~ 39 ~
fikrlash,
topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini
shakllantiradi
7
.
2-ilova
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf “Adabiyot” o‘quv
dasturida ruboiylarni o‘rganish Bobur ijodi misolida tanlangan. Jumladan,
“Bobur. Ruboiylar. (4 soat, A2+: 5 soat). Boburning hayoti va ijodi haqida
qisqacha annotatsiya. Bobur – ruboiynavis. Shoirning “Har
kimki vafo
qilsa...”, “Kim yor anga ilm tolibi...”, “Ko‘pdin berikim...”, “Tole yo‘qi
jonimg‘a...” ruboiylariga xos xususiyatlar. Ruboiylarda muallif hayoti,
shaxsiyati, kechinmalari, orzulari, armonlari va ularning betakror tarzda
tasvir etilgani. Ruboiylarda shoirga xos samimiyat va rostgo‘ylikning aks
etishi (2 soat). Shoirning “Ko‘rdum”, “Kishi” radifli ruboiylarida hayot
haqiqatining aks etishi. “Ko‘ngli tilagan murodig‘a...”, “Tole yo‘qi...” va
boshqa ruboiylarida Bobur tarjimayi holiga
doir unsurlarning yaqqol
namoyon bo‘lishi (2 soat)”
8
.
Topshiriq: ruboiylarni o‘rganish uchun qanday didaktik o‘yinlardan
foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlang. Bu janrdagi asarlarni tahlil
qilishda samarali bo‘lgan didaktik o‘yinlar mazmunini yoriting.
Bobur ijodidan tanlangan ruboiylarni o‘rganishda dastlab ta’lim
texnologiyasi so‘zi ma’nosini aniqlashtirib olish zarur. Texnologiya
(yunoncha “techne – mahorat, san’at; “logos” –
tushuncha, ta’limot).
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erisish jarayonining umumiy
mazmuni, ya’ni avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim
asosida, bosqichma-bosqich
amalga oshirish, aniq maqsad yo‘lida
muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali
foydalanish, ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish demakdir.
Ruboiylar tahliliga kirishayotib o‘qituvchi ishning asosiy
bosqichlarini belgilash bilan quyidagi masalalarni nazarda tutadi:
– tahlilning maqsad va mazmunini (o‘quvchilar nimani va qanday
maqsadda o‘rganadi) aniqlashi;
– ishni tashkil qilish rejasini tuzishi (mashg‘ulot
bosqichlarini
rejalashtirish, topshiriqlar tizimini ishlab chiqish);
– o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish jarayonlarini
e’tiborga olishi kabilar.
7
Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С. Замонавий педагогик технологияларни амалиётга жорий этиш. – Тoshkent: Fan
va texnologiya, 2008. – 84–88-b.
8
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. 5–9-sinflar // O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Тоshkent: 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. – 30-b.
~ 40 ~
Ruboiylar tahlili bosqichlarini “Birgalikda o‘rganamiz” (“Koop-
koop”) texnologiyasi talablariga muvofiq
quyidagicha rejalashtirish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: