edi, ya’ni miya po'stida har bir psixik 

funksiyaning  qat’iy  aniq  markazi  boMadi,  miyaning  muayyan  anatomik 

qismi  muayyan  psixik  funksiyani  idora  etadi,  deb  hisoblanar edi.

Masalan, ko‘ruv markazi  miyaning ensa qismida,  eshituv markazi yu­

qori  chakka  pushtasining  o'rta  qismida,  hid  bilish  markazi  ilmoqsimon 

pushtada (bu pushta yarim sharlaming pastki yuzasida boMadi), nutq hara­

katlari  markazi  (Broka  markazi)  chap  yarim  shaming  uchinchi  peshana 

pushtasida,  birovning nutqini tushunish markazi  (Vernike  markazi)  chap 

yarim  shardagi  birinchi  chakka  pushtasining  orqadagi  va  o‘rta  qismida 

joylashganligi  aniq,  deb  hisoblanar  edi.  Xuddi  shuningdek,  oyoq,  qoM 

barmoqlar, tana harakatlarining alohida-alohida markazlari bor, deb aytilar, 

«yozuv  markazlari»,  «o‘qish  markazlari»  va  shunga  o'xshash  markazlar 

bor deb,  da’vo  qilinar edi.

l.P.  Pavlov  funksiyalarni  shu  tariqa  sof anatomik  nuqtayi  nazardan 

lokalizatsiyalashdan  tamoman  farq qiladigan boshqa lokalizatsiya haqida 

yangi ta’limot  ishlab chiqdi.  l.P.  Pavlovning tajribalari  shuni  ko'rsatdiki, 

analizatorlaming  markaziy  qismlarini  miya  po'stining  bir-biridan  uzil- 

kesil chegara bilan ajralgan boMaklari deb tushunish yaramaydi.  Haqiqat - 

da  bu  «markazlar»ning  bir-biriga  o'tishi,  bir-biriga  qo'shilishi,  bir-birini 

qoplashi aniqlandi.  Masalan, optik analizatorning markaziy qismi, yadrosi, 

yorugMik ta’sirotlarini  yuqori  darajada sintez va analiz qiladigan  organ — 

yarim sharlarning ensa boMaklaridadir. Ammo optik analizatorning ham­

masi  shu  yerda  emas.  Bu  analizator  keng  tarqalgan  katta  yarim  sharlar­

ning balki  hammasiga  ham tarqalgan boMsa ehtimol.  Boshqa analizator- 

larning «markazlari» to'g'risida  ham gap shunday.  l.P.  Pavlovning fikriga 

ko'ra, analizatorning po'stdagi qismi po'stga (ehtimol, butun po'stga ham) 

yoyilgan ikki xil  hujayralami  o'z ichiga oladi: bir xil  hujayralar eng sodda 

analiz va sintez funksiyalarni o'taydi, ikkinchi xil hujayralar yadroni tashkil 

etadi,  murakkab  (kompleks)  qo'zg'alishlar o'sha yadroda  nozik analiz va 

sintez  qilinadi,  qo'zg'ovchilar juda  aniq  ajratiladi,  ularni  bunday  ajratish 

organizm  hayoti  uchun  nihoyatda  muhimdir.


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə