Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Muhokama uchun savollar 
Ish yakunida talabalarga quyidagicha jadval tarqatiladi va mavzu 
yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi topshiriladi: 
Savol-topshiriqlar 
Natijalar 
Mavzuni o‘rganishda qanday ish turlari va 
shakllaridan foydalandingiz? 
Bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur 
bo‘lgan qaysi jihatlarni o‘zlashtirdingiz? 
Bilib oldim: 
Tushunib yetdim: 
O‘rgandim: 
Mavzuni o‘zlashtirishda menga: 
Oson bo‘ldi: 
Qiyinchilik tug‘dirdi: 
Xalaqit berdi: 


~ 57 ~ 
1. 7-sinflarda epik asarlarni o‘qitishda 
qanday 
yondashuvlardan 
foydalanish 
ma’qulligini bilib oldingiz? 
2. Epik asarlarni o‘rganishda qanday 
topshiriqlar tuzdingiz va unda qaysi 
manbalardan foydalandingiz? Siz tuzgan 
topshiriqlarning afzalliklari nimada?
LABORATORIYA ISHI TOPSHIRIQLARI 
Eslatma:
barcha variantdagi 1-topshiriqda epik asarlar ustida 
ishlash metodikasi bilan tanishib chiqish vazifasi qo‘yilgan.
1-variant 
Badiiy asar matni ustida ishlah bosqichlari haqida fikringizni bayon 
eting. 
Mirmuhsinning 7-sinfda o‘rganilishi rejalashtirilgan “Me’mor” 
asari qahramonlari xarakter xususiyatlarini qiyoslashga doir topshiriqlar 
tuzing.
2-variant 
Badiiy asarda qahramonlar obrazini o‘rganish yuzasidan amaliy 
tavsiya tayyorlang.
O‘.Umarbekovning. 7-sinfda o‘rganilishi rejalashtirilgan “Qiyomat 
qarz” asaridagi qahramonlar obrazlari ustida ishlashga doir dars 
bosqichlarini rejalashtiring va yozing. 
3-variant 
Epik asarlarni o‘rganishga doir kirish mashg‘ulotlari mazmunini 
yoriting. 
7-sinfda “Me’mor” romanidan berilgan matn tahlilida lug‘at bilan 
ishlash yo‘llarini yoriting. 
4-variant 
Epik asarlar tahlilida o‘qituvchining kirish so‘zi ahamiyati xususida 
amaliy tavsiya tayyorlang. 
Ch.Aytmatovning “Oq kema” asari tilini o‘rganish usullarini 
ko‘rsating.


~ 58 ~ 
5-variant 
Asarni badiiy idrok etishga qaratilgan savollarning ahamiyati haqida 
ma’lumot bering. 
7-sinfda A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini o‘qishga 
qiziqtirishga doir savollar tuzing.
6-variant 
Epik asarlar tahlilida asarni o‘qish davomidagi savollarning o‘rnini 
yoriting. 
“Mehrobdan chayon” romanidan berilgan parchani o‘rganishda 
asarni o‘qish davomidagi savollar tuzing. 
7-variant 
Epik asarlarni o‘rganishda o‘qishdan keyingi savollarning o‘rnini 
yoriting.
“Mehrobdan chayon” romanini o‘rganishga doir o‘qishdan keyingi 
savollar tuzing. 
8-variant 
Epik asarlar tahlilida lug‘at bilan ishlash usullarini yoriting.
“Mehrobdan chayon” romani matnida uchraydigan ma’nosi 
notanish so‘zlar ustida ishlash yo‘llarini yoriting. 
9-variant 
Epik asarlarni o‘rganishda muammoli tahlilning o‘rnini yoriting. 
“Mehrobdan chayon” romanidan berilgan “Chayonning namoyishi” 
bobimi muammoli tarzda o‘rganishga doir dars ishlanmasi yarating. 
10-variant 
Epik asarlarni tadqiqot metodi asosida o‘rganishning ahamiyatini 
yoriting. 
“Mehrobdan chayon” romanini tadqiqot metodi va uning tarkibidagi 
usullar doirasida o‘rganish loyihasini yarating. 
11-variant 
Badiiy asar qahramonlari nutqini o‘rganishda samarali bo‘lgan 
metod va texnologiyalarning o‘rnini yoriting. 
“Mehrobdan chayon” asarida yozuvchining obrazlar tilini 
individuallashtirishdagi mahoratini anglatishga doir savollar tuzing. 


~ 59 ~ 
12-variant 
Yozuvchining tasvirlash mahorati, so‘z qo‘llash san’ati, inson 
ruhiyatining yashirin jihatlarini ocha bilish iste’dodi haqidagi 
fikrlaringizni bayon eting. 
A.Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasidagi so‘z qo‘llash mahoratini 
yoritishga doir topshiriqlar tuzing. 
13-variant 
Badiiy asar qahramonlari ruhiyat tasvirini aniqlashga doir usullar 
mazmunini yoriting. 
A.Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi har bir obraz tabiatining 
psixologik jihatdan asoslanganligi, tasvirning hayotiy va ta’sirchanligini 
tahlil qilishga doir metodlarni tanlang va mazmunini bayon eting. 
14-variant 
Epik asarlarni o‘rganishda ko‘rsatmalilikning turlarini yoriting. 
Ernest Tompsonning “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarini o‘rganishga doir 
ko‘rsatmali materiallar tayyorlang. 
15-variant
Badiiy asar sujetini o‘rganishning maqbul yo‘llari haqida fikr 
yuriting. 
“O‘g‘ri” hikoyasi sujetini o‘rganishga doir topshiriqlar tuzing. 


~ 60 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə