P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   551
2 5463028049224140945

Odamning  o‘z  faoliyati

Har bir shaxsning kamolga yetishi faqat  organizmning o'sishiga,  muhit 

hamda ta’lirn va tarbiya vositalarining ta’sir etishiga bog'liq bo'lish bilangi­

na  qolmaydi;  har  bir  shaxsning  kamol  topishi  shu  kamolga  yetayotgan 

kishining faol ishtiroki bilan bo'ladi.  Bu faoliyat awalo shunda ko'rinadiki, 

bola  muhitning,  tarbiyachilar  va  o'qituvchilaming  o'ziga  ko'rsatayotgan 

ta’siriga ijobiy yoki  salbiy munosabatda bo'ladi.

Bolaning  tashqaridan  bo'ladigan  ta’sirlaiga  biror  munosabatda  bo'lishi 

awal  organizmning  tuzilish  va  faoliyat  xususiyatlariga,  shuningdek,  unda



kelib chiqqan  ehtiyojlarga bogMiq.  0 ‘sayotgan organizmning xususiyatlariga 

va paydo boMayotgan ehtiyojlariga qarab,  bolaning ba’zi  psixik xususiyatlari 

yoshlik  davridan  tarkib  topa  boshlaydi.  Shunga  qarab,  takomil  etayotgan 

odam  o'ziga  ko'rsatiladigan  ta’sirlarni  bolalik  davridanoq,  turlicha  va  turli 

darajada o‘zlashtiradi.  Bola hayotining dastlabki  kunlaridanoq  ko‘rinadigan 

faol  munosabat  keyinchalik  faoliyatga  aylanadi.  Bu  faoliyat  esa  odamning 

tevarak-atrofdagi tabiiy  muhitga,  ijtimoiy muhitga va ayrim  kishilarga ta’sir 

etishi  demakdir.  Agar bola  mutlaqo  qimirlamay  turaversa  (amalda  bunday 

boMishi  mumkin emas,  albatta)  psixikasi taraqqiy etmagan bo'lar edi.

Har bir zotning o‘z taraqqiyoti uning kamolga yetishida katta rol o'ynaydi. 

Odamning o'z taraqqiyoti  faoliyatda yuzaga chiqadi. Odamning o'z taraq­

qiyoti  yosh  sayin  ongli jarayonga  aylanib,  faoliyatning  o'z-o'zini  tarbiya­

lash degan maxsus turiga aylanadi. Odam boshqalarni tarbiyalash bilangina 

qolmay,  o'z-o'zini ham tarbiyalaydi.  Shuning uchun har bir odam umrin- 

ing qandaydir yoshidan boshlab qandaydir darajada, maktab yoshidan boshlab 

esa  o'zining xatti-harakatiga tegishli tarzda javobgar boMadi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə