P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   551
2 5463028049224140945

Yosh  psixologiyasi 

degan  maxsus  fan  odam  psixikasining  yosh  sayin 

taraqqiy  etishini  tekshiradi.  Bu  fan  odam  yoshining  turli  bosqichlarida 

psixikaning  ketma-ket  taraqqiy  etish  xususiyatlari  va  qonuniyatlarini 

o'rganadi.  Odam  umri  davomida  (ontogenezda)  ong  va  shaxs  ketma-ket 

qanday  tarkib  topishini  tekshirish,  odam  yoshining  har  bir  bosqichida 

go'daklik davridan tortib to  keksayguncha bu  psixika  strukturasining qan­

day spetsifik xususiyatlari borligini bilish,  odam psixikasining yoshga qarab 

taraqqiy  etishi  qanday  faktorlarga  bogMiq  ekanligini  aniqlash  yosh  psi- 

xologiyasining  vazifasidir.

Yosh  psixologiyasi  sistemasida  bolalar  psixologiyasi  alohida  muhim 

o'rinni egallaydi. Bu fan chaqaloqlik, go'daklik, maktabgacha tarbiya yoshi, 

maktab yoshida psixika qanday taraqqiy etishini o'rganadi.  Bu  o'sish davr- 

lari  odam  shaxsi va ongining tarkib topish  davri  hamdir.

Psixologiyaning maxsus sohalari «Yoshlar psixologiyasi», «Kattalar psi­

xologiyasi»,  «Keksalar  psixologiyasi»  ham  yosh  psixologiyasi  sistemasida 

o'ziga  munosib o'rinni  egallaydi.

IV.  SHAXS

Shaxs deb aniq bir kishini  aytamiz.  Har bir kishi jamiyat a’zosi bo'lib, 

tarixan  tarkib  topgan  muayyan  ijtimoiy  munosabatlar  sharoitida  yashaydi 

va  ishlaydi.  Shaxsni  ta’riflaydigan  muhim  psixologik  belgilarga  to‘xtab 

o'taylik.


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə