Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139

57 
 
HUJAYRA  PO‘STI. 
Hujayra   po‘sti  hujayraga  shakl  beradi  va  ikkinchi  bir  hujayradan  ajratib  turadi.  
Hujayra   po‘stini  hujayraning  tirik  qismi  bo‘lgan  protoplast  ishlab  chiqaradi.  SHuning  
uchun  ham  hujayra  po‘sti  ichki  tomondan o‘sib  qalinlashadi. 
            Tabiatda    uchraydigan    tuban    o‘simliklardan    xivchinlilar,    zamburug‘larning  sodda  
tuzilgan  vakillari  va  ayrim  suv  o‘tlarda  hujayra  po‘sti  bo‘lmaydi. Bunday  hujayralarning  
protoplasti  tashqi  tomondan  yupqa  elastic  qatlam – plazmatika  pardsi  bilan  chegaralanadi. 
Hujayra  po‘sti  protoplastning  hayotiy  jarayonida  hosil  bo‘ladi.  Hujayra  po‘sti  juda  pishiq  
bo‘lsa  ham   hujayraning  o‘sishiga  va  cho‘zilishiga  xalaqit  bermaydi.   CHunki  ularning  
tuzilishi  va  ximiyaviy  tarkibi  shunga  moslashgan.      
             O‘simlik  hujayra  po‘sti,  ayniqsa  yosh  hujayralarning  po‘sti  sellyuloza (kletchatka) 
deb    ataladigan    organik    moddadan    tashkil    topgan.  Kletchatka  (sellyuloza)    karbon  
suvlarining    uchinchi    gruppasiga    kiruvchi    polisaxaridlardan    tashkil    topgan.    Formulasi    ( 
C
6
H
10
O
5
 ) 

. Sellyuloza  suvda  erimaydi, bo‘kadi  va  shishadi.  Sellyuloza  sitoza  deb  atalgan 
ferment    ta’sirida    shakarga    aylanadi.    Sellyuloza      misol    qilib    paxtani    olish    mumkin.  
Paxtaning  90% i sellyulozadan  tashkil  topgan. Sellyulozadan  qog‘oz, portlovchi moddalar, 
suniy    shoyi,    kino    plyonka,  sinmaydigan    oyna    va    boshqalar    olinadi.    Ba’zi    bir  
o‘simliklarning   hujayra  po‘stida  yarim  kletchatka  bo‘ladi.  Gemisellyuloza  ham  karbon  
suvlariga    kiradi.    Gemisellyuloza      zapas    oziq    modda    sifatida    piyozda,    kofe    urug‘ida  
uchratish  mumkin. Urug‘larning  unib  chiqish  davrida  sellyuloza  va  gemisellyuloza  oziq  
modda    sifatida    embrionning    o‘sib    chiqishiga    sarf    bo‘ladi.  Ba’zi    bir    o‘simliklarning  
hujayra    po‘stida    pektin        deb    ataladigan    modda    bo‘ladi.    Pektin    zapas    oziq    modda  
sifatida,  olmada, qovunda lavlagi ildiz  mevasida  bo‘ladi. 
            Hujayraning  po‘sti  o‘z  hayotida  bir  qancha  o‘zgarishlarga  uchraydi.  Ba’zi   bir   
o‘simliklarning  hujayra  po‘sti  probkalanadi, ba’zi birlari  shilimshiqlanadi,  ba’zi  birlari  esa  
mineral  moddalar  bilan  to‘yinadi. 
            Agar   hujayra  po‘sti  lignin  deb  ataladigan  modda  bilan  to‘yinsa  hujayra  po‘sti  
yog‘ochlanadi.    Yog‘ochlangan    hujayra    o‘zidan    suvni    va    havoni    yaxshi    o‘tkazmaydi. 
SHuning  uchun  ham    yog‘ochlangan  hujayra  o‘lik  bo‘ladi.  O‘tkazuvchi  to‘qimaning  suv  
naylari , traxeidlari, mexanik  to‘qima  hujayralari  lignin  moddasi   bilan  sug‘orilgan bo‘ladi.  
Suv  naylari  orqali  suv  erigan  xoldagi  mineral  moddalar  pastdan  yuqoriga,  ya’ni  ildizdan  
poyaga,  poya  orqali  bargga  boradi,  mexanik  to‘qimalar  esa   o‘simlikka  qattiqlik  berib  
turadi.  Demak,  o‘simlik  hujayrasi  o‘lik  bo‘lsa  ham     har  xil  vazifalarni  bajarib  turadi.  
Lignin    tarkibida      karbonning    miqdori      kletchatkaga    nisbatan    yuqori    bo‘ladi.      Maslan,  
kletchatkada  44%  karbon  suvi  bo‘lsa,  ligninda  esa  60%  bo‘ladi.  SHuning  uchun  ham  
lignin  yoquv  ashyosidir.  Kletchatkaga  nisbatan  lignin  qizil  rangga   kiradi.  Floroglyutsin  
eritmasi  va  konsentrlangan  xlorid  kislota   ta’sir  ettirilsa  liginin  qizil  rangga  bo‘yaladi.  
Lignin  safranin  deb  ataladigan  bo‘yoqda  qizil  rangga  bo‘yaladi.   
              Kletchatka    xlor    zink-yod    eritmasi    ta’sirida    xiraroq    binafsha    rangga  
bo‘yaladi.    O‘simliklarning    ba’zi    hujayralari    suberin    deb    ataladigan    modda      bilan  
sug‘orilib    probkalanadi.    Probkalangan    hujayra    o‘zidan    suvni    va    havoni    mutlaqo  
o‘tkazmaydi.    Bu    hujayraning    ichi    havo    bilan    to‘lgan    bo‘ladi.    Probkalangan    hujayra  
o‘simliklarning  tashqi  qismida  bo‘ladi.  Masalan,  kartoshka  tugunagining  ustki  qismida, 
daraxtlarning  poyasi  va  shoxlarida.   
                Probka  (po‘kak)    asosan    dub    daraxtidan    olinadi.    Boshqa    o‘simliklarda    esa  
hujayrada    suberinning    miqdori    kam    bo‘ladi.  Probka    olinadigan    dub    daraxti    Qrim    va  
Kavkazda  uchraydi.   


58 
 
                Probka    o‘simliklarning    tashqi    sharoitlaridan,    ya’ni      issiqdan,    sovuqdan    va  
mikroorganizmlardan    saqlab    turadi.    Probka    somolyotsozlikda,    xolodilnik    ishlab  
chiqarishda    va    boshqa    sohalarda    keng    miqyosda    ishlatiladi.    CHunki,  probka    issiqlikni  
o‘tkazmaydi.  Suberin  moddasi  Sudan-3  eritmasi  ta’sirida  pushti  rangga  bo‘yaladi.  
Ba’zi  bir  o‘simliklarning   hujayra  po‘sti,  ayniqsa  o‘t  o‘simliklarning  hujayra  po‘sti  kutin  
drb    ataladigan    yog‘simon    modda    bilan    qoplangan.  Kutin    moddasini      hujayraning  
protoplasti    ishlab    chiqaradi.    Kutin    ham    o‘zidan    suvni   va    havoni   o‘tkazmaydi.    Kutin  
bargning  tashqi  tomonidan  qoplangan  bo‘lib  kutikula  qavati  qalin  bo‘ladi.  O‘rta  iqlimda  
yashaydigan    o‘simliklarda    esa    kutikula    qavati    yupqa    bo‘ladi.      Ba’zi    bir    o‘simliklarni  
qurg‘oqchilikdan  saqlaydi.  SHilimshiq  modda  ayniqsa  suv  o‘tlarida  bo‘ladi.  Gullaydigan  
o‘simliklardan  bexi  va  zig‘irning  urug‘ida  ham  shilimshiq  moddalar  bor. 
                 Ba’zi  bir  o‘simliklarning  hujayra  po‘sti  xitin  moddasi  bilan  sug‘orilgan. Xitin  
bu    azotli    birikma    bo‘lib,    zamburug‘larning    va    bakteriyalarining    po‘stida    bo‘ladi.  
Formulasi    C
18
H
13
O

 . Xitin   moddasi  yod  ishtirokida  qo‘ng‘ir  rangga  bo‘yaladi.  Ba’zi  
bir  o‘simliklarning  hujayra  po‘sti   mineral  moddalar  bilan  sug‘orilgan  bo‘ladi.  
               Mineral  moddalar   bilan  sug‘orilgan  o‘simliklarga   misol  qilib,  diatom  suv o‘tlari 
va kiyiko‘t, qirqbo‘g‘im  o‘simliklarida  ko‘rish  mumkin.  Ba’zi bir  o‘simliklarning,  ayniqsa  
daraxtlarning  poyasida  shilimshiq  modda  oqib  chiqadi.  Bu  modda  tashqariga  chiqqandan  
so‘ng    qotib    qoladi.    Qotib    qolgan    moddani    elim    deyiladi.      O‘rik    elimi    farmatsevtika  
praktikasida  emulsiya  tayyorlashda  ishlatiladi. 
                   Hujayra  po‘sti  ichki  tomondan  qalinlashadi.  Uning  ichida  qalinlashib  qolgan  
joyi  ham  bo‘ladi.  Bu  qalinlashib  qolgan  joyini  teshik  deyiladi.  Hujayralar  bir  – birlari  
bilan  shu  teshiklar  orqali  aloqada  bo‘ladi. Ya’ni  shu  teshiklar  orqali  bir-birlariga  oziq  
moddalar  o‘tib  turadi.  Bu  teshiklardan  plazma  iplari  o‘tgan  bo‘ladi.  
               Shunday  qilib,  yuqoridagi  ma’lumotlardan  ko‘rinib  turubdiki,  hujayra  tarkibi  va  
po‘sti  murakkab  organic  va  anorganik  birikmalardan  tashkil  topgan.  SHu  bilan  birga  
o‘simliklar    va    hayvon    hujayrasi    bir-biridan    farq    qiladi,    shu    bilan    birga    o‘simlik  
organlaridagi    hujayralar    ham    bir-biriga    o‘xshamaydi.    Bu    haqda    to‘qimalar    mavzusida  
batafsil  to‘xtaymiz. 
Shakli  jixatdan  o‘xshash  bo‘lib,  ma’lum  bir  yoki  bir  necha  vazifani  bajaradigan  hujayralar 
gruppasiga  (to‘plamiga)  to‘qima  deyiladi.  To‘qimalar  ularni  hosil  qilgan  hujayralarning 
shakliga qarab parenxima hujayralaridan tashkil topgan parenximatik to‘qimalar va prozenxima 
hujayralaridan tashkil topgan prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi.  
 
Po‘stlari  bir-biriga  zich  taqalgan  hujayralardan  iborat  to‘qma  zich  to‘qima  deyiladi, 
hujayra orqali yaxshi taraqqiy etgan to‘qima g‘ovak to‘qima deyiladi. To‘qima hosil qiluvchi 
hujayralar po‘stlarining  kimyoviy tarkibiga qarab  yog‘ochlashgan, po‘kaklashgan va x.k. deb 
ta’riflanadi.  Xujayra  po‘stlarining  qalinligiga  qarab  qalin  devorli  yoki  yupqa  devorli  to‘qima 
deyiladi. Bulardan tashqari tirik va o‘lik hujayralardan tuzilgan to‘qimalar mavjud. To‘qimalar 
kelib  chiqishi  jixatidan  2  gruppaga:  1)  embrional  va  2)  Doimiy  to‘qimalarga  bo‘linadi:  ular 
birlamchi  va  ikkilamchi  bo‘ladi.  Embrional  to‘qima  o‘zida  boshqa  hujayralari  bo‘linib  yana 
yangi hujayralarni hosil qiladi.  
 
Rus  botaniklari  akademiklar  Borodin,  Paladin,  professorlar  Ivanov,  Aleksandrov  va 
Rozdorskiylar  to‘qimalarning  bajaradigan  vazifalariga  binoan,  ya’ni  fiziologik  xususiyatiga 
asoslanib to‘qimalarni 5 gruppaga bo‘lishdi.  
1.  Embrional (tuzuvchi, tashkil etuvchi, yaratuvchi meristema). 
2.  Qoplovchi to‘qima (pokrovnaya tkan) 
3.  Mexanik to‘qima (mexanicheskaya tkan) 
4.  O‘tkazuvchi to‘qima (provodyashaya tkan) 
5.  Asosiy negiz to‘qima (osnovnaya tkan).   
6. Hosil qiluvchi to‘qimalar (Obrazovatelniy tkan). 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə