Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja


Kishining “o`z-o`zini yaxshi ko`rishi”ga murojaat qiling



Yüklə 82,03 Kb.
səhifə20/27
tarix29.04.2023
ölçüsü82,03 Kb.
#107711
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja

Kishining “o`z-o`zini yaxshi ko`rishi”ga murojaat qiling. Psixologlarning ta’kidlashicha, bir umr omadsiz bo`lib yashashga ko`nikadigan odam yo`q, sog`lom fikrlay oladigan har bir kishi o`z hayotini biroz bo`lsa-da yaxshilashga intiladi. Boladagi bu intilishni rag`batlantirish va faollashtirish orqali uni o`z-o`zini yaxshi ko`rishga undash mumkin. Istalgan o`quvchi ayni paytda etarli darajada tayyorlanmayotganligini, yana-da yaxshiroq o`zlashtirishga harakat qilishi mumkinligini tushunadi. Xo`sh, unga nima etishmaydi? Birgina tushunishining o`zi kifoya qilmaydi, unga turtki kerak bo`ladi. O`quvchining ichida bor bo`lgan intilishga tayanib, shunday turtkini o`qituvchi beradi. Pedagogik adabiyotlarda o`quvchini faoliyatga undaydigan ko`pgina ana shunday usullar bayon qilingan. Qo`llaniladigan stimullarning ko`pchiligi situatsion xususiyatga ega bo`lib, ular o`quvchi shaxsiga tayanadi. Ammo o`quvchidagi o`z-o`zini yaxshi ko`rish xususiyati e’tibordan chetda qoladi. Shuni ham qo`shib, o`quvchini beixtiyor “Men ham boshqalardan kam emasman!” deyishga majbur qiling.
Shunday qilingki, o`quvchi uning uchun g`amxo`rlik qilayotganligingizni sezsin va sizga ishonsin. SHunda suhbat o`zaro ishonch ruhida o`tishiga imkon tug`iladi: “Azizbek, sening o`z oldingdagi, ota-onang va davlat oldidagi eng muqaddas burching – yaxshi o`qishdir. Hamma ham donishmand bo`la olmaydi, lekin astoydil mehnat qilishing mumkin va lozim. Sendan imkoni bo`lmagan narsani hech kim talab qilmaydi. Boshqalarning natijalari senikidan yaxshiroq bo`lganligi uchun uyalishing yoki xafa bo`lishing kerak emas. Faqatgina bor kuching bilan harakat qilishing kerak bo`ladi. Shunda sen, albatta, muvaffaqiyatga erishasan”.
YUtuqlarini ko`rsating. Shubhasiz, tashkil etiladigan o`quv mehnati muvaffaqiyati uchun o`z o`quv-biluv taraqqiyoti to`g`risida (boshqalarga nisbatlangan holda) tasavvurlarining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ochiq reyting yoki V.Shatalov tajribasidan olingan “ochiq istiqbollar tizimi” eng yaxshi vosita bo`lib xizmat qiladi. Bu usulni qo`llaydigan pedagoglar o`quvchilarning o`qish sur’ati ancha oshganlgini kuzatganlar. Bu erda hech qanday yashirin sir yo`q – aksariyat odamlar o`zlari haqida iliq gaplarni eshitishni yoqtiradilar: bir muddat ana shunday yoqimli so`z, “o`zlashtirish ekrani”, xalqchil reyting o`z-o`ziga ishonch va o`zidan qoniqish hissini kuchaytiradi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`qituvchining rag`batlantirishi, maqtovi o`quvchi uchun qancha muhim bo`lsa, undan keladigan teskari aloqa, ijobiy ma’nodagi madad, qo`llab-quvvatlash undan ham muhimroqdir.
O`quv-biluv faoliyatiga jalb etilgan o`quvchilar uchun har bir muayyan holatda ular qaysi bosqichda turganliklari, qanchalik ilgari siljiganliklarini bilish juda zarurdir. Istalgan shakldagi teskari aloqa o`quvchilarga o`z vaqtida etkazilishi kerak. Masalan, chorshanba kuni nazorat ishi yoki konkurs o`tkazilgan bo`lsa, payshanba kuni uning natijalari e’lon qilinishi kerak. Bir oydan so`ng o`quvchilarni natijalardan boxabar qilish mutlaqo foydasizdir.

Yüklə 82,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə