Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139

67 
 
 
Tayanch  iboralar:  Mexanik  to‘qima.  Uning  xillari.  Mexanik  to‘qimalarning  umumiy 
xususiyati va vazifasi. Mexanik to‘qima xillari: kollenxima, sklereid va sklerenxima. Burchakli, 
plastinkali  va  yumshoq  kollenximalarning  tuzilishi  va  uchraydigan  joylari.  Sklereid  tuzilishi. 
Sklerenximaning  umumiy  xususiyati,  tuzilishi  va  vazifasi.  Sklerenxima  turlari:  tolalar  va 
sklereid. Ksilema tolasi (yog‘och tolasi). O‘simlik tanasida mexanik to‘qimalarning joylanishi.  
O‘tkazuvchi to‘qimalar,  ksilema va floema. Birlamchi  va ikkilamchi ksilema hamda ularning 
elementlari,  xususiyati,  bajaradigan  vazifasi.  Ksilema  (yog‘ochlik)  elementlari.  Floema  (lub) 
elementlari. 
MEXANIK  TO‘QIMA 
 Ma’lumki,  o‘simliklarda  ularning  tanasini  tik  tutib  turadigan  va  har  qanday  tashqi  muhitning 
qarshiligiga bardosh bera oladigan skelet yo‘q. Bundan tashqari, o‘simlikda tashqi muhit qarshiliklari 
(shamol,  bo‘ron)ga  bardosh  beradigan,  muskul  va  uni  boshqarib  turadigan  sistema  yo‘q.  Lekin 
o‘simlik, ko‘pincha bu qarshiliklarga osonlik bilan bardosh beradi. CHunki unda tashqi muhit ta’siriga 
bardosh  beradigan,  uni  mustahkam  tutib  turadigan  to‘qimalar  kompleksi,  mavjud.  Ular  mexanik 
to‘qimalar deb yuritiladi. 
Mexanik to‘qimalar kelib chiqishi jixatidan 2 ga bulinadi. 
1.    Parenxim  xujayradan        kelib  chiqqan  mexanik  tuqima,  SHakli  prozenxim  xujayraga 
o`xshash. 
2.   Prozenxim xujayradan    kelib chiqqan mexanik tuqima.  
 SHakli prozenhjim hujayraga o`xshash. 
Parenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to‘qima 2 xil    buladi: 
1.
 
Kollenxima. 
2.
 
Sklereid.  
   Prozenxim   xujayradan   kelib   chiqqan   mexanik tuqimaga  sklerenxima  kiradi.  Biz bular 
tug‘risida aloxida to‘htalib o‘tamiz. 
Kollenxima  hujayralari  devorining  hamma  joyi  ham  bir  xilda  qalinlashmaganligi  bilan 
xarakterlanadi.  Qalinlashish  yoki  hujayra  burchaklarida  sodir  bo‘ladigan  jarayon  burchaksimon 
koilenxima  deb  yuritiladi.  Odatda,  hujayra  devorining  bunday  qalinlashishi  tangental  ravishda  sodir 
bo‘lib,  bu  plastinkasimon  kollenximadir.  Qalinlashish  selluloza  va  pektin  moddalari  aralashmasining 
hujayra devoriga qatlam-qatlam bo‘lib joylashishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda lignin moddasi  ishtirok 
etmaydi. Koilenxima hujayralarining shakli parenximatik hujayra shaklidan prozenximatik hujayra shakliga 
qadar  o‘zgarib  turadi.  Uning  o‘tmas  qirra  yon  uzunligi  ko‘pincha  2  mm  dan  oshmaydi.  Koilenxima 
to‘qimalari lub to‘qimalariga nisbatan kuchsiz. Uning hujayralari tirik,  xlorofilli bo‘lib, organlarining 
o‘sishiga halaqit bermaydi. Aksincha, koilenxima hamma vaqt o‘sish qismlari bilan bog‘liq bo‘ladi, 
unga  halaqit  bermagan  holda  mahkamligini  oshira  boradi.  Kollenximaning  cho‘zilish  qobiliyati  vaqt 
o‘tishi, o‘simlik yoshining ulg‘aya borishi bilan pasaya boradi. O‘simlik poyasida ikkilamchi qoplovchi 
to‘qimaning shakllanishi bilan bir vaqtda birlamchi to‘qima kollenximaning faoliyati to‘xtaydi. Ikki pallali 
o‘simliklarda  koilenxima  epidermis  ostida  joylashgan  bo‘ladi.  Aksariyat  hollarda  birlamchi  po‘stning 
periferik qismida, barg bandi (qovoq)da, g‘alladoshlar poyasining barg bilan tutashgan bo‘g‘imida 
uchraydi. 
Sklerenxima urugii o‘simliklarning barcha organlari (ildiz, poya, barg va guli)da keng tarqalgan. 
Uning hujayralari bir qadar uzun tortgan, burchaklari o‘tkirlashgan bo‘lib, hujayra devori bir tekisda 
qalinlashgan.  Odatda,  sklerenxima  hujayralari  juda  zich  joylashgan  bo‘lib,  hujayra  oraliqlarida 
bo‘shliq bo‘lmaydi. Alohida olingan sklerenxima hujayrasini qalin devorli yoki elementar toldeb 
atash mumkin). 
Qo‘shimcha  elementar  tolalar  parenximada  tola  bog‘lamlari  shaklida  dasta-dasta  bo‘lib 
joylashadi.  Alohida  olingan  tola  bog‘lami  mexanik  tola  deyiladi.  Sklerenxima  hujayralarining 


68 
 
po‘sti yog‘ochlangan bo‘lishi yoki selluloza holida qolishi mumkin.  Hujayralarning tirik qismi 
ko‘pincha o‘z hayotchanligini yo‘qotib, qurib qoladi. 
O‘zining  kelib  chiqishiga  ko‘ra,  sklerenxima  prokambial  hujay-ralardan  yoki  perisikl 
bogiamlaridan  hosil  bo‘ladi.  Ikkilamchi  sklerenxima  kambiydan  shakllanadi.  O‘simlik 
poyasiningpo‘st  qismida  joylashgan  sklerenxima  tolalari  lub  tolalar  deb  ataladi.  Perisiklik 
tolalarning  hujayra  devori  uzoq  vaqtga  qadar  o‘z  holatini  yo‘qotmaydi,  lekin  ayrim  hollarda 
yog‘ochlanishi mumkin. 
Kambiydan shakllangan va ksilema (yog‘ochlik)da joylashgan sklerenxima tolalari yog‘ochlangan 
tolalar deyiladi. Bu tolalarga traxeya tolalari va libriform (Libes — lub, forma — shakl degan ma’noni 
anglatadi)  o‘simlikka  mahkamlik  beradigan  yog‘ochlik  hujayralariga  taalluqlidir.  Ularning  hujayra 
devori  lub  tolalaridan  farqli  ravishda  har  qanday  holda  ham  yog‘ochlangan  bo‘ladi.  Lub  tolalari 
poya  va  ildizning  po‘stida,  barg  bandi  va  shapalog‘ida,  gul  va  meva  bandida,  ayrim  hollarda 
mevalarda  uchraydi.  Ular  o‘t  o‘simliklarda  daraxt  va  butalardagiga  nisbatan  ko‘proq  uchraydi. 
Xurmo  daraxti  bargida  lub  tolalari  hosil  bo‘ladi.  Lub  hujayrasi  juda  uzun  bo‘lib,  uning  devori 
nihoyatda  qalinlashgan  bo‘ladi.  Masalan,  zig‘ir  o‘simligining  lub  hujayralari  devori  umumiy 
hajmining 90%  gacha  boigan qismini  tashkil etadi. Lub tolalarining uzunligi bir xil emas, masalan, 
zig‘irda uning o‘rtacha uzunligi 40—60 mm, kendirda 2—55 mm, rami o‘simligida 350—420 mm ga 
etadi. Lub tolalarining eni esa hammasi bo‘lib bir necha mikron keladi. 
Lub  tolalarining  muhim  xususiyati,  uning  elastikligi  bo‘lib,  to‘qimachilik  sanoatida  ishlatish 
uchun juda qulay. SHu sababli sanoat uchun sifatli lub tolalarini beradigan o‘simliklar zarur. Zig‘ir 
(linum  usitatissimum),  kanop  (Cannabis  sativa),  dag‘al  kanop  (Hibiscus  cannabinus),  rami 
(Bochntria  nivea)  singari  o‘simliklar  sharq  mamlakatlari  (Xitoy,  Hindiston,  Pokiston,  Misr)da 
qadimdan qimmatbaho tola beradigan o‘simliklar sifatida ishlatilib kelingan. 
Libriform,  ikkilamchi  yog‘ochlikda  shakllanadi,  unda  prozenxi-matik  hujayralarning  bo‘yi  eniga 
nisbatan  bir  necha  marta  ortiq  bo‘ladi.  Libriform  hujayralarining  uzunligi  1—1,5  mm  dan  oshmaydi. 
Hujayra devori eman, temir daraxti, kashtan singari o‘simliklarda nihoyatda qalinlashgan, terak, zarang 
singari daraxtlarda esa uncha qalinlashmagan bo‘ladi. Hujayralararo tirqishlari oddiy tuxumsimon shaklda, 
unchalik ko‘p emas, spiral shaklda joylashgan. Hujayra devori yog‘ochlangan bo‘lsa, ular juda qattiq va 
og‘ir bo‘ladi. Hujayra devorining shakllanishida librioform asosiy rol o‘ynaydi. 
 
 
Turli xil o‘simliklarda uchraydigan lub tolalari. 
A-kapor poyasimng lub tolalari; B-marvarid tut poyasida; D-temn poyasining 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə