S. Y. Is kamov



Yüklə 64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/135
tarix30.12.2023
ölçüsü64 Kb.
#166969
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
kitob 00617a84a6c9428

Ishlash tartibi: 
quritish bo‘yicha darslar qish vaqtida olib borilsa, 
u holda sun’iy quritish moslamalarida, ya’ni maxsus laboratoriya 
sharoitida ishlaydigan pechka yoki javonlarda olib boriladi. Yoz 
vaqtida esa o‘quv xo'jalikning quritish maydonida olib boriladi. Meva 
va uzumlar quritish maydonchasiga keltirilgandan keyin tortiladi va 
saralanadi. Mahsulot yetilganligi, ranggi, shakli, o'lchamiga qarab 
navlarga ajratiladi.
Mevani yuvish. 
Meva va uzumga yopishgan har xil xas-cho‘p, 
qum, mikroorganizmlar, shuningdek zaxarli moddalaming qoldiqlari 
yuvib tashlanadi. Mahsulot toza suvda yuviladi, uning har kilogrammiga 
o‘rta hisobda 0,7 litr suv sarflanadi. U qadar ko‘p bo‘lmagan mevani 
vannalarda, bochka yoki betonlangan hovuzlarda qo‘lda yuviladi.
Meva po‘stini archish. 
Bu ish mevaning keraksiz qismini ajratib 
olish va qoqining ranggini yaxshilash maqsadida qilinadi. Po'sti 
ajratilgan meva ancha tez quriydi. Olma va nokning po‘sti qo‘lda 
pichoq bilan ajratiladi. Shaftoliniki kimyoviy usulda artiladi. Buning 
uchun shaftoli chuqur bo'lmagan to‘r savat bilan 2-3 foizli qaynoq 
eritmaga 1,5-3 daqiqa botiriladi.
Mevalarni qismlarga bo‘Iish. 
Mevalar asosan qo'lda oddiy 
pichoq bilan yoki mashinalarda to‘g‘raladi. Mevalarni turiga qarab 
to‘g‘rashning har xil usuli qollaniladi. Masalan, qoqi qilinadigan 
olma 5-7 mm qalinlikda gardish qilib, nok esa to‘rt pallaga bo‘linib, 
urug‘i olib tashlanadi. ShaftoU va o‘rik ikki pallaga bo'linishi 
mumkin.
Meva va uzumni bianshirlash. 
Blanshirlash meva va uzumni 
qaynoq suvga, kislotali va tuzh eritmalarga botirib olish yoki bug‘lash 
demakdir (18-rasm). Mevalar har xil maqsadlarda blanshirlanadi, 
natijada olxo‘ri, olcha va uzum 3-4 barobar tez quriydi. Tez quritilgan 
meva va uzumdan ko'proq quruq mahsulot olinadi va ekstrakt 
moddalar kamroq nobud bo'ladi.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə